Kuliboev Azamat Shonazarovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Davlat tibbiyot muassasalarida buxgalteriya hisobi va moliyaviy nazoratni takomillashtirish», 08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” (iqtisodiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Iqt522.
Ilmiy rahbar: Mexmonov Sultonali Umaralievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mamatkulov Murodjon Shukurovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi davlat tibbiyot muassasalarida buxgalteriya hisobi va moliyaviy nazoratni takomillashtirishga oid taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlat tibbiyot muassasalarida pullik tibbiy xizmatlar bo‘yicha daromadlar hisobini yuritish bo‘yicha 520321 (200/1) — “Statsionar sharoitda tibbiy xizmatlar realizatsiyasi” va 520322 (200/2) — “Ambulator sharoitda tibbiy xizmatlar realizatsiyasi” ishchi schyotlari taklif etilgan;
davlat tibbiyot muassasalarida pullik tibbiy xizmatlar tannarxini shakllantirish uchun 180100 (090/1) — “Statsionar sharoitda tibbiy xizmatlarga xarajatlar” va 180200 (090/2) — “Ambulator sharoitda tibbiy xizmatlarga xarajatlar” ishchi schyotlari taklif etilgan;
davlat tibbiyot muassasalarida ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar narxini shakllantirishning xarajatli yondashuvini kiritish orqali boshqaruv hisobini joriy etish zarurligi asoslangan;
davlat tibbiyot muassasalarining hisob siyosatida oziq-ovqat mahsulotlari (mavsumiy tayyorlashdan tashqari) hamda dori-darmon va yarani bog‘lash vositalari bo‘yicha moliya yili oxiriga bo‘lgan qoldiqlarni aniqlash uchun belgilangan kun me’yorlari 15 kunga uzaytirilishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Davlat tibbiyot muassasalarida buxgalteriya hisobi va moliyaviy nazoratni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
davlat tibbiyot muassasalarida pullik tibbiy xizmatlar bo‘yicha daromadlar hisobini yuritish uchun taklif etilgan 520321 (200/1) — “Statsionar sharoitda tibbiy xizmatlar realizatsiyasi” va 520322 (200/2) — “Ambulator sharoitda tibbiy xizmatlar realizatsiyasi” ishchi schyotlari O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazining 2022 yil 13 apreldagi 48 ich-son buyrug‘i bilan hisob siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan hamda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazining 2022 yil 13 maydagi 125/01-01-01-son ma’lumotnomasi). Natijada markaz faoliyat yo‘nalishiga mos tarzda pullik tibbiy xizmatlarning tahliliy hisobini yuritish orqali ambulator va statsionar xizmatlardan daromadlarni alohida aks ettirish imkoniyati yaratilgan;
davlat tibbiyot muassasalarida pullik tibbiy xizmatlar tannarxini shakllantirish uchun taklif etilgan 180100 (090/1) — “Statsionar sharoitda tibbiy xizmatlarga xarajatlar” va 180200 (090/2) — “Ambulator sharoitda tibbiy xizmatlarga xarajatlar” ishchi schyotlari O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazining 2022 yil 13 apreldagi 48 ich-son buyrug‘i bilan hisob siyosatiga kiritilgan hamda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazining 2022 yil 13 maydagi 125/01-01-01-son ma’lumotnomasi). Natijada statsionar va ambulator sharoitda ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlarning turlari bo‘yicha kalkul`yasiyani shakllantirish, tannarxni aniqlash va ular bilan bog‘liq amalga oshiriladigan xarajatlarning maqsadliligi, tannarx ko‘rsatkichlari bo‘yicha hisob ishlarini yuritish hamda mablag‘lar sarfiga oid axborotlarning ochiqliligini ta’minlashga xizmat qilgan;
davlat tibbiyot muassasalarida ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar narxini shakllantirishning xarajatli yondashuvini kiritish orqali boshqaruv hisobini joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazining 2022 yil 13 apreldagi 48 ich-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazining 2022 yil 13 maydagi 125/01-01-01-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif asosida markazda boshqaruv hisobini yuritish yo‘lga qo‘yilgan. Natijada tibbiy xizmatlarning turlari bo‘yicha amalga oshirilgan xarajatlar yuzasidan tibbiy xizmat turlari bo‘yicha axborotlarni shakllantirish, mablag‘lardan foydalanish holatini nazorat qilish va mablag‘lar bilan uzluksiz ta’minlash, hisob-kitoblarni o‘z vaqtida amalga oshirish yuzasidan samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilishga xizmat qilgan;
davlat tibbiyot muassasalarining hisob siyosatida oziq-ovqat mahsulotlari (mavsumiy tayyorlashdan tashqari) hamda dori-darmon va yarani bog‘lash vositalari bo‘yicha moliya yili oxiriga bo‘lgan qoldiqlarni aniqlash uchun belgilangan kun me’yorlarini 15 kunga uzaytirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazining 2022 yil 13 apreldagi 48 ich-son buyrug‘i bilan hisob siyosatiga kiritilgan hamda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazining 2022 yil 13 maydagi 125/01-01-01-son ma’lumotnomasi). Natijada markaz va uning hududiy tuzilmalarida byudjet hamda byudjetdan tashqari mablag‘lar bilan bog‘liq dori-darmon va tibbiy vositalar, oziq-ovqat mahsulotlarining me’yorlar asosida sarflanishi holatini o‘rganish tashkil etilib, hududiy markazlarda ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning tannarxi 3 foiz kamayishiga erishilgan hamda tannarxni nazorat qilish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish