Raxmatov Shuxrat Sharofovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ambulator sharoitda yumshoq to‘qimalarning yiringli kasalliklarini davolashning kombinatsiyalangan fizik-kimyoviy usuli», 14.00.27-Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3. PhD /Tib2161.
Ilmiy rahbar: Safoev Baqodir Barnoevich tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04. 2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Akbarov Mirshavkat Mirolimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ligay Ruslan Efimovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Kursk davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Fedaratsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ambulator sharoitda yumshoq to‘qimalar yiringli kasalliklarni elektraktivlangan suvli eritma va  25% dimetilsul`foksid eritmasi bilan birgalikda qo‘llash  orqali davolash samaradorligini oshirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:  
klinik tadqiqot natijasida ambulator sharoitda yumshoq to‘qimalarning yiringli kasalliklari bo‘lgan bemorlarni davolashda elektraktivlangan suvli eritma va 25% li dimetilsul`foksid eritmasini birgalikda qo‘llashning samaradorligi aniqlangan;
klinik tadqiqot asosida yumshoq to‘qimalar yiringli kasalliklari kasalliklari bo‘lgan bemorlarni ambulator sharoitda davolashda  elektraktivlangan suvli eritma va 25% li dimetilsul`foksid eritmasini birgalikda mahalliy qo‘llash samaradorligi asoslangan;
elektraktivlangan suvli eritma va 25% li dimetilsul`foksid eritmasini birgalikda mahalliy qo‘llash ko‘proq jarohatni tozalanishiga ta’sir qilishi hamda reparativ jarayonni yaxshilashi, shuningdek, yumshoq to‘qimalarda yiringli kasalliklari bo‘lgan bemorlarni davolash muddatlarini 2-3 kunga qisqarishi isbotlangan;
yumshoq to‘qimalar yiringli kasalliklari bo‘lgan bemorlarni ambulator sharoitda davolash usuli sifatida elektraktivlangan suvli eritma va 25% li dimetilsul`foksid eritmasidan birgalikda foydalanishning optimal usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Kombinatsiyalashgan fizik-kimyoviy usulni qo‘llash yordamida yumshoq to‘qimalarning yiringli kasalliklarni davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida: 
yumshoq to‘qimalar yiringli kasalliklari kasalliklari bo‘lgan bemorlarni ambulator sharoitda davolashda  elektraktivlangan suvli eritma va 25% li dimetilsul`foksid eritmasini birgalikda mahalliy qo‘llash samaradorligi baholash mavzusi bo‘yicha ishlab chiqilgan «Ambulator sharoitda yumshoq to‘qimalarning yiringli kasalliklari bo‘lgan bemorlarda yiringli jarohatlarni fizik-kimyoviy davolash usuli» mavzusida uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalarini amaliyotga tadbiq etish bo‘yicha 2022-yil 28 apreldagi 8n-r/411-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyalar yumshoq to‘qimalarning yiringli kasali bo‘lgan bemorlarda   elektraktivlaangan suvli eritma va 25% li dimetilsul`foksid eritmasini birgalikda qo‘llash orqali bemorlarda jarohatni davolash dinamikasni baholashga  imkon bergan;
yumshoq to‘qimalarning  yiringli kasalliklari bo‘lgan bemorlarni tashxislash va davolash bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash tashkilotlariga, jumladan Buxoro shahar va Jondor tuman tibbiyot birlashmalariga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 26 maydagi 8n-z/246-son ma’lumotnomasi). Yumshoq to‘qimalarning turli nozologiyali yiringli kasalliklarida elektraktivlangan suvli eritma va 25% li dimetilsul`foksid eritmasini birgalikda qo‘llash samaradorligini aniqlangan. Tadqiqotdan olingan natijalar asosida elektraktivlaangan suvli eritma va 25% li dimetilsul`foksid eritmasini birgalikda mahalliy qo‘llashning optimal usuli ishlab chiqilgan.Ushbu usul yiringli jarohat jarayoni fazasining almashish muddatlarining tezlashishiga ko‘maklashgan va shu orqali yumshoq to‘qimalarning yiringli kasalliklari bo‘lgan bemorlarni davolanish muddatini 2-3 sutkagacha qisqartirgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish