Hamidov Davron Ro‘zimurodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Metanni katalitik oksixlorlash asosida etilen olish texnologiyasini takomillashtirish», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/T2255.
Ilmiy rahbar: Fayzullaev Normurod Ibodullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: «Toshkent innovatsion kimyoviy texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti» MChJ, PhD.23/30.07.2022.K/T.150.01.
Rasmiy opponentlar: Murodov Muzaffar Murodovich, texnika fanlari doktori; Axmedov Voxid Nizomovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat uniiversiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mahalliy xomashyolardan olingan katalizatorlar ishtirokida metanni katalitik oksixlorlab metil xlorid va undan etilen va propilenlar olish jarayonining ilmiy-texnologik asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy xomashyolar asosida yuqori faolligi, termik barqarorligi, unumdorligi, selektivligi bilan xarakterlanadigan yangi tarkibdagi (CuCl2)x:(KCl)y:(ZnCl2)z(MnCl2)k/YuKS va 1,0%Na4P2O7+1,0%B2O3+1,0%MgO /YuKS katalizatorlari olingan va maqbul tarkibi tanlangan;
(CuCl2)x:(KCl)y:(ZnCl2)z:(MnCl2)k/YuKS va 1,0%Na4P2O7+1,0%B2O3+ 1,0%MgO/YuKS tarkibli katalizatorlarning tuzilishi va tarkibi fizik-kimyoviy usullarda tekshirilgan hamda katalizatorlar tuzilishi bilan uning katalitik faolligi orasidagi bog‘liqligi aniqlangan;
davriy rejimda (CuCl2)x:(KCl)y:(ZnCl2)z:(MnCl2)k/YuKS va 1,0%Na4P2O7+1,0%B2O3+1,0%MgO/YuKS tarkibli katalizatorlarda metanni katalitik oksixlorlab metil xlorid va undan quyi to‘yinmagan ya’ni qo‘sh bog‘ saqlagan uglevodorodlar olish reaksiyalarining kinetik qonuniyatlari aniqlangan;
tanlangan (CuCl2)x:(KCl)y:(ZnCl2)z:(MnCl2)k/YuKS va 1,0%Na4P2O7+ 1,0%B2O3+1,0%MgO/YuKS tarkibli katalizatorlar ishtirokida jarayonlarning kinetikasini asoslangan va reaksiyalarning kinetik modellari tanlangan va borish mexanizmlari ishlab chiqilgan;
(CuCl2)x:(KCl)y:(ZnCl2)z:(MnCl2)k/YuKS va 1,0%Na4P2O7+1,0%B2O3+ 1,0%MgO/YuKS tarkibli katalizatorlarni sanoatda olish texnologiyasi yaratilgan;
metanga kislorod ishtirokida vodorod xlorid ta’sir ettirib ya’ni metanni katalitik oksixlorlab metil xlorid va undan quyi to‘yinmagan ya’ni qo‘sh bog‘ saqlagan uglevodorodlar olish texnologiyalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Metanni kislorod ishtirokida vodorod xlorid bilan bug‘ fazada katalitik oksixlorlash va metil xlorid molekulalarini pirolizlash reaksiyasining kinetik konuniyatlarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy xomashyolar asosida olingan selektivligi 38-52%, katalizator Muborak gazni qayta ishlash zavodida amaliyotga joriy etilgan (Muborak gazni qayta ishlash zavodining 2020 yil 30 avgustdagi 931/GK-08-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy xomashyolar asosida olingan katalizatorlar yordamida metandan etilen olish imkonini bergan;
metanni katalitik oksixlorlab etilen olish texnologiyasi Muborak gazni qayta ishlash zavodida amaliyotga joriy etilgan (Muborak gazni qayta ishlash zavodining 2020 yil 30 avgustdagi 931/GK-08-son ma’lumotnomasi). Natijada, yangi tarkibli katalizator yordamida metandan etilen olish imkonini bergan.