Baxranova Zubayda Saidovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim muassasalarini korporativ madaniyat asosida innovatsion boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish”, 13.00.07 – Ta’limda menejment (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2022.2.PhD/Ped3783.
Ilmiy rahbar: Azimova Nasiba Ergashovna, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04 (bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Olimov Shirinboy Sharopovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Umarov Lutfillo Murodilloevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarini korporativ madaniyat asosida boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshqaruv mexanizmlari korporativ madaniyat xususiyatlarini belgilovchi pedagogik imkoniyatlari kuchli, kuchsiz, implisit, eksplisit, ichki, tashqi interferensiya hodisasi turlari, innovatsion va ijodiy faoliyat komponentlarini optimallashtirish asosida aniqlashtirilgan;
rivojlantirishga funksional, makon va madaniyatshunoslikka oid yondashuvlar asosida tashkil etish texnologiyalapi mazmunan faoliyatli, refleksiv hamda boshqaruv mexanizmlari ijodiy faollik, kreativlik o‘zini o‘zi baholash, individual rivojlantirish hamda informatsion, operatsion, motivatsion, kommunikativ komponentlarga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarini korporativ madaniyat asosida boshqarishning maqsadli, mazmunli va texnologik bloklardan tarkib topgan modeli vokalotepapiya, izotepapiya, bibliotepapiya, imagotepapiya usullapidan foydalanib taqqoslash, sintez, induksiya, deduksiya, abstraktlash kabi ta’lim sifatini oshirishning kolloborativ ko‘rsatkichlari orqali takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalari pedagogik kadrlarining boshqaruv kompetensiyalarini korporativ madaniyat asosida samarali rivojlantirishning kommunikativ, motivatsiyali, axborotli va innovatsion komponentlari kreativ, faollik, reflektiv, empatik indikatorlar asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Korporativ madaniyat asosida oliy ta’lim muassasalarini boshqarishning tarkibiy tuzilmasi va mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy-metodologik va amaliy takliflar asosida:
boshqaruv mexanizmlari korporativ madaniyat xususiyatlarini belgilovchi pedagogik imkoniyatlari kuchli, kuchsiz, implisit, eksplisit, ichki, tashqi interferensiya hodisasi turlari, innovatsion va ijodiy faoliyat komponentlarini optimallashtirish asosida aniqlashtirilganligi hamda rivojlantirishga funksional, makon va madaniyatshunoslikka oid yondashuvlar asosida tashkil etish texnologiyalapi mazmunan faoliyatli, refleksiv hamda boshqaruv mexanizmlari ijodiy faollik, kreativlik o‘zini o‘zi baholash, individual rivojlantirish hamda informatsion, operatsion, motivatsion, kommunikativ komponentlarga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilganligiga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 17 maydagi 08-13133-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu takliflar oliy ta’lim muassasalarida boshqaruv faoliyatiga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqishni takomillashtirishga xizmat qilgan;
oliy ta’lim muassasalarini korporativ madaniyat asosida boshqarishning maqsadli, mazmunli va texnologik bloklardan tarkib topgan modeli vokalotepapiya, izotepapiya, bibliotepapiya, imagotepapiya usullapidan foydalanib taqqoslash, sintez, induksiya, deduksiya, abstraktlash kabi ta’lim sifatini oshirishning kolloborativ ko‘rsatkichlari orqali takomillashtirilganligi hamda oliy ta’lim muassasalari pedagogik kadrlarining boshqaruv kompetensiyalarini korporativ madaniyat asosida samarali rivojlantirishning kommunikativ, motivatsiyali, axborotli va innovatsion komponentlari kreativ, faollik, reflektiv, empatik indikatorlar asosida aniqlashtirilganligiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalari faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 17 maydagi 08-13133-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu ishlanmalar rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayoni, o‘quv-metodik ta’minoti, o‘quv dasturlari hamda bakalavr va magistrlarga malaka talablari mazmunan takomillashtirishga xizmat qilgan.