Fozilova Mohigul Farxodovnaning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Adabiyot darslarida adabiy-nutqiy kompetensiyalarni shakllantirish metodikasi  (nasriy asarlar misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek adabiyoti) (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V.2022.2.PhD/Ped1680.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy  nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti. 
Ilmiy rahbar: Niyozmetova Roza Xasanovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Matchonov Safo, pedagogika fanlari doktori, professor; Imomova Gulchehra Muhammadievna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot:  Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi adabiyot darslarida adabiy-nutqiy kompetensiyalarni shakllantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nutq o‘stirish elementlari (sharhlash, qayta hikoyalash, faoliyatli-obrazli ifodalash, badiiy konstruksiyalash)ni qo‘llashga doir integral yondashuv mazmuni adabiyot darslarida badiiy asarlarni tinglab tushunish va o‘qish faoliyatini tavsiflovchi pedagogik (pragmatik, inversion, ergonomik) va psixologik (barqaror qiziqish, refleksiya, chuqur diqqat, hissiy idrok) asoslarni o‘quvchilarning individual ta’lim traektoriyasiga ergonomik talablar asosida  moslashtirish orqali takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning adabiy-nutqiy kompetensiyalarini shakllantirish metodikasi (tanlash, tahlil, talqin) badiiy matnni o‘qishga doir lingvodidaktik asoslarni (asar tili, uslubi, so‘z shakllari, grammatik vositalar, lingvopoetika) adabiyot o‘qitish jarayoniga muammoli o‘qitish, sinektika, ko‘rgazmali, audiovizual, kinestik birlashuv orqali maqsadli kiritish asosida takomillashtirilgan;
ona tili va adabiyot fanlarini o‘qitish komponentlari (assotsiativlik, o‘zaro ta’sir, tanqidiylik) adabiy-nutqiy faoliyat shakllari (moddiy, tashqi nutqli, intellektual)ga xos xususiyatlarni aniqlik, mantiqiylik, estetik ta’sirchanlik kabi mezonlarni moslik, tenglik, o‘xshashlik belgilari asosida adekvat qo‘llash orqali takomillashtirilgan;
adabiy-nutqiy kompetensiyalarni shakllantirishda nutqiy harakatlar va eshitib tushunishni tartibga soladigan lingvomadaniy determinantlar til va adabiy ta’limning sintagmatik, kognitiv, kommunikativ, kulturologik yo‘nalishlariga ularning motivatsion-diagnostik, axborotli-kognitiv, operatsion-faoliyatli komponentlarini emotsionallik va aqliy yondashuvlar uyg‘unligiga ko‘ra moslashtirish asosida aniqlashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarining mediamadaniyatini rivojlantirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
adabiyot darslarida o‘quvchilarning badiiy asarlarni tinglab tushunish va o‘qish faoliyatini tavsiflovchi pedagogik (pragmatik, inversion, ergonomik) va psixologik asoslar (barqaror qiziqish, refleksiya, chuqur diqqat, hissiy idrok)ni aniqlashtirish orqali nutq o‘stirish elementlari (sharhlash, qayta hikoyalash, faoliyatli-obrazli ifodalash, badiiy konstruksiyalash)ni qo‘llashga doir integral yondashuv yoshlarni oilaviy qadriyatlar asosida tarbiyalashga doir taklif va tavsiyalardan Buxoro davlat universitetining 2020-2021 yillarda bajarilgan PZ-202005236 - “Oila psixologiyasi  fanidan mul`timedia mahsulotini yaratish” nomli innovatsion loyiha doirasida belgilangan asosiy vazifalarni bajarishda amalda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2022 yil 19 iyuldagi 01-04701-1337-son ma’lumotnomasi). Natijada, grand loyihasini yanada takomillashtirishga va fanlararo yondashuvning murakkab tizimlarini tadqiq etish samaradorligi ortgan. 
o‘quvchilarning adabiy-nutqiy kompetensiyalarini shakllantirish metodikasi, badiiy matnni o‘qishga doir lingvodidaktik asoslarni (asar tili, uslubi, so‘z shakllari, grammatik vositalar, lingvopoetika) adabiyot o‘qitish jarayoniga muammoli o‘qitish, sinektika, ko‘rgazmali, audiovizual, kinestik birlashuv orqali maqsadli kiritish, adabiyot fanini o‘qitishdagi muammolar echimlarini ilmiy asoslash va o‘quv jarayoniga tatbiq (joriy) etishdagi samaradorligini ta’minlashda noan’anaviy, qoliplashmagan metod va usullardan foydalanish zaruriyati, o‘z navbatida, o‘quvchilarning o‘z adabiy-nutqiy kompetensiyalarini shakllantirishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, ularni yangi marralarni egallash sari rag‘batlantirish borasidagi tadqiqot tahlillaridan ERASMUS+ dasturining ICM, KA-107-International Credit Mobillity between European Union and Uzbekistan HEIs, through staff and student mobility exchange projects between Uzbekistan Statae Ubiversity of World Languages and Riojo University (Spain)- “2020-1-ES01-KA107-080851”- (Evropa Ittifoqi hamda O‘zbekiston Oliy Ta’lim muassasalari o‘rtasida xalqaro tajriba almashinuvi doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Rioxa universiteti (Ispaniya) o‘rtasidagi kredit safarbarligi) xalqaro loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining  2022 yil 25 iyuldagi 03/1468-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning adabiy-nutqiy kompetensiyalarni shakllantirish metodikasi va uning dasturiy ta’minoti takomillashtirilgan;
adabiy-nutqiy faoliyat shakllari (moddiy, tashqi nutqli, intellektual)ga xos xususiyatlarni aniqlik, mantiqiylik, estetik ta’sirchanlik kabi mezonlarni moslik, tenglik, o‘xshashlik belgilari asosida adekvat qo‘llash orqali takomillashtirilgan ona tili va adabiyot fanlarini o‘qitish komponentlari, o‘quvchilarda adabiy-nutqiy kompetensiyalarni farqlab shakllantirish metodikasini takomillashtirishga doir tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Bolalar va biz”, “Ta’lim va taraqqiyot” va “Bolalar uchun” radioeshittirishlar tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DMning 2022 yil 18 iyuldagi 04-36-115-son ma’lumotnomasi). Natijada, adabiy-nutqiy kompetensiyalarni shakllantirishga doir ilg‘or yondashuvlar, ta’lim tamoyillari va mexanizmlar mazmunini ommalashtirishga erishilgan;
adabiy-nutqiy kompetensiyalarni shakllantirishda nutqiy harakatlar va eshitib tushunishni tartibga soladigan lingvomadaniy determinantlar, o‘quvchilarning adabiy-nutqiy kompetensiyalarni farqlab shakllantirishga doir nazariy va lingvodidaktik asoslar, nutqiy faoliyat turlarining o‘ziga xos leksik va grammatik materiallarni taqozo etishi, badiiy matnning hissiy-estetik idrok etilishi va tushunilishi, ona tili va adabiyot o‘quv fanlarini o‘zaro integratsiyalash mazmunlari borasidagi taklif va tavsiyalardan umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi huzuridagi Respublika Ta’lim Markazining 2022 yil 17 oktyabrdagi 01/11-01/6-1644-son ma’lumotnomasi). Natijada, adabiy ta’limni tashkil etish va boshqarishning me’yoriy-huquqiy asoslari va metodik ta’minoti takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish