Husanov Farrux Oltinboevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak o‘qituvchilarning professional tayyorgarligini pedagogik tashxislash va monitoring qilish tizimini takomillashtirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2022.2.PhD/Ped3490.
Ilmiy rahbar: Djuraev Risbay Xaydarovich, pedagogika fanlari doktori, akademik. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Shaxzoda Abdullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Mahmudov Sarvar Yuldashevich, pedagogika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilarning professional tayyorgarligini pedagogik tashxislash va monitoring qilish tizimini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ish beruvchilarning talablari hamda talabalarning qiziqishlariga muvofiq bo‘lajak o‘qituvchilarning professional tayyorgarligini pedagogik tashxislash va monitoring qilish jarayonining ilmiy-metodik ta’minoti hamda “Talabalar amaliyot markazi” platformasi tahliliy-refleksiv, konstruktiv-bashoratlovchi, tashkiliy-faoliyatli, baholovchi-axborotli, tuzatuvchi-boshqaruvchi funksiyalarni barqaror integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
konseptual yondashuvlarga muvofiq bo‘lajak o‘qituvchilarning professional tayyorgarligini aniqlash va baholashda pedagogik amaliyotni tashkil etishning didaktik imkoniyatlari o‘quvchining ichki olamini to‘g‘ri baholash, o‘quvchi uchun namuna timsoli bo‘la olish, o‘quvchilarda ijobiy hislar, o‘qishga nisbatan intilishni tarkib toptirish, o‘quvchilarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish, ularda ishonch uyg‘otish kabi sifatlarni tizimli tarkib toptirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilar professional tayyorgarligini pedagogik tashxislash va monitoring qilishga yo‘naltirilgan jarayonning indikativ modeli maqsad, mazmun, jarayon, tashxislash va natija bloklari hamda uni amalga oshirishning yo‘naltiruvchi, faoliyatli va baholash funksiyalari bilan birgalikda faoliyat va harakatlarni adekvat aks ettirish, baholash qobiliyati, o‘z-o‘zini rivojlantirish asosida izchil takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning professional tayyorgarligini baholash mezon ko‘rsatkichlari hamda darajalari fikrlashning moslashuvchanligi, pedagogik ta’sir strategiyasini ekstremal o‘zgartira olish, pedagogik faoliyatni boshqarishning eng maqbul usullarini optimal tanlash hamda qo‘llay olish layoqatlari asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak o‘qituvchilarning professional tayyorgarligini pedagogik tashxislash va monitoring qilish tizimini takomillashtirishga oid tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
ish beruvchilarning talablari hamda talabalarning qiziqishlariga muvofiq bo‘lajak o‘qituvchilarning professional tayyorgarligini pedagogik tashxislash va monitoring qilish jarayonining ilmiy-metodik ta’minotini takomillashtirishga doir takliflardan O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutida amalga oshirilgan A1-XT-1-33147-sonli “Uzluksiz ta’lim tizimida pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish, sifat va samaradorligini oshirish texnologiyalari” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihani ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutining 2022 yil 20 iyundagi 01/15-09/156-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarning professional tayyorgarligini pedagogik tashxislash va monitoring qilish jarayoni SMART va STEAM texnologiyalarini integrativ qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
malakaviy amaliyotlarda qo‘llaniladigan materiallar ya’ni amaliyot o‘tkazish rejalari va dasturlari, kundaliklar, hisobot hujjatlari shakllarini raqamlashtirish asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning professional tayyorgarligini aniqlash va baholashga oid taklif va tavsiyalardan pedagogika ta’lim yo‘nalishlarining “Pedagogik amaliyot” dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarini tadbiq etish markazining 2022 yil 27 iyundagi 02/02-01-19-son ma’lumotnomasi). Natijada “Talabalar amaliyot markazi” platformasi tahliliy-refleksiv, konstruktiv-bashoratlovchi, tashkiliy-faoliyatli, baholovchi-axborotli, tuzatuvchi-boshqaruvchi funksiyalarni barqaror integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilar professional tayyorgarligini pedagogik tashxislash va monitoring qilishga yo‘naltirilgan jarayonning indikativ modeli, konseptual yondashuvlar, “professional tayyorgarlik”, “kasbiy kompetentlik” tushunchalarining mazmun-mohiyatini oydinlashtirishga oid didaktik ma’lumotlardan O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutida amalga oshirilgan F1-XT-1-55237-raqamli “Pedagogik atamalar mazmunini modernizasiyalash va unifikasiyalash parametrlari” mavzusidagi fundamental loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutining 2022 yil 20 iyundagi 01/15-09/156-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilar professional tayyorgarligini pedagogik tashxislash va monitoring qilishga yo‘naltirilgan jarayonning indikativ modeli ishlab chiqilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilar professional tayyorgarligini tashxislashning mezon ko‘rsatkichlari va baholash darajalari, “Talabalar amaliyot markazi” platformasi, bo‘lajak o‘qituvchilar professional tayyorgarligini pedagogik tashxislash va monitoring qilishga yo‘naltirilgan jarayonning indikativ modellaridan “60110100 – Pedagogika va psixologiya” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi malaka talabini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarini tadbiq etish markazining 2022 yil 27 iyundagi 02/02-01-19-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarning professional tayyorgarligi fikrlashning moslashuvchanligi, pedagogik ta’sir strategiyasini o‘zgartira olishi, pedagogik faoliyatini boshqarishning eng maqbul usullarini tanlash hamda qo‘llay olish layoqatlari asosida aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish