Kuvandikova Gulnora Gulamovnaning  
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Texnika yo‘nalishi talabalarida iste’dodni rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/P313.
Ilmiy rahbar: Raximova Indira Igorevna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.01.07.
Rasmiy opponentlar: Jabbarov Azim Meylikulovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Jalilova Sabohat Xalilovna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarning texnik iste’dodini rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
o‘quv jarayonida «o‘qituvchi-talaba», «talaba-talaba», «talaba-guruh» texnik dialoglarini joriy etilishi natijasida har xil texnik effektlar (jarayonlar deformatsiyasi, materiallarni tortishish, siqilish, ta’sir kuchi sinovlari) bilan ishlash asosida topshiriqlarni qulay va tezkor bajarishni ta’minlovchi virtual tasavvurlar orqali munosabatlarning simbioz darajasini rivojlantirilishi isbotlangan;
talabalarning texnik masalalarni tabiiy-ilmiy mohiyatini aniqlash va  muhandislik tadqiqotlarini o‘tkazish usullarini o‘zlashtirishlariga ko‘ra  standart qo‘llaniladigan hisoblash va grafik dasturiy ta’minot paketlaridan foydalanish kompetensiyalari asosida texnik topshiriqlarga muvofiq muhandislik tizimlari va jihozlarini loyihalashtirish qobiliyatlarini rivojlanishi ta’sirida  kuzatuvchanlik, fazoviy xayol, kombinatsiyalashtirish ko‘nikmalarining kuchaytirilishi dalillangan;
ta’lim olishning qadriyatli, emotsional, faoliyat, texnik va ijodiy  komponentlarini o‘zlashtirilishiga ko‘ra umumtexnika fanlarini o‘qitishning amaldagi uslubiy tizimining integratsiyasini ta’minlash asosida talabalarda masalalarni qo‘ya olish qobiliyati, loyihalashtirish, ijodiy echish va ixtirochilik qobiliyatlarini egallashlari sababli xarajatlarni pasaytirish va natijaviylikni o‘stiruvchi innovatsiyali texnik qobiliyatning shakllantirilishi  aniqlangan;
har bir talabaning xususiyatlarini hisobga olgan holda ijodiy-texnik muammolarni hal qilishga o‘rgatishning muhim didaktik shartlarini aniqlanganligi va o‘quv jarayoniga tatbiq etilganligi  sababli talabalarda texnik kuzatuvchanlik, foydalanilayotgan materiallar xususiyatini inobatga olib, texnika konstruksiyalarini takomillashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish hisobida texnik iste’dodning individual uslubini («Men ko‘proq o‘rganishni xohlayman», «Men ko‘p yangiliklarni o‘zlashtirdim», «Men o‘zim izlanaman») shakllantirilganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Texnika yo‘nalishi talabalari iste’dodini rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida: 
o‘quv jarayonida «o‘qituvchi-talaba», «talaba-talaba», «talaba-guruh» texnik dialoglarini joriy etilishi natijasida har xil texnik effektlar (jarayonlar deformatsiyasi, materiallarni tortishish, siqilish, ta’sir kuchi sinovlari) bilan ishlash asosida topshiriqlarni qulay va tezkor bajarishni ta’minlovchi virtual tasavvurlar orqali munosabatlarning simbioz darajasini rivojlantirilishi  isbotlanganligiga oid ilmiy natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 14 apreldagi 4-son buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda «Umumiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 19 apreldagi P-M-11a-son ma’lumotnomasi). Natijada, tanlangan psixodiagnostik vositalar hamda tayyorlangan ekspert so‘rovnomasi o‘rganilayotgan hodisaning hozirgi rivojlanish holatini o‘rganish imkonini bergan;
talabalarning texnik masalalarni tabiiy-ilmiy mohiyatini aniqlash va  muhandislik tadqiqotlarini o‘tkazish usullarini o‘zlashtirishlariga ko‘ra  standart qo‘llaniladigan hisoblash va grafik dasturiy ta’minot paketlaridan foydalanish kompetensiyalari asosida texnik topshiriqlarga muvofiq muhandislik tizimlari va jihozlarini loyihalashtirish qobiliyatlarini rivojlanishi ta’sirida  kuzatuvchanlik, fazoviy xayol, kombinatsiyalashtirish ko‘nimkalarining kuchaytirilishi dalillanganligi haqidagi ilmiy natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 14 apreldagi 4-son buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda «Ijtimoiy psixologik trening» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 19 apreldagi P-M-11a-son ma’lumotnomasi). Natijada, talaba texnik iste’dodi rivojlanishining psixologik mazmun-mohiyatini ochib berishga xizmat qilgan; 
ta’lim olishning qadriyatli, emotsional, faoliyat, texnik va ijodiy  komponentlarini o‘zlashtirilishiga ko‘ra umumtexnika fanlarini o‘qitishning amaldagi uslubiy tizimining integratsiyasini ta’minlash asosida talabalarda masalalarni qo‘ya olish qobiliyati, loyihalashtirish, ijodiy echish va ixtirochilik qobiliyatlarini egallashlari sababli xarajatlarni pasaytirish va natijaviylikni o‘stiruvchi innovatsiyali texnik qobiliyatning shakllantirilishi  aniqlangangiga oid ilmiy natijalar  Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 14 apreldagi 4-son buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda «Psixokorreksiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 19 apreldagi P-M-11a-son ma’lumotnomasi). Natijada, texnika yo‘nalishida bo‘lajak iste’dodli mutaxassislarni tayyorlash jarayonini takomillashtirish zarurati yuzaga keldi, bu esa tayyorlangan ijtimoiy-psixologik treningni joriy etish va o‘rganilayotgan hodisani ro‘yobga chiqarishga yordam beradigan zarur shart-sharoitlarni yaratish orqali talabalarning texnik iste’dodini maqsadli rivojlantirishga xizmat qilgan;
har bir talabaning xususiyatlarini hisobga olgan holda ijodiy-texnik muammolarni hal qilishga o‘rgatishning muhim didaktik shartlarini aniqlanganligi va o‘quv jarayoniga tatbiq etilganligi  sababli talabalarda texnik kuzatuvchanlik, foydalanilayotgan materiallar xususiyatini inobatga olib texnika konstruksiyalarini takomillashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish hisobida texnik iste’dodning individual uslubini («Men ko‘proq o‘rganishni xohlayman», «Men ko‘p yangiliklarni o‘zlashtirdim», «Men o‘zim izlanaman») shakllantirilishiga oid amaliy tavsiyalardan Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 14 apreldagi 4-son buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil  19 apreldagi P-M-11a-son ma’lumotnomasi). Natijada, texnik jihatdan iste’dodli talaba-yoshlarni rivojlantirish jarayonini takomillashtirish uchun xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish