Arzikulov Dilshod Ne’matovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sport-pedagogik faoliyat qobiliyatlarini rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik shartlari”, 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.DSc/P21.
Ilmiy maslahatchi: Muxamedova Dilbar Gafurdjanovna, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.01.07.
Rasmiy opponentlar: Baratov Sharif Ramazanovich, psixologiya fanlar doktori, professor; Samarov Rustam Sadriddinovich, falsafa fanlari doktori, professor; Abdurasulov Rustam Abduraimovich, psixologiya fanlar doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sport-pedagogik faoliyat qobiliyatlarini samarali rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik shart-sharoitlarini aniqlash va rivojlanishining ijtimoiy-psixologik modelini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
trener-pedagog shaxsiy psixologik xususiyatlarining o‘qituvchilik faoliyatiga mos kelishini ta’minlashi orqali sportchilarning muhim savollariga javob berish usuliga ko‘ra ekspert-maslahatchi, shogirdlari faoliyati uchun joriy va istiqbolli reja tuzishiga ko‘ra loyihachi, xulq-atvorni tartibga solishiga ko‘ra tarbiyachi vazifasini bajarganligi sababli kasbiy faoliyatida “yaroqlilik-tayyorlik-hamkorlik” tamoyili shakllantirilishi aniqlangan;
kasbiy kompetentlikning shakllanlanganligiga ko‘ra ta’lim oluvchi-sportchilarni tayyorlash usullarini faollashtirishi uchun barqaror, maqsadga yo‘nalgan xulq-atvor namunasi bo‘lish, xushmuomalalik bilan samarali ta’sir ko‘rsatish qobiliyatlari orqali trener-pedagogning ijtimoiy statusini kuchaytirishi orqali trener bilan sportchining hamjihatligini ta’minlanishi aniqlangan;
ta’lim oluvchi-sportchining shaxslararo munosabatlarida empatiya, ijtimoiy aloqalarda muayyan moslashuvchanlikni ta’minlash uchun kommunikativ, proektiv, estetik, gnostik, konstruktiv qobiliyatlarini uyg‘unlikda rivojlantirish natijasida trener-pedagog bilan sportchining sport-pedagogik munosabatlari (faoliyatni tashkil etish va nazoratlash, emotsiya va axborot almashishinish, xulq-atvorni tartibga solish) takomillashtirilgan;
ta’lim jarayonida psixologik ishning (axloqiy-psixologik qo‘llab-quvvatlash) maqsadga muvofiq tashkil etilishiga ko‘ra ta’lim oluvchi sportchilarning o‘zini o‘zi tarbiyalash faoliyatini jismoniy uyg‘unligiga erishtirish, kommunikativ sohasini optimallashtirishi uchun ularni turli bahs-munozaralar, muammoli vaziyatlarni hal qilish, muayyan vaziyatlarni tahlil qilishga jalb qilish natijasida bo‘lajak trener-pedagoglarni tahliliy-baholash va amaliy-tadqiqotchilik faoliyatlarini rivojlantirilishi aniqlangan;
sport-pedagogik faoliyat qobiliyatlarining kompleks diagnostikasi asosida ta’lim oluvchi sportchilarni sport-pedagogik faoliyatining muhim qobiliyatlari, asosiy funksiyalari, ijtimoiy-psixologik jihatlari, o‘rni va ahamiyati bilan tanishtirish orqali o‘quv-mashg‘ulot jarayonlari va musobaqalarda ishtirok etish, o‘quv-mashg‘ulot jarayonini rejalashtirish algoritmini o‘zlashtirish, mashg‘ulot rejalarini mustaqil ishlab chiqish, maxsus bilim berishga qaratilgan interfaol ma’ruzalarni amalga oshirish, sportchilarni tanlash bo‘yicha harakatlar algoritmini mustaqil tuzishni o‘z ichiga olgan qobiliyatni rivojlantirish shartlari, ijtimoiy-psixologik to‘siqlarni bartaraf etishdan iborat tarkibiy tuzilmalar integratsiyasi orqali sport-pedagogik faoliyat qobiliyatlarini rivojlantirish shart-sharoitlarining ijtimoiy-psixologik modeli takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Shaxs psixodiag-nostikasi metodikalarining ilmiy-amaliy asoslarini o‘rganishdan olingan ilmiy natijalar asosida:
trener-pedagog shaxsiy psixologik xususiyatlarining o‘qituvchilik faoliyatiga mos kelishini ta’minlashi orqali sportchilarning muhim savollariga javob berish usuliga ko‘ra ekspert-maslahatchi, shogirdlari faoliyati uchun joriy va istiqbolli reja tuzishiga ko‘ra loyihachi, xulq-atvorni tartibga solishiga ko‘ra tarbiyachi vazifasini bajarganligi sababli kasbiy faoliyatida “yaroqlilik-tayyorlik-hamkorlik” tamoyili shakllantirilishi aniqlanganligiga doir ilmiy natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 19 apreldagi PI-8a-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» va «Psixodiagnostika» modullariga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-amaliy markazining 2021 yil 19 apreldagi P-M-8-a-son ma’lumotnoma). Natijada, tinglovchilar, amaliyotchi psixologlar faoliyatida yosh sportchilarning qobiliyatlarini shakllantirishga oid ilmiy, o‘quv-metodik ta’minoti boyitilgan;
kasbiy kompetentlikning shakllanlanganligiga ko‘ra ta’lim oluvchi-sportchilarni tayyorlash usullarini faollashtirishi uchun barqaror, maqsadga yo‘nalgan xulq-atvor namunasi bo‘lish, xushmuomalalik bilan samarali ta’sir ko‘rsatish qobiliyatlari orqali trener-pedagogning ijtimoiy statusini kuchaytirishi orqali trener bilan sportchining hamjihatligini ta’minlanishi aniqlanganligiga doir ilmiy natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 19 apreldagi PI-8a-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» va «Psixodiagnostika» modullariga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-amaliy markazining 2021 yil 19 apreldagi P-M-8-a-son ma’lumotnoma). Natijada, pedagog murabbiylarning o‘ziga xos qobiliyatlarini ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan o‘rganilgan ma’lumotlar asosida metodik ta’minotini kuchaytirish imkoniyatini bergan;
ta’lim oluvchi-sportchining shaxslararo munosabatlarida empatiya, ijtimoiy aloqalarda muayyan moslashuvchanlikni ta’minlash uchun kommunikativ, proektiv, estetik, gnostik, konstruktiv qobiliyatlarini uyg‘unlikda rivojlantirish natijasida trener-pedagog bilan sportchining sport-pedagogik munosabatlari (faoliyatni tashkil etish va nazoratlash, emotsiya va axborot almashishinish, xulq-atvorni tartibga solish) takomillashtirilganligiga oid natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 19 apreldagi PI-8a-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» va «Psixodiagnostika» modullariga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-amaliy markazining 2021 yil 19 apreldagi P-M-8-a-son ma’lumotnoma). Natijada, tinglovchilar, amaliyotchi psixologlar faoliyatida yosh sportchilarning pedagogik faoliyati qobiliyatlarini shakllantirishga oid mashg‘ulotlar negizini boyitishga imkoniyat yaratilgan;
ta’lim jarayonida psixologik ishning (axloqiy-psixologik qo‘llab-quvvatlash) maqsadga muvofiq tashkil etilishiga ko‘ra ta’lim oluvchi sportchilarning o‘zini o‘zi tarbiyalash faoliyatini jismoniy uyg‘unligiga erishtirish, kommunikativ sohasini optimallashtirishi uchun ularni turli bahs-munozaralar, muammoli vaziyatlarni hal qilish, muayyan vaziyatlarni tahlil qilishga jalb qilish natijasida bo‘lajak trener-pedagoglarni tahliliy-baholash va amaliy-tadqiqotchilik faoliyatlarini rivojlantirilishi aniqlanganligiga doir ilmiy natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 19 apreldagi PI-8a-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» va «Psixodiagnostika» modullariga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-amaliy markazining 2021 yil 19 apreldagi P-M-8-a-son ma’lumotnoma). Natijada, tinglovchilar, amaliyotchi psixologlar faoliyatida yosh sportchilarning pedagogik faoliyati qobiliyatlarini shakllanishini ta’minlovchi mashg‘ulotlar negizini boyitishga imkoniyat yaratilgan;
sport-pedagogik faoliyat qobiliyatlarining kompleks diagnostikasi asosida ta’lim oluvchi sportchilarni sport-pedagogik faoliyatining muhim qobiliyatlari, asosiy funksiyalari, ijtimoiy-psixologik jihatlari, o‘rni va ahamiyati bilan tanishtirish orqali o‘quv-mashg‘ulot jarayonlari va musobaqalarda ishtirok etish, o‘quv-mashg‘ulot jarayonini rejalashtirish algoritmini o‘zlashtirish, mashg‘ulot rejalarini mustaqil ishlab chiqish, maxsus bilim berishga qaratilgan interfaol ma’ruzalarni amalga oshirish, sportchilarni tanlash bo‘yicha harakatlar algoritmini mustaqil tuzishni o‘z ichiga olgan qobiliyatni rivojlantirish shartlari, ijtimoiy-psixologik to‘siqlarni bartaraf etishdan iborat tarkibiy tuzilmalar integratsiyasi orqali sport-pedagogik faoliyat qobiliyatlarini rivojlantirish shart-sharoitlarining ijtimoiy-psixologik modeli takomillashtirilganligi to‘g‘risidagi ilmiy natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 19 apreldagi PI-8a-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» va «Psixodiagnostika» modullariga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-amaliy markazining 2021 yil 19 apreldagi P-M-8-a-son ma’lumotnoma). Natijada, pedagog murabbiylar, amaliyotchi psixologlar faoliyati jarayonida sportchi qobiliyatining rivojlanishi yuzasidan ilmiy-nazariy negizi boyitilgan.