Melibaeva Ruzaxon Nasirovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tibbiyot sohasida psixologik diagnostika metodikalarining qo‘llash tizimini takomillashtirish», 19.00.04- Tibbiy va maxsus psixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.DSc/P51. 
Ilmiy rahbar: 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Hayitov Oybek Eshboevich, psixologiya fanlari doktori, professor; Rasulov Abdumo‘min Ibragimovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Raimova Malika Muxamedjanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tibbiyot sohasida psixologik diagnostika metodikalarining foydalanish imkoniyatlarini ochib berish, ulardan tibbiy psixologik diagnostika maqsadlarida qo‘llashni takomillashtirish bo‘yicha zarur taklif-tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
klinik psixodiagnostika va psixometrika talablari asosida  psixik jarohat, psixik buzilish va kasallikning psixologik xavf omillari ta’sirida bemorni prevensiyasi, psixologik moslashuvi, patologik o‘zgarishlarini baholashda kasalliklar profilaktikasi, davolashi va reabilitatsiyasining psixologik mezonlariga muvofiq tizimlashtirish natijasida kognitiv, psixosomatik, shaxs psixik buzilishlari diagnostikasi metodikalari tasnifi takomillashtirilgan; 
shaxs so‘rovnomasining tatbiqiga ko‘ra bemorlardagi emotsional beqarorlik, o‘zini nazorat qilish, introvertlik, ta’sirchanlik omillarning quyi va shubhalanuvchanlik, xavotirlanish omillarining yuqori darajasini xulqda differensial namoyon bo‘lishi natijasida psixosomatik kasallikka moyil shaxslar psixologik profili shakllantirilgan;
nevroz bemorlarning diqqat xususiyatlari diagnostikasida samaradorlik indeksi topshiriqlarni bajarishning dastlabki bosqichida me’yorda kechganligi, qisqa vaqt oralig‘idagi psixik funksiyalardagi emotsional noqulaylik sababli o‘ta ta’sirchanlik va xavotirlanishning kuchayib ketishi natijasida diqqat konsetratsiyasining keskin pasayishi asoslangan;
tibbiy psixodiagnostika usullarini psixoterapiya, nevrologiya, psixosomatika va psixiatriyani xususiyatiga asoslanib, operativ va tejamkorlik xossalari bo‘yicha tasnifini shakllantirish natijasida ularni onkologiya, terapiya, revmatologiya va kardiologiya sohasi bemorlarining psixologik qiyofasini tavsiflash, depressiya va stressli holatlar diagnostikasida toifasi, vaqt me’yori va qo‘llash xususiyatiga ko‘ra tatbiq etilishi takomillashtirilgan;
tibbiy psixologik diagnostika sharoitida bemorlarning psixik holatlari, kechinmalari va kasallikka munosabatlariga ko‘ra kasalliklar diagnostikasi, profilaktikasi va reabilitatsiyasini optimallashtirishda «tibbiyotda psixodiagnostikani joriy etishlish imkoniyatlarini aniqlash», «kasbiy tayyorgarlik va faoliyatning tashkiliy xususiyatlari», «mavjud tajribalarni tatbiq qilish» va «istiqbollarini belgilash» tamoyillariga muvofiq «Tibbiyotda tibbiy psixodiagnostikadan foydalanish tizimini takomillashtirish» mualliflik tuzilmasi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy etilishi. Tibbiyotda psixodiagnostika metodikalarini tatbiq etish tizimini shakllantirishga doir tadqiqotdan olingan ilmiy natijalar asosida:
klinik psixodiagnostika va psixometrika talablari asosida  psixik jarohat, psixik buzilish va kasallikning psixologik xavf omillari ta’sirida bemorni prevensiyasi, psixologik moslashuvi, patologik o‘zgarishlarini baholashda kasalliklar profilaktikasi, davolashi va reabilitatsiyasining psixologik mezonlariga muvofiq tizimlashtirish natijasida kognitiv, psixosomatik, shaxs psixik buzilishlari diagnostikasi metodikalari tasnifini takomillashtirishga oid xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy  markazining 2022 yil 15 noyabrdagi PM-12-M-son buyrug‘i bilan «Tibbiyot psixologiyasi»  moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 29 noyabrdagi PM-12-M-son ma’lumotnomasi). Natijada tibbiy psixologik diagnostikani joriy etishga bo‘lgan psixologik ehtiyojni empirik tadqiq etish hamda tibbiy psixodiagnostika metodikalarining kasallik yo‘nalishlari mezonlariga ko‘ra klassifikatsiyalash imkoni yaratilgan;
shaxs so‘rovnomasining tatbiqiga ko‘ra bemorlardagi emotsional beqarorlik, o‘zini nazorat qilish, introvertlik, ta’sirchanlik omillarning quyi va shubhalanuvchanlik, xavotirlanish omillarining yuqori darajasini xulqda differensial namoyon bo‘lishi natijasida psixosomatik kasallikka moyil shaxslar psixologik profilini shakllantirishga oid xulosalar  Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy  markazining 2022 yil 15 noyabrdagi PM-12-M-son buyrug‘i bilan «Umumiy psixodiagnostika» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 29 noyabrdagi PM-12-M-son ma’lumotnomasi). Natijada psixologlarning tadqiqotda psixologik diagnostika metodikalaridan foydalanish, ularning natijalarini qayta ishlash, tahlil va talqin qilishi bo‘yicha uslubiy ta’minotini shakllantirishga sharoit yaratilgan;
nevroz bemorlarning diqqat xususiyatlari diagnostikasida samaradorlik indeksi topshiriqlarni bajarishning dastlabki bosqichida me’yorda kechganligi, qisqa vaqt oralig‘idagi psixik funksiyalardagi emotsional noqulaylik sababli o‘ta ta’sirchanlik va xavotirlanishning kuchayib ketishi natijasida diqqat konsetratsiyasining keskin pasayishini asoslashga doir ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 15 noyabrdagi PM-12-M-son buyrug‘i bilan «Patopsixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 29 noyabrdagi PM-12-M-son ma’lumotnomasi). Natijada psixodiagnostik metodikalarning shaxs psixik, kognitiv funksiyalari va psixosomatik buzilishlari bo‘yicha qo‘llash xususiyatlarini empirik tadqiq etish imkoni yaratilgan;
tibbiy psixodiagnostika usullarini psixoterapiya, nevrologiya, psixosomatika va psixiatriyani xususiyatiga asoslanib, operativ va tejamkorlik xossalari bo‘yicha tasnifini shakllantirish natijasida ularni onkologiya, terapiya, revmatologiya va kardiologiya sohasi bemorlarining psixologik qiyofasini tavsiflash, depressiya va stressli holatlar diagnostikasida toifasi, vaqt me’yori va qo‘llash xususiyatiga ko‘ra tatbiq etilishini takomillashtirishga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy  markazining 2022 yil 15 noyabrdagi PM-12-M-son buyrug‘i bilan «Umumiy psixodiagnostika» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 29 noyabrdagi PM-12-M-son ma’lumotnomasi). Natijada inson salomatligiga rahna soluvchi turli kasalliklarni shaxs  individual-psixologik xususiyatlari diagnostikasi va kasallikdan xalos bo‘lish bilan  bog‘liqligini ilmiy asoslash imkoni yaratilgan;
tibbiy psixologik diagnostika sharoitida bemorlarning psixik holatlari, kechinmalari va kasallikka munosabatlariga ko‘ra kasalliklar diagnostikasi, profilaktikasi va reabilitatsiyasini optimallashtirishda «tibbiyotda psixodiagnostikani joriy etishlish imkoniyatlarini aniqlash», «kasbiy tayyorgarlik va faoliyatning tashkiliy xususiyatlari», «mavjud tajribalarni tatbiq qilish» va «istiqbollarini belgilash» tamoyillariga muvofiq «Tibbiyotda tibbiy psixodiagnostikadan foydalanish tizimini takomillashtirish» mualliflik tuzilmasini asoslangashga oid takliflar  Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy  markazining 2022 yil 29 noyabrdagi PM-12-M-son buyrug‘i bilan «Tibbiyot psixologiyasi»  moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 29 noyabrdagi PM-12-M-son ma’lumotnomasi). Natijada tibbiyot sohasi uchun psixologik diagnostika metodikalarni tadbiq etish tizimini takomillashtirish asosida amaliyotda qo‘llash tuzilmasini takomillashtirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish