Urazbaeva Dilbar Abdullaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Onkologik bemorlar bilan psixokorreksion ish olib borishning ijtimoiy-psixologik asoslari», 19.00.05–Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/P50.
Ilmiy maslahatchi: Muxamedova Dilbar Gafurdjanovna, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Umarali Dustqobilovich, psixologiya fanlari doktori, dotsent; Shoumarov G‘ayrat Baxromovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Nishonov Doniyor Anarbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi onkologik bemorlar bilan psixokorreksion ish olib borishning ijtimoiy-psixologik asoslarini empirik ochib berish asosida psixologik yordam ko‘rsatishning uslubiy-amaliy chora-tadbirlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
onkologik kasallikning organizmda aniqlangan lokalizatsiyasiga ko‘ra kasallikka munosabatni fobik va eyforik tipi, muloqot chegaralanganligi, funksional shkala, muammodan qochish kabi ijtimoiy-psixologik omillarni shaxsga integrativ ta’siri tufayli, hayotiy ko‘rsatkichlarda differensial farqlar mavjud bo‘lishi isbotlangan;
onkologik kasallikni og‘ir o‘tishi bilan bog‘liq ustanovkalar mavjudligiga ko‘ra bemorlarda xavotirlanish, qo‘rquv va subdepressiya darajasini intensiv oshishi, kasallikka munosabatni xavotirli, senzitiv, nevrasteniya tiplari xulqda rivojlanishi tufayli, bemorlar tomonidan kasallikning ijtimoiy ahamiyatini baholashda differensial farqlar mavjudligi asoslangan;
o‘sma kasalligiga chalinish shaxs uchun inqirozli, stressli vaziyat ekanligiga ko‘ra bunday holatlarda bemorlar xulqida turli koping strategiyalarni individual va differensial qo‘llash xususiyatiga asoslanib, erkak bemorlarda ijtimoiy tayanch izlash, ayollarda esa muammoni bartaraf etish xususiyati ustun darajada namoyon bo‘lishi isbotlangan;
onkologik xastalikning barcha turlarida bemorlar hayot sifati ko‘rsatkichlarida salbiy o‘zgarishlar vujudga kelishiga binoan funksional shkaladagi rolli, emotsional va ijtimoiy sohada umumiy hayotdan qoniqish hissini integrativ rivojlantirish muhimligi tufayli, bemorlar umumiy hayot sifati darajasi oshirishga korreksion-adaptiv ta’sir etish zarurligi asoslangan;
onkologik kasallik nafaqat shaxsda, balki uning atrofidagi sotsiumda ham muayyan salbiy ijtimoiy-psixologik o‘zgarishlarni keltirib chiqarishiga ko‘ra, “bemor-yaqin qarindosh-tibbiy xodim” munosabatlari integratsiyasida kasal, uning oila a’zolari va shu sohada faoliyat yuritadigan tibbiyot xodimlarining psixik salomatligini barqarorlashtirishga yo‘naltirilgan «Onkologiya sohasida psixologik yordam ko‘rsatish chora-tadbirlari tizimi» shakllantirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Onkologik bemorlar bilan psixokorreksion ish olib borishning ijtimoiy-psixologik asoslarini o‘rganish asosida:
onkologik kasalliklar rivojlanishida ijtimoiy-psixologik omillarning salbiy ta’siri ahamiyatli ekanligi aniqlanganligiga doir ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazining onkologik kasalliklar bilan xastalangan bemorlarni davolash jarayonida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 01 iyulidagi 08-77/728-son ma’lumotnomasi). Natijada bu psixologiyada onkologik bemorlar bilan ishlashda ijtimoiy-psixologik yondashuvni shakllantirish imkonini bergan;
onkologik bemorlarda kasallik sababli xavotirlanish, qo‘rquv va subdepressiyaning yuqori darajasi; kasallikka munosabatning xavotirli, senzitiv va nevrasteniya tiplarining namoyon bo‘lishi; bemor tomonidan kasallikning ijtimoiy ahamiyatini baholashda: kuch-quvvat, bo‘sh vaqt va rohatlanish hislarining pasayishi, zaiflik hissi hamda moddiy zarar ko‘rish holatlarining ortishi, ayol bemorlarda tashqi jozibadorlik pasayishi hislarining mavjudligi; kasallik sababli hayot sifatining pasayishi; kasallik vaziyatidagi koping strategiyalarni qo‘llashda muammoni bartaraf qilish va ijtimoiy tayanch izlashning o‘rta, shuningdek, muammodan qochishning past darajalari aniqlanganligiga doir ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Urganch filialining onkologik kasalliklar bilan xastalangan bemorlarni davolash jarayonida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 01 iyulidagi 08-77/728-son ma’lumotnomasi). Natijada psixodiagnostik ishlar bemorlarga maqsadli psixokorreksion ta’sir ko‘rsatish yo‘nalishlarini aniqlash imkonini bergan;
onkologik bemorlarda aniqlangan salbiy psixoemotsional holatlar maxsus psixokorreksion dastur orqali bartaraf qilinganligiga doir ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazining onkologik kasalliklar bilan xastalangan bemorlarni davolash jarayonida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 01 iyulidagi 08-77/728-son ma’lumotnomasi). Natijada bemorlar hayot sifatining funksional shkalasida rolli, emotsional va ijtimoiy soha ko‘rsatkichlari ijobiy o‘zgargan;
tadqiqot davomida milliy muhitda birinchi marta onkologik bemor-tibbiy xodim-yaqin qarindosh munosabatlari tizimi ijtimoiy-psixologik jihatdan o‘rganilganligiga doir ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazining onkologik kasalliklar bilan xastalangan bemorlarni davolash jarayonida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 01 iyulidagi 08-77/728-son ma’lumotnomasi). Natijada Onkologiya sohasida psixologik yordam ko‘rsatish tizimini shakllantirish ta’minlangan.