Raximova Iroda G‘iyozjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Kichik maktab yoshidagi bolalarda tortinchoqlikning psixologik xususiyatlari», 19.00.06 - Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/P126.
Ilmiy rahbar: Nishanova Zamira Taskaraevna, psixologiya fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Umarov Baxriddin Mingboevich, psixologiya fanlari doktori, professor; To‘ychieva Saodat Meliqo‘zievna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda tortinchoqlik namoyon bo‘lishining psixologik xususiyatlarini ochib berish va tortinchoqlikni korreksiya qilishning amaliy imkoniyatlarini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda vaziyatga va shaxsga bog‘liq xavotirlanishning darajaviy differensial ifodalanishiga ko‘ra «tashqi xatti-harakatlarda», «fiziologik alomatlari», «o‘zini noqulay his qilish»ning emotsional integrativ ta’sir etishi orqali tortinchoqlik shaxsdagi ijtimoiy-kommunikativ sifatida namoyon bo‘lishi dalillangan;
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda tortinchoqlikning shakllanishi emotsional turg‘unlikning shaxslararo munosabatlarda mulqotga yo‘nalgalik xususiyatiga integrativ namoyon bo‘lishi tufayli o‘z-o‘ziga beradigan bahoning darajaviy rivojlanganligiga bog‘liq ekanligi dalillangan;
ota-ona va bola munosabatlaridagi emotsional integrativ yondashuvning shaxs shakllanishiga ta’siri natijasida «giperg‘amxo‘rlik», «avtoritarlik», «e’tiborsizlik», «psixologik qo‘llab-quvvatlashning yo‘qligi»ning noadekvat ota-onalik ustanovkalariga bog‘liqligi tufayli tortinchoqlikning differensial namoyon bo‘lishi asoslangan;
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda tortinchoqlikni susaytirish uchun xavotirlanishni kamaytirish, o‘z-o‘ziga bahoni oshirish, kommunikativ qobiliyatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan integrativ psixotexnologiyalarni tizimli kombinatsiyasini amalda qo‘llash samarali ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kichik maktab yoshidagi bolalarda tortinchoqlik hissining namoyon bo‘lishining psixologik xususiyatlariga oid muammoni tadqiq etish natijasida:
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda vaziyatga va shaxsga bog‘liq xavotirlanishning darajaviy differensial ifodalanishiga ko‘ra «tashqi xatti-harakatlarda», «fiziologik alomatlari», «o‘zini noqulay his qilish»ning emotsional integrativ ta’sir etishi orqali tortinchoqlik shaxsdagi ijtimoiy-kommunikativ sifatida namoyon bo‘lishi dalillashga oid ilmiy ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yili 15 noyabrdagi PM-10 buyrug‘iga asosan «Umumiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yili 29 noyabrdagi PM-10-m ma’lumotnomasi). Natijada pedagog-psixologlarning kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda tortinchoqlik rivojlanishining dinamik va yoshga oid xususiyatlarini prognozlash imkoniyatini takomillashtirishga erishilgan;
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda tortinchoqlikning shakllanishi emotsional turg‘unlikning shaxslararo munosabatlarda mulqotga yo‘nalgalik xususiyatiga integrativ namoyon bo‘lishi tufayli o‘z-o‘ziga beradigan bahoning darajaviy rivojlanganligiga bog‘liq ekanligi dalillanganligiga doir ilmiy Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yili 15 noyabrdagi PM-10 buyrug‘iga asosan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yili 29 noyabrdagi PM-10-m ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning joriy etilishi natijasida pedagog-psixologlarning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tortinchoqlik rivojlanish shart-sharoitlari va mexanizmlarini rivojlantirishga oid bilimlarini boyitish imkoniyati paydo bo‘lgan;
ota-ona va bola munosabatlaridagi emotsional integrativ yondashuvning shaxs shakllanishiga ta’siri natijasida «giperg‘amxo‘rlik», «avtoritarlik», «e’tiborsizlik», «psixologik qo‘llab-quvvatlashning yo‘qligi»ning noadekvat ota-onalik ustanovkalariga bog‘liqligi tufayli tortinchoqlikning differensial namoyon bo‘lishi asoslanganligiga oid ilmiy xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yili 15 noyabrdagi PM-10 buyrug‘iga asosan «Rivojlanish psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yili 29 noyabrdagi PM-10-m ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak pedagog-psixolog mutaxassislarni oilada ota-ona-bola munosabatlari psixologiyasiga oid o‘quv mashg‘ulotlari mazmunini takomillashtirishga erishilgan;
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda tortinchoqlikni susaytirishga qaratilgan trening dasturi xavotirlanishni kamaytirish, o‘z-o‘ziga bahoni oshirish, kommunikativ qobiliyatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan integrativ psixotexnologiyalarni tizimli Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yili 15 noyabrdagi PM-10 buyrug‘iga asosan «Psixologik trening asoslari» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yili 29 noyabrdagi PM-10-m ma’lumotnomasi). Mazkur modelning joriy etilishi natijasida kichik maktab yoshidagi bolalarda tortinchoqlikning psixologik xususiyatlarining mazmunini aniqlashga erishilgan.