Askarova Nargiza Abdivalievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Diqqat etishmasligi sindromli va giperaktiv bolalarni maktabga tayyorgarligining psixologik xususiyatlari», 19.00.06–Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.PhD/P176.
Ilmiy rahbar: Nishanova Zamira Taskaraevna, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abduraimovich psixologiya fanlari doktori, professor; To‘ychieva Saodat Melikuzievna psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi diqqat etishmasligi sindromli va giperaktiv bolalarni maktabga psixologik tayyorgarligining samaradorligini oshirish hamda psixologik-pedagogik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
diqqat etishmasligi va giperaktivlik sindromli maktabgacha yosh davridagi bolalarning sog‘lom sinaluvchilar bilan natijalarini differensiallashtirish asosida diqqat va xotira kabi kognitiv jarayonlarda quyi ko‘rsatkichlar, salbiy emotsional, xulq-atvor sohasida esa yuqori ko‘rsatkichlar aniqlangan;
diqqat etishmasligi va giperaktivlik sindromli bolalarda diqqat tanqisligi va qo‘zg‘aluvchanlik, shubhalanuvchanlik, agressiyaning ortishi natijasida guruhiy buzilishlar va qaysarlik, g‘azab, tajovuzkorlik kabi xulq-atvorning namoyon bo‘lishi hamda ularni maktabda o‘qishga tayyorlashda salbiy ta’siri aniqlangan;
diqqat etishmasligi sindromi va giperaktiv bolalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha o‘yin terapiyasi, bixevioral terapiya, gumanistik psixologiya g‘oyalari asosida ishlab chiqilgan «Ixtiyoriy diqqatni rivojlantirish» nomli psixokorreksion-rivojlantiruvchi dasturiga individual yondashuvni kiritish samarali ekanligi isbotlangan;
diqqat etishmasligi sindromi va giperaktiv bolalarni maktabda o‘qishga tayyorlashda shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida psixik va shaxs rivojlanishidagi emotsional va xulq-atvor sohasidagi sifat o‘zgarishlari, yosh davridagi inqirozlarni e’tiborga olish tarbiyachilar va ota-onalarga asosiy psixologik tavsiya ekanligi aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi diqqat etishmasligi sindromli va giperaktiv bolalarning maktabga tayyorgarligining psixologik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot ishlari natijalari asosida:
diqqat etishmasligi va giperaktivlik sindromli maktabgacha yosh davridagi bolalarning sog‘lom sinaluvchilar bilan natijalarini differensiallashtirish asosida diqqat va xotira kabi kognitiv jarayonlarda quyi ko‘rsatkichlar, salbiy emotsional, xulq-atvor sohasida esa yuqori ko‘rsatkichlar aniqlangan ma’lumotlar Respublika ijtimoiy moslashuv markazining 2022 yil 18 oktyabrdagi 06/263-son buyrug‘iga asosan Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi hamda uning Farg‘ona, Samarqand, Qarshi shahridagi mintaqaviy filiallaridagi ilmiy bo‘limlar va Axborot-konsalting Xizmatida faoliyat yuritayotgan defektolog, logoped va psixologlarning psixojismoniy imkoniyatlari cheklangan bolalar bilan olib boradigan ishlari jarayoniga kiritilgan (Respublika ijtimoiy moslashuv markazining 2022 yil 18 oktyabrdagi 06/262-son ma’lumotnomasi). Natijada defektolog, logoped va psixologlarning ilmiy-nazariy tayyorligini sifat jihatdan oshirishga erishilgan;
diqqat etishmasligi va giperaktivlik sindromli bolalarda diqqat tanqisligi va qo‘zg‘aluvchanlik, shubhalanuvchanlik, agressiyaning ortishi natijasida guruhiy buzilishlar va qaysarlik, g‘azab, tajovuzkorlik kabi xulq-atvorning namoyon bo‘lishi hamda ularni maktabda o‘qishga tayyorlashda salbiy ta’siri aniqlangan yangi ilmiy dalillar Respublika ijtimoiy moslashuv markazining 2022 yil 18 oktyabrdagi 06/263-son buyrug‘iga asosan diqqat etishmasligi sindromli va giperaktiv bolalarni maktabga psixologik tayyorgarligi yo‘nalishida shaxsga psixologik ta’sir ko‘rsatish texnologiyasi yoritilgan ilmiy-nazariy, ilmiy-amaliy takliflar markaz yillik ish rejalarida belgilangan ilmiy amaliy, korreksion-rivojlantiruvchi hamda o‘quv faoliyati amaliyotida keng foydalanish kiritilgan (Respublika ijtimoiy moslashuv markazining 2022 yil 18 oktyabrdagi 06/262-son ma’lumotnomasi). Natijada defektolog, logoped va psixologlarning amaliy-uslubiy bilimlari oshirilgan;
diqqat etishmasligi sindromi va giperaktiv bolalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha o‘yin terapiyasi, bixevioral terapiya, gumanistik psixologiya g‘oyalari asosida ishlab chiqilgan «Ixtiyoriy diqqatni rivojlantirish» nomli psixokorreksion-rivojlantiruvchi dasturiga individual yondashuvni kiritish samarali ekanligi haqidagi ilmiy va statistik asoslangan ma’lumotlar Respublika ijtimoiy moslashuv markazining 2022 yili 18 oktyabridagi 06/263-son buyrug‘iga asosan shu yosh davridagi ushbu sindromli bolalarda maktabga tayyorgarlik sifatlarni shakllantirish, prosotsial xulq ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan mashg‘ulotlar majmuasi «Axborot-konsalting Xizmati»dagi «Ota-onalar klubi» faoliyatiga joriy qilingan (Respublika ijtimoiy moslashuv markazining 2022 yili 18 oktyabrdagi 06/262-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lg‘usi psixolog mutaxassislarning ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorgarlik darajasini oshirishga erishilgan;
diqqat etishmasligi sindromi va giperaktiv bolalarni maktabda o‘qishga tayyorlashda shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida psixik va shaxs rivojlanishidagi emotsional va xulq-atvor sohasidagi sifat o‘zgarishlari, yosh davridagi inqirozlarni e’tiborga olish tarbiyachilar va ota-onalarga asosiy psixologik tavsiya ekanligi aniqlanganligi haqida ilmiy xulosalar Respublika ijtimoiy moslashuv markazining 2022 yili 18 oktyabridagi 06/263-son buyrug‘iga asosan psixokorreksion dastur Markaz va uning filiallaridagi Axborot-konsalting Xizmati faoliyatiga joriy qilingan (Respublika ijtimoiy moslashuv markazining 2022 yili 18 oktyabrdagi 06/262-son ma’lumotnomasi). Natijada defektolog, logoped va psixologlarning shaxs psixologik etukligini faol oshirish borasidagi ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish imkoniyatlari oshirilgan.