Oxundadaev Abdug‘ani Komiljon o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ayrim gidroksikislotalarni atsetilen asosida vinillash, olingan moddalarning xossalari va qo‘llanilishi», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3202.
Ilmiy rahbar: Nurmanov Suvonqul Erxonovich, texnika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi PhD.03/30.12.2019.K/T.66.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ikramov Abduvahob, texnika fanlari doktori, professor; Muxiddinov Baxodir Faxriddinovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: meva kislotalari – olma kislotasi, limon kislotasi va vino kislotasi bilan atsetilen ishtirokida tegishli vinil efirlarni sintez qilish texnologiyasini ishlab chiqish va biologik faolligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor olma, limon va vino kislotalarini gomogen-katalitik sharoitda atsetilen bilan vinillash reaksiyasi (SN3SOO)2Zn +AlCl3∙6N2O katalizatori  ishtirokida borishi aniqlangan;
atsetilen ishtirokida vinillash reaksiyasi mexanizmi kvant-kimyoviy usullar yordamida nazariy asoslangan; 
atsetilenni elektrofil birikishi substrat tuzilishiga bog‘liq ravishda oraliq maxsulotlarning sirt potensial energiyalari olma-vino-limon kislotalari qatorida oshib borishi aniqlangan;
atsetilen asosida tanlangan gidroksikislotalarning vinil efirlarini sintez qilishning texnologik sxemasi yaratilgan;
olma kislotasini vinil efirlari sintezining texnologik reglamenti ishlab chiqilgan;  
sintez qilingan moddalarning qishloq xo‘jaligida bug‘doyning sariq zang (Puccinia striiformis) kasalligiga qarshi biologik faollik namoyon qilishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Ayrim gidroksikislotalarning vinil efirlarini sintez qilish va ularning biologik xossalarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
olma kislota monovinil efiri, vino kislota monovinil efiri va limon kislota divinil efirlarining ishlab chiqarish texnologiyasi “Ifoda agro kimyo himoya” MChJ qo‘shma korxonasining “2023-2025 yillarda  amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan (“Ifoda agro kimyo himoya” MChJ qo‘shma korxonasining 2022 yil 28 oktyabrdagi 4-son ma’lumotnomasi). Natijada, g‘alla ekini maydonida sariq zang (Puccinia striiformis) kasalligining 100 foiz nobud bo‘lish imkonini beradi;
kislotalarning atsetilen ishtirokida vinil efirlarini  sintez qilish usulidan Surgut davlat universitetining (Rossiya) “Innovatsionnie texnologii izvlecheniya, identifikatsii polifenolov dikorosov XMAO-Yugri i issledovanie ix geroprotektornix svoystv pri vozrast-assotsiirovannix zabolevaniyax na Severe” mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan (Surgut davlat universitetining 2021 yil 20 yanvardagi 04-22-11-son ma’lumotnomasi). Natijada,  polifenollarning bir qancha yangi hosilalarini sintez qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish