Oribboeva Dilafro‘z Dadamirzaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bo‘lajak pedagoglarda ijtimoiy kompetentlik rivojlanishining psixologik xususiyatlari», 19.00.05-Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya. (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V.2021.2.PhD/P85.
Ilmiy rahbar: Xalilova Nargiza Ikromalievna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Hayitov Oybek Eshboevich, psixologiya fanlari doktori, professor; Do‘stmuxammedova Shoira Akbarovna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak pedagoglarda ijtimoiy kompetentlik shakllanishining ijtimoiy-psixologik omillarni aniqlash hamda takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak pedagoglarning ijtimoiy kompetentligini namoyon bo‘lishida mustaqillik, o‘ziga bo‘lgan ishonch, muomala, ijtimoiy hayotga qiziqish xususiyatlarini dinamik rivojlanishiga ko‘ra, differensial farqlar mavjudligi dalillangan;
shaxsdagi ijtimoiy kompetentlik va kommunikativ kompetentlikning o‘zaro bog‘liqligiga ko‘ra, o‘z burch va vazifalariga bo‘lgan munosabat, boshqalarni qabul qilish, ijtimoiy hayotga qiziqish va empatiyaning shaxslararo munosabatlarga dual ta’sirini kuchayishi tufayli bo‘lajak pedagoglarni kasbiy shakllanishining psixologik mezonlari asoslanilgan;
shaxslararo munosabatlarda o‘zaro anglash, o‘zaro tushunish mexanizmlarini ustuvor xarakterda namoyon bo‘lishiga ko‘ra, mustaqillik, faollik, irodaviy o‘zini o‘zi boshqarish xususiyatlarini integrativ shakllanishi tufayli bo‘lajak pedagoglardagi ijtimoiy kompetentlikning perseptiv-interaktiv tomonini kasbiy yo‘nalganlik ta’sirida rivojlanishi dalillangan;
bo‘lajak pedagoglarda ijtimoiy kompetentlikni rivojlantirish uchun ijtimoiy ko‘nikmalar, o‘ziga ishonch xususiyatlarini muloqot malakalari induksiyasida kuchaytirish muhimligi tufayli integral ta’limda motivatsion-shaxsiy omillarning intensiv ta’siri dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy etilishi. Bo‘lajak pedagoglarda ijtimoiy kompetentlikni o‘rganish doirasida amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak pedagoglarning ijtimoiy kompetentligini namoyon bo‘lishida mustaqillik, o‘ziga bo‘lgan ishonch, muomala, ijtimoiy hayotga qiziqish xususiyatlarini dinamik rivojlanishiga ko‘ra, differensial farqlar mavjudligiga doir ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-amaliy markazining 2021 yil 26 sentyabrdagi PM-61-a-son buyrug‘iga asosan «Shaxslararo munosabatlar psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 sentyabrdagi PM-61-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, amaliyotchi psixologlarda ijtimoiy kompetentlikni o‘rganishning kompleks psixologik manbalari aniqlandi va boyitilgan;
shaxsdagi ijtimoiy kompetentlik va kommunikativ kompetentlikning o‘zaro bog‘liqligiga ko‘ra, o‘z burch va vazifalariga bo‘lgan munosabat, boshqalarni qabul qilish, ijtimoiy hayotga qiziqish va empatiyaning shaxslararo munosabatlarga dual ta’sirini kuchayishi tufayli bo‘lajak pedagoglarni kasbiy shakllanishining psixologik mezonlariga doir ma’lumotlar Psixologiya o‘quv-amaliy markazining 2021 yil 26 sentyabrdagi PM-61-a-son buyrug‘iga asosan «Umumiy psixodiagnostika» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 sentyabrdagi PM-61-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak pedagoglarda ijtimoiy kompetentlikning yosh va psixologik omillarini inobatga olgan holda ilmiy ma’lumotlar asosida metodik ta’minotni kuchaytirish imkoniyati oshirilgan;
shaxslararo munosabatlarda o‘zaro anglash, o‘zaro tushunish mexanizmlarini ustuvor xarakterda namoyon bo‘lishiga ko‘ra, mustaqillik, faollik, irodaviy o‘zini o‘zi boshqarish xususiyatlarini integrativ shakllanishi tufayli bo‘lajak pedagoglardagi ijtimoiy kompetentlikning perseptiv-interaktiv tomonini kasbiy yo‘nalganlik ta’sirida rivojlanishi haqidagi ilmiy xulosalar Psixologiya o‘quv-amaliy markazining 2021 yil 26 sentyabrdagi PM-61-a-son buyrug‘iga asosan «Ontogenez psixologiyasi va differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 sentyabrdagi PM-61-a-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim sohasi uchun tayyorlanadigan psixologlarning kasbiy ahamiyatli tayanch kompetensiyalarini takomillashtirishda sifat jihatidan rivojlanishiga erishilgan;
bo‘lajak pedagoglarda ijtimoiy kompetentlikni rivojlantirish uchun ijtimoiy ko‘nikmalar, o‘ziga ishonch xususiyatlarini muloqot malakalari induksiyasida kuchaytirish muhimligi tufayli integral ta’limda motivatsion-shaxsiy omillarning intensiv ta’siriga doir ma’lumotlar Psixologiya o‘quv-amaliy markazining 2021 yil 26 sentyabrdagi PM-61-a-son buyrug‘iga asosan «Ijtimoiy psixologik trening» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 sentyabrdagi PM-61-a-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan bo‘lajak pedagoglarda ijtimoiy kompetentlikni shakllanishini kuchaytirish va rivojlantirish bo‘yicha psixologik chora-tadbirlar samaradorligi oshirilgan.