Israilov Abbosbek Adiljonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yangilanayotgan O‘zbekistonda milliy g‘oyani rivojlantirish istiqbollari”, 09.00.06- G‘oyalar tarixi va metodologiyasi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fal610.
Ilmiy rahbar: Qurbonova Lola Abdulxodimovna, falsafa fanlari doktori (DSc).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.14.
Rasmiy opponentlar: Mavlonov Jo‘rabek Yarqulovich, falsafa fanlari doktori (DSc), professor; Xakimov Nazar Xakimovich, falsafa fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Yangi O‘zbekiston strategiyasidagi xavfsizlik, ma’naviy taraqqiyot, kuchli ijtimoiy siyosatni ta’minlashga oid yo‘nalishlarining ahamiyatini xalq ongiga singdirishda milliy g‘oyaning boshqaruvchi funksiyasidan foydalanishning zaruratini asoslashdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Yangi O‘zbekistonning milliy g‘oyasi ijtimoiy taraqqiyotning mexanizmi bo‘lganligi sababli, uning xalq manfaatlari himoyasi, mudofaa qudrati, millatlararo totuvlikni takomillashtiruvchi davlat strategiyasi, ijtimoiy barqarorlikka erishishning mantiqiy izchil, avlodlararo davomiy mafkura ekanligi falsafiy asoslangan;
ta’lim va tarbiya tizimidagi ma’naviy-mafkuraviy islohotlarning ijtimoiy taraqqiyot mexanizmi sifatida “inson – jamiyat - davlat” tamoyilini hayotga joriy etish orqali yoshlar ongiga qaratilgan tajovuzkor g‘oyalarning oldini olish, yangi avlod yoshlarining tashabbuslarini rag‘batlantirish, elitar madaniyatni ommalashtirish va milliy o‘z-o‘zini anglashning falsafiy omillari milliy g‘oyada namoyon bo‘lishi asoslangan;
“Har bir oila tadbirkor” strategik g‘oyasi milliy iqtisodiy muvozanatni tartibga soluvchi, uning hayot sifati ko‘rsatkichini belgilovchi, shuningdek, ijtimoiy faoliyatning tabiiiy determinantligini ta’minlovchi inson kapitali uchun milliy g‘oyaviy tarbiya mexanizmi ekanligi falsafiy jihatdan ochib berilgan;
“Islom nurli ma’rifat dini” g‘oyasining ijtimoiy adolat mezoni va yaratuvchanlik  diniy va dunyoviy bilimlarning vijdon va imon birligiga erishish, individual ong darajasidagi o‘z o‘zini anglashning ommaviy ong darajasiga ko‘tarilishida davlat boshqaruvi manfaatlarining himoyasini ta’minlash omili va milliy g‘oyaning tarkibiy qismi sifatida amal qilishi isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yangilanayotgan O‘zbekistonda milliy g‘oyani rivojlantirish istiqbollarini aniqlash va uning mohiyatini ochib berish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot  natijalari: 
Yangi O‘zbekistonning milliy g‘oyasi ijtimoiy taraqqiyotning mexanizmi bo‘lganligi sababli, uning xalq manfaatlari himoyasi, mudofaa qudrati, millatlararo totuvlikni takomillashtiruvchi davlat strategiyasi, ijtimoiy barqarorlikka erishishning mantiqiy izchil, avlodlararo davomiy mafkura ekanligiga oid xulosalardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining ustuvor vazifalaridan biri bo‘lgan milliy-ma’naviy tiklanish va yuksalish, milliy g‘oya tamoyilining ustuvorligini ta’minlash, jamiyatimizning axloqiy va ma’naviy asoslarini mustahkamlash, ma’naviy-ma’rifiy sohadagi islohotlarni yanada chuqurlashtirishga yo‘naltirilgan amaliy faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2022 yil 14 iyundagi 02/02-119-son ma’lumotnomasi). Natijalar, partiyaning elektorati bilan tizimli faoliyat olib borish, ular ongiga milliy g‘oya rivojining asosiy yo‘nalishlarini singdirishning yangi mexanizmlarini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
ta’lim va tarbiya tizimidagi ma’naviy - mafkuraviy islohotlarning ijtimoiy taraqqiyot mexanizmi sifatida “inson – jamiyat - davlat” tamoyilini hayotga joriy etish orqali, yoshlar ongiga qaratilgan tajovuzkor g‘oyalarni oldini olish, yangi avlod yoshlarining tashabbuslarini rag‘batlantirish, elitar madaniyatni ommalashtirish va milliy o‘z-o‘zini anglashning falsafiy omillari milliy g‘oyada namoyon bo‘lishiga oid xulosa va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazida “Ma’naviyat sarchashmasi” va “Milliy g‘oya istiqbollari” nomli o‘quv qo‘llanmalarni tayyorlashda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 12 noyabrdagi 03/08-1433-son ma’lumotnomasi). Natijalar o‘quv  markazning ta’lim jarayonida milliy g‘oya rivojining yo‘nalishlarini asoslashga oid  uslubiy ko‘rsatmalar ishlab chiqish, yangi o‘quv adabiyotlarining mazmunini boyitishga xizmat qilgan; 
“Har bir oila tadbirkor” strategik g‘oyasi milliy iqtisodiy muvozanatni tartibga soluvchi, uning hayot sifati ko‘rsatkichini belgilovchi, shuningdek, ijtimoiy faoliyatning tabiiiy determinantligini ta’minlovchi inson kapitali uchun milliy g‘oyaviy tarbiya mexanizmi ekanligiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasining “Nigoh”, “Munosabat” kabi davra suhbatlarini o‘tkazishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasining 2021 yil 12 noyabrdagi 04-15/2230-son ma’lumotnomasi). Natijalar individual tadbirkorlikni rivojlantirish, oilaviy tadbirkorlikni ommalashtirish, yosh tadbirkorlar korpusini shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish va ulardan foydalanishga xizmat qilgan; 
“Islom nurli ma’rifat dini” g‘oyasining ijtimoiy adolat mezoni- vijdon va imon birligiga erishish, individual ong darajasidagi o‘z o‘zini anglashning ommaviy ong darajasiga ko‘tarilishi davlat boshqaruvi manfaatlarining himoyasini ta’minlash omili va milliy g‘oyaning tarkibiy qismi sifatida amal qilishi takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari Agentligining yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha faoliyatida  foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari Agentligining 2021 yil 2 dekabrdagi 2-10-23-3028-son ma’lumotnomasi). Natijalar, yoshlar ongida o‘z huquq va majburiyati, burch va mas’uliyatini bilish va ularga rioya qilishga oqilona yondashuvini shakllantirishga xizmat qilgan.
Yangi O‘zbekistonda milliy g‘oyaning “Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqga xizmat qilish” ezgu maqsadining ijrosini ta’minlash, aholining turli qatlamlari orasida ishsizlikni bartaraf etish, ta’lim va tarbiya tizimini takomillashtirish mexanizmi sifatida amal qilishiga erishish bo‘yicha takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari Agentligining yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha faoliyatida  foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari Agentligining 2021 yil 2 dekabrdagi 2-10-23-3028-son ma’lumotnomasi). Natijalar, yoshlar ongida o‘z huquq va majburiyati, burch va mas’uliyatini bilish va ularga rioya qilishga oqilona yondashuvini shakllantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish