Umarov Doniyor Azadbekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Medikamentoz gipokoagulyasiyali bemorlarda gemorroidal qon ketishini jarrohlik yo‘li bilan davolashning taktik jihatlarini takomillashtirish», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2911.
Ilmiy rahbar: Ruzibaev Rashid Yusupovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti PhD.04/30.12.2019.Tib.95.01
Rasmiy opponentlar: Maxmudov Ulugbek Marifdjanovich, tibbiyot fanlari doktori; Kodirov Shavkat Nomanovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Volgabo‘yi tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi)
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: applikatsiion gemostatik vosita qo‘llash orqali gemorroidektomiya usulini takomillashtirish yo‘li bilan medikamentoz gipokoagulsiyali bemorlarda III-IV bosqichdagi surunkali gemorroyning xirurgik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
eksperimental hayvonlarda medikamentoz gipokoagulyasiya negizida teri yarasi sohasida mahalliy gemostazga erishish uchun asta-sekinlik bilan quyuq gelga aylanadigan kukun shaklidagi gemostatik vositani ikki marta qo‘llash kerakligi isbotlangan; 
gemostatik vositani qo‘llash katta sorbsion hajmi, tarkibida kal`siy ionlarining mavjudligi, shuningdek nam yuzaga yuqori yopishqoqligi hisobiga gemorragiya intensivligi va davomiyligini kamayishi bilan medikamentoz gipokoagulyasiya negizida mahalliy adekvat gemostazni ta’minlashi aniqlangan;
4% gelli kompozisiyani olish uchun «Xemoben» substrat kukunini fiziologik eritma bilan eritish kesilgan anal sfinkterining jarohat yuzasiga applikatsiyasida gipokoagulyasiya negizida turg‘un gemostaz va takroriy qon ketish xavfini kamaytirishni ta’minlagan holda, adgeziv xususiyatini oshirishga yordam berishi aniqlangan; 
morfologik tadqiqot ma’lumotlariga ko‘ra, gel shaklidagi gemostatik vositani qo‘llash nafaqat mahalliy gemostaz jarayonlarining kuchayishini, balki yallig‘lanish reaksiyalari va infisirlanish faolligini, shuningdek, anal teshikning jarohatidan keyingi chandiqli deformatsiyasi rivojlanish xavfini pasayitirishi isbotlangan;
anal yoriqlar birga kelgan medikamentoz gipokoagulyasiyali bemorlarda gelli kompozision gemostatik qoplamani qo‘llash orqali mahalliy gemostaz sifati va turg‘unligini yaxshilashni ta’minlaydigan gemorroidektomiya usuli takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Medikamentoz gipokoagulyasiyali bemorlarda surunkali kombinatsiyalashgan gemorroyni xirurgik davolashning taktik va texnik jihatlarini maqbullashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
«Medikamentoz gipokoagulyasiyali bemorlarda surunkali gemorroyning xirurgik davolash usuli» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 14 noyabrdagi 08-35811-son ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan tavsiyalar davolash taktikasini maqbullashtirish, medikamentoz gipokoagulyasiya negizida gemorroidektomiyada mahalliy gemostazning sifati va barqarorligini yaxshilash, gemorragik sindrom tufayli tajribadan keyingi davrda asoratlar chastotasini kamaytirish, gospital davr va tajribadan keyingi reabilitatsiya umumiy davrini qisqartirish imkonini bergan;
olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlashning amaliy faoliyatiga, xususan, Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazinig ko‘p tarmokli klinikasi va Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 14 noyabrdagi 08-35811-son ma’lumotnomasi). Medikamentoz gipokoagulyasiyali bemorlarda surunkali gemorroyning III-IV bosqichini xirurgik davolashning taktik va texnik jihatlarini takomillashtirish gemorragik sindrom bo‘yicha operatsiyadan keyingi davrning asoratli kechishi chastotasini 18,6% dan 6,3% gacha kamaytirishga, shu bilan gospital davrni 6,5±1,4 dan 5,2±1,3 kungacha va operatsiyadan keyingi reabilitatsiyaning umumiy davrini 15,4±2,9 dan 11,5±2,6 kungacha qisqartirishga, tashrix amaliyotining yaxshi va qoniqarli natijalari ulushini 93,2%dan 98,2%gacha oshirishga imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish