Qo‘shimov Azamat Abdurazzoqovichning dissertatsiya himoyasisiz ixtiro patenti asosida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Paxtaning tabiiy xususiyatlarini saqlab qolish maqsadida qo‘zg‘aluvchan perevalka konstruksiyasini takomillashtirish”, 05.06.02–“To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1651.
Ilmiy rahbar: Murodov Rustam Murodovich, texnika fanlari doktori, professor.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti va Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD. 03/30.12.2019.T.66.01 
II. Tadqiqotning maqsadi: Paxtaning tabiiy xususiyatlarini saqlab qolish maqsadida qo‘zg‘aluvchan perevalka konstruksiyasini takomillashtirish orqali paxtaning dastlabki sifat ko‘rsatkichlarini saqlashdan hamda tarkibidagi mayda iflosliklardan tozalashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
separatorning samaradorligini oshirish maqsadida ishchi kamerasining vertikal tekisligiga qo‘shimcha to‘rli sirt o‘rnatish yo‘li bilan separator(perevalka)ning yangi samarali konstruksiyasi yaratilgan;
qo‘sh yuzali separatorda paxta bo‘lakchasini to‘rli sirtga yopishgan paxtani ajratib olish jarayonini harakat differensiya tenglamasi olingan;
takomillashtirilgan qo‘sh yuzali separatorning to‘rli yuzalarida paxtani yopishmasligi hamda havoni so‘rish osonlashgani sababli tashish ta’sir radiusi oshganligi aniqlangan;
qo‘sh yuzali separatorning to‘rli sirt foydali yuzasi, kirish quvuri qiyaligi va qirg‘ich aylanish tezligini optimal parametrlari regression matematik model yordamida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yangi turdagi samarali paxta separatori konstruksiyasini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
takomillashtirilgan paxta separatori Jizzax viloyatidagi «SANGZOR TEKSTIL» paxta-to‘qimachilik klasteri tarkibidagi Do‘stlik paxta tozalash korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan («O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari» uyushmasining 2022 yil 29-iyundagi 02/22-201-son ma’lumotnomasi). Natijada paxta tolasidagi shikastlanishlarning kamayishi hamda mayda iflosliklarni tozalash samaradorligini 1.9 barobar oshirishga erishilgan hamda paxta chigitining shikastlanishi 0.34 %  kamaytirish imkoniyati yaratilgan.
V. Ixtiroga patenti. 
“Paxta xom ashyosi separatori”ga berilgan ixtiro patentiga (№IAP06631-2021y.). O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2022 yil 8 iyundagi 27/1-1-3/5-3614-son xulosasi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish