Nematova Xulkar Abdulbakievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Safarnoma janri: tarixi, taraqqiyoti va poetikasi”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Fil801.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: To‘xliev Boqijon, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.113.02. 
Rasmiy opponentlar: Mamatqulov Muzaffar Rahmonqulovich, filologiya fanlari doktori; Nasrullaev Elmurod  Jumaboevich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi safarnoma janrining tarixiy rivojlanish tadriji, taraqqiyot tamoyillari hamda poetik xususiyatlarini aniqlash, milliy safarnomalarimizning bu janrning yangidan-yangi imkoniyatlarini  ochishdagi o‘rni va ahamiyatini asoslashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk safarnomalarning ziyorat xarakterida ekanligi, ularning tadrijiy takomili, o‘zbek adabiyotida safarnoma janrining dunyoni bilish, tanish, ma’naviy, ruhoniy ehtiyoj sifatida maydonga kelgan dastlabki namunalarining mushtarak g‘oyaviy-badiiy hamda yetakchi ijtimoiy-ma’rifiy xususiyatlari  asoslangan; 
 Ahmad Donishning “Navodir ul-vaqoe”, Muqimiyning “Sayohatnoma”, Nodim Namangoniyning “Bayoni dar safari Toshkand”, Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Qasdi safar”, Abdurauf Fitratning “Hind sayyohi”, Cho‘lponning “Vayronalar orasidan”, Hoji Muinning “Kattaqo‘rg‘on xotiralari” kabi milliy uyg‘onish va jadid safarnomalari mohiyatiga singdirilgan o‘rganish, ibrat, qiyos va  ma’rifatga chorlovchi g‘oyalarning talqini dalillangan; 
 Oybekning “Pokiston xotiralari”, Abdulla Qahhorning “Hindiston xotiralari”, G‘afur G‘ulomning “Taxti Safar”, “Hoki Musallo” kabi  safarnoma xarakteridagi asarlarida sho‘ro davrida tafakkur va ijod erkinligini cheklash maqsadida joriy etilgan mafkuraviy qoliplarning ta’siri  aniqlangan; 
 Xayriddin Sultonning “Boburiynoma”, Qamchibek Kenjaning “Hind sorig‘a”, “Andijondan Dakkagacha”, “Buyuklar izidan” va “Andijondan Bag‘dodgacha” kabi istiqlol davri safarnomalarida shakl va mazmun uyg‘unligi hamda muallif mahorati masalasi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Safarnoma janrining tarixi, taraqqiyoti va poetikasini ilmiy tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
ilk safarnomalarning ziyorat xarakterida ekanligi, ularning tadrijiy takomili, o‘zbek adabiyotida safarnoma janrining dunyoni bilish, tanish, ma’naviy, ruhoniy ehtiyoj sifatida maydonga kelgan dastlabki namunalarining mushtarak g‘oyaviy-badiiy hamda yetakchi ijtimoiy-ma’rifiy xususiyatlariga oid  xulosalardan Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan bajarilgan FA-F1-OO5 “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihasini bajarishda foydalanilgan  (O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2022 yil 4 avgustdagi 181-son ma’lumotnomasi). Natijada fundamental tadqiqot loyihasining fol`klorshunoslik va adabiyotshunoslik tarixini tadqiq etishga bag‘ishlangan  bobining boyitilishiga xizmat qilgan;
Ahmad Donishning “Navodir ul-vaqoe”, Muqimiyning “Sayohatnoma”, Nodim Namangoniyning “Bayoni dar safari Toshkand”, Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Qasdi safar”, Abdurauf Fitratning “Hind sayyohi”, Cho‘lponning “Vayronalar orasidan”, Hoji Muinning “Kattaqo‘rg‘on xotiralari” kabi milliy uyg‘onish va jadid safarnomalari mohiyatiga singdirilgan o‘rganish, ibrat, qiyos va  ma’rifatga chorlovchi g‘oyalarning talqini to‘g‘risidagi xulosalardan O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan F3-2016-0908165532 raqamli  “Qoraqalpoq  tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2022 yil 4 avgustdagi 181-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha nazariy qismida safarnoma janrini o‘rganishning ahamiyati hamda tarbiyaviy-estetik ahamiyati haqidagi ilmiy xulosalar bilan boyitilishiga xizmat qilgan;
Oybekning “Pokiston xotiralari”, Abdulla Qahhorning “Hindiston xotiralari”, G‘afur G‘ulomning “Taxti Safar”, “Hoki Musallo” kabi  safarnoma xarakteridagi asarlarida sho‘ro davrida tafakkur va ijod erkinligini cheklash maqsadida joriy etilgan mafkuraviy qoliplarning ta’siri haqidagi xulosalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyati bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda, yosh ijodkorlar bilan ijodiy uchrashuvlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2022 yil 30 sentyabrdagi 08-003/47(A)-son ma’lumotnomasi). Natijada Oybek, A.Qahhor hamda G‘.G‘ulom kabi ijodkorlar qalamiga mansub safarnomalarning yaratilish jarayoni va holatlari o‘rganilib, tinglovchilar bilimi kengayishiga erishilgan;
Xayriddin Sultonning “Boburiynoma”, Qamchibek Kenjaning “Hind sorig‘a”, “Andijondan Dakkagacha”, “Buyuklar izidan” va “Andijondan Bag‘dodgacha” kabi istiqlol davri safarnomalarida shakl va mazmun uyg‘unligi hamda muallif mahorati masalasi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Ochiq dars” ko‘rsatuvi tayyorlanishida amaliy foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2022 yil 25 yanvardagi 40-40-1869-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvning ilmiy saviyasi,  ijtimoiy-estetik, ma’naviy-ma’rifiylik kabi xususiyatlarining oshishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish