Maxammadiev Xurshid Lutfullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Alisher Navoiy “Xamsa” dostonlaridagi maishiy leksika”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Fil1202.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Abdushukurov Baxtiyor Bo‘ronovich, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.113.02.
Rasmiy opponentlar: Abdiev Murodqosim Bolbekovich, filologiya fanlari doktori, professor; Sodiqov Qosimjon Pozilovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi “Xamsa” dostonlarining o‘zbek adabiy tili shakllanishi va rivojlanishida tutgan o‘rnini aniqlash hamda asardagi maishiy leksik birliklarning mavzuiy, funksional-semantik va struktur-grammatik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Xamsa” dostonlaridagi dastorxon, sufra, qozon, ko‘machdon kabi oshxona buyum va jihozlariga oid, qo‘rg‘on, ev, uy, oq uy, olachuq, kulba, xirgoh, borgoh singari turar joy, to‘shak, bistar, chodarshab, bolisht, takya, bo‘riyo, gilem, kiyiz, ko‘raga, zaylucha kabi to‘shak buyumlar nomlarini ifodalovchi leksemalarning turkiy tillar hamda fors-tojik, arab tiliga mansublik statistikasi aniqlangan;
“Xamsa” dostonlari tilidagi ust va ichki kiyimlarga taalluqli to‘n, jubba, ko‘ylak, burunchak, dekla, to‘rqa, xil’at, qabo, terlik, bosh kiyimlariga oid bo‘rk, qalpoq, to‘ppi, kallapo‘sh, navro‘zi, amoma, dastor, oyoq kiyimlarini ifodalovchi o‘tuk, kavsh kabi istilohlarning qadimgi turkiy til, eski turkiy til, hozirgi turkiy tillar, jumladan, o‘zbek tiliga nisbatan fonetik, leksik-semantik munosabati ochib berilgan;
“Xamsa” dostonlari lug‘at tarkibidagi umumturkiy va o‘zbekcha, arabcha, forscha hamda aralash tarkibli leksik birliklarning saqlanganlik va saqlanmaganlik darajasiga ko‘ra ayni o‘sha shakl va ma’noda etib kelganligi, fonetik shakli bir oz o‘zgarganligi, ma’nosida o‘zgarish yuz berganligi, shoir tilida mavjud bo‘lib, hozirgi tilda mavjud bo‘lmagan so‘zlarning asar so‘z boyligida qo‘llanilishi dalillangan;
“Xamsa” dostonlarida istifoda qilingan ayoq, bel, tesha, ev, to‘qa, shotu kabi tub so‘zlar, to‘shak, pichoq/bichoq, tarog‘, o‘roq, supurgu, ko‘zgu, qovurchoq singari sodda yasama, sochbog‘, belbog‘, gulmix, chaqmoq toshi, kamarband, shabcharog‘, shahto‘n kabi qo‘shma so‘zlarning yasovchi qo‘shimchalar, shuningdek, ikki so‘zning qo‘shilishi yordamida hosil qilingan derivatsion holati aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Xamsa” dostonlaridagi maishiy leksika tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Xamsa” dostonlaridagi dastorxon, sufra, qozon, ko‘machdon kabi oshxona buyum va jihozlariga oid, qo‘rg‘on, ev, uy, oq uy, olachuq, kulba, xirgoh, borgoh singari turar joyni, to‘shak, bistar, takya, chodarshab kabi uyga to‘shaladigan buyumlar nomlarini ifodalovchi leksemalarning turkiy tillar hamda fors-tojik tiliga mansublik statistikasi to‘g‘risidagi, “Xamsa” dostonlari tilidagi ust va ichki kiyimlarga taalluqli to‘n, jubba, bo‘rk, ko‘ylak, burunchak, dekla, to‘rqa, xil’at, qabo, terlik kabi, bosh kiyimlariga oid bo‘rk, qalpoq, to‘ppi, kallapo‘sh, navro‘zi, amoma, dastor singari hamda oyoq kiyimlarini ifodalovchi o‘tuk, kavsh singari istilohlarning qadimgi turkiy til, eski turkiy til, hozirgi turkiy tillar, jumladan, o‘zbek tiliga nisbatan fonetik, leksik-semantik munosabati haqidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan FA-F1-OO5 raqamli “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” nomli fundamental ilmiy loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2022 yil 26 avgustdagi 173/1-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihada doirasida Qoraqalpoq dostonlarining tili lug‘at tarkibi rivojlanishini aniqlashda, maishiy leksik birliklarni turli mavzuiy guruhlarga ajratgan holda tadqiq etish orqali leksemalarning tarixiy taraqqiyotini ochib berishda xizmat qilgan;
“Xamsa” dostonlari lug‘at tarkibidagi umumturkiy va o‘zbekcha, arabcha, forscha hamda aralash tarkibli leksik birliklarning saqlanganlik va saqlanmaganlik darajasiga ko‘ra ayni o‘sha shakl va ma’noda etib kelganligi, fonetik shakli biroz o‘zgarganligi, ma’nosida o‘zgarish yuz berganligi, shoir tilida mavjud bo‘lib, hozirgi tilda mavjud bo‘lmagan so‘zlar to‘g‘risidagi xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan FA-F1-OO5 raqamli “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” nomli fundamental ilmiy loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2022 yil 26 avgustdagi 173/1-son ma’lumotnomasi). Natijada fundamental ilmiy loyihaning nazariy qismining boyitilishiga erishilgan;
“Xamsa” dostonlarida istifoda qilingan ayoq, bel, tesha, ev, to‘qa, shotu kabi tub so‘zlar, to‘shak, bichak, pichoq/bichoq, tarog‘, o‘roq, supurgu, ko‘zgu, qovurchoq singari sodda yasama, sochbog‘, belbog‘, gulmix, chaqmoq toshi, kamarband, shabcharog‘, shahto‘n kabi qo‘shma so‘zlarning yasovchi qo‘shimchalar, shuningdek, ikki so‘zning qo‘shilishi yordamida hosil qilingan derivatsion holati haqidagi xulosalardan Jizzax viloyati teleradiokompaniyasining “Sarchashma” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (Jizzax viloyati teleradiokompaniyasining 2022 yil 15 apreldagi 10-12/269-son ma’lumotnomasi). Natijada tomoshabinlarning Alisher Navoiy dostonlarida maishiy leksikaning aks etishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan yaqindan tanishishlariga imkon yaratilgan.