Turdiev Jahongir Zafariddin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turkiy tildagi me’rojnomalarning qiyosiy-matniy tadqiqi”, 10.00.10 – Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Fil1317.
Ilmiy rahbar: Sirojiddinov Shuhrat Samariddinovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01.
Rasmiy opponentlar: Qobilov Usmon Uralovich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Sodiqov Qosimjon Pozilovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zR FA Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi turkiy tilda bitilgan me’rojnomalarning qo‘lyozma va toshbosma nusxalari matnini qiyosiy tadqiqi, shuningdek, mazkur asarlarning adabiy manbalar sifatida mumtoz adabiyotimiz tarixida tutgan o‘rnini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek matnshunosligida nasriy hamda nazmiy me’rojnomalar ilk bor qiyosiy-matniy tekshirilib, “Me’rojnoma” asari qo‘lyozmalarning yurtimiz va xorij kutubxonalaridagi 24 ta nusxasi aniqlangan va ulardan Parij, London, Istanbul, Budapesht, Toshkent nusxalari asosida jami 7 ta manba to‘liq tavsiflanib, birlamchi manbalar asosida ilk bor ilmiy istifodaga olib kirilgan;
Fransiya milliy kutubxonasi qo‘lyozmalar fondidagi noyob qo‘lyozma “Me’rojnoma” asarining eski uyg‘ur yozuvidagi yagona nusxa ekanligi aniqlangan hamda mazkur qo‘lyozma matni bilan asarning arab xatidagi nusxalari matnining qiyosi natijasida Sulaymoniya kutubxonasidagi 2848-raqamli nastaliq xatida bitilgan “Me’rojnoma” asari bevosita eski uyg‘ur yozuvli “Me’rojnoma”dan ko‘chirilgani ilmiy asoslangan;
Sulaymon Baqirg‘aniyning me’rojga oid she’rlarida badiiy tafakkur olami, Islom ma’rifatini ulashishdagi xizmatlari, tasavvufiy qarashlari aniqlangan va muallifning “Baqirg‘an kitobi” tarkibdagi “Me’rojnoma-i on hazrat” asari qo‘lyozma nusxalari qiyosi natijasida she’r matnining lisoniy o‘zgarishga uchragani dalillangan;
Alisher Navoiy asarlari kulliyotining Istanbuldagi Revan kutubxonasida 808 raqami ostida saqlanayotgan qo‘lyozmasi, Parij milliy kutubxonasida saqlanayotgan Suppl. Turc. 316/1513 I ko‘rsatkichli qo‘lyozmasi hamda Sulaymoniya kutubxonasining Fotix bo‘limida saqlanayotgan 4056-ko‘rsatkichli qo‘lyozmalaridan o‘rin olgan “Xamsa” dostonlari va “Lisonu-t-tayr” dostoni tarkibidagi me’rojga oid qismlar tekshirilib, ular o‘rtasida matniy farqlar mavjudligi, mazkur tafovutlarning yuzaga kelishi xattotlar faoliyati bilan bog‘liqligi ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turkiy tildagi me’rojnomalarning manbalari, qo‘lyozma nusxalari, ulardagi me’roj hodisasining ifoda etilishi va matniy xususiyatlarni tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
turkiy tildagi me’rojnomalarning qiyosiy-matniy tadqiqiga oid ilmiy-nazariy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2017-2020 yillarda bajarilgan OT-F1-030 “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyani (7-jild) chop etish” fundamental loyihaning nazariy qismida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2022 yil 28 maydagi 1-1038-son ma’lumotnomasi). Natijada monografiya ilmiy aniqlikni belgilashga xizmat qiluvchi yangi daliliy ma’lumotlar bilan boyidi, mumtoz asarlar debochasi, hamddan so‘ng keluvchi na’t, Me’roj ta’rifi kabi asar butunligini ta’minlagan qismlarning to‘g‘ri talqin qilinishiga erishilib, izoh va sharhlar bilan ta’minlanishiga asos bo‘lgan;
turkiy me’rojnomalarning manbalari, qo‘lyozma nusxalarini tadqiq etish davomida to‘plangan materiallar tahlili, Alisher Navoiy ijodidagi hamd, na’t, me’rojga oid qismlar bilan qiyosiy o‘rganish va o‘ziga xosligini belgilash, talqinlarni qayta to‘ldirishga doir ilmiy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2018-2020 yillarda bajarilgan PZ-20170926459 “Navoiyshunoslik tarixi” (XX-XXI asrlar) mavzuidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2022 yil 28 maydagi 01-1037-son ma’lumotnomasi). Natijadi antologiya keyingi yillarda aniqlangan yangi manbalar, bilan boyigan, shuningdek, Evropa mamlakatlarining qo‘lyozma fondlarida saqlanayotgan nodir qo‘lyozmalar, ularning nashr etilishi bilan bog‘liq ma’lumotlar bilan Alisher Navoiy asarlari bibliografiyasi boyitilgan.