Isaxova Shaxlo Muxtarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bioetikada konservativ va innovatsion yondashuvlarning falsafiy-madaniy tahlili», 09.00.02– Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (madaniyat falsafasi va madaniyatshunoslik).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Fal293.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Nasiba Bo‘ronovna, falsafa fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Abilov O‘rol Murodovich, falsafa fanlari doktori, professor; Muxamedova Zamira Muxammedjanovna falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatiriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi bioetika madaniyat fenomeni ekanligini asoslash, konservativ va innovatsion yondashuvlarning axloqiy va tibbiy madaniyat kontekstida ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
globallashuv sharoitida bioetika shakllanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi biotibbiy texnologiyalar rivoji, tibbiyotdagi yangi imkoniyatlar, bioetikaning axloqiy-huquqiy me’yorlarining asosiy tendensiyalari axloqiy muammolarni bartaraf etishning gumanistik mohiyati ilmiy-madaniy jihatdan tafakkur taraqqiyoti bilan bog‘liqligi asoslangan;
biosfera va noosfera mutanosibligini ta’minlash orqali insonning tiriklik va hayot sifati, ijtimoiy-axloqiy qadr-qimmati, sog‘lig‘i himoyasiga qaratilgan axloqiy konsepsiyaning inson va tabiat munosabatlarida barqarorlik va muvozanatni saqlashda vorisiylikka tayanishi sababli sotsiotsentrizm, patotsentrizm, antropotsentrizm, biotsentrizm dunyoqarash konsepsiyalari bilan o‘zaro bog‘liqligi ochib berilgan;
inson borlig‘i va hayotini saqlash, sog‘lik, umr davomiyligini ta’minlash borasida bioetikada konservativ va innovatsion (ma’naviy-diniy ta’sir va ilmiy-texnologik ta’sir nuqtai nazardan) yondashuvlar uyg‘unligi to‘ldiruvchanligi sababli jamiyat sohalarida maqsad, gumanitar dunyoqarash va tabiiy-texnik qarashlar integratsiyasining ijtimoiy-madaniy negizlari asoslangan;
bioetikaning transplantatsiya, abort, sun’iy urug‘lantirish masalalariga nisbatan diniy ta’limotlar, aqidalar, ko‘rsatmalarning diniy-akseologik va axloqiy-huquqiy transformatsiyasi asosida aql va e’tiqod uyg‘unligiga erishish kommunikativ jihatdan ijtimoiy zaruriyat ekanligi dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bioetikada konservativ va innovatsion yondashuvning falsafiy-madaniy tahlilining mohiyatini ochib berish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
globallashuv sharoitida bioetika shakllanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi biotibbiy texnologiyalar rivoji, tibbiyotdagi yangi imkoniyatlar, bioetikaning axloqiy-huquqiy me’yorlarining asosiy tendensiyalari axloqiy muammolarni bartaraf etishning gumanistik mohiyati ilmiy-madaniy jihatdan tafakkur taraqqiyoti bilan bog‘liqligiga doir ilmiy xulosa, taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi 2022 yil 14 iyuldagi 02-04/613-son dalolatnomasi). Natijada dissertatsiya ilmiy xulosalari O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining oilalarda sog‘lom turmush tarzi madaniyatini shakllantirish, sog‘lom avlodlar bardavomligini ta’minlash, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash borasidagi dasturlarini samarali amalga oshirishga xizmat qilgan;
biosfera va noosfera mutanosibligini ta’minlash orqali insonning tiriklik va hayot sifati, ijtimoiy-axloqiy qadr-qimmati, sog‘lig‘i himoyasiga qaratilgan axloqiy konsepsiyaning inson va tabiat munosabatlarida barqarorlik va muvozanatni saqlashda vorisiylikka tayanishi sababli sotsiotsentrizm, patotsentrizm, antropotsentrizm, biotsentrizm dunyoqarash konsepsiyalari bilan o‘zaro bog‘liqligiga doir ilmiy yangiliklaridan O‘zbekiston Ekologik partiyasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Ekologik partiyasi 2022 yil 27 iyundagi 136-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston Ekologik partiyasi mamlakatda atrof muhitni holatini yaxshilash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ekologik muammolarni yaxlit holda hal etishga qaratilgan dastur, O‘zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasining VI bo‘lim 1 va 2-bandlarida hamda VII bo‘lim 3-bandida ko‘rsatilgan ekologiyaga oid chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Ekologik partiyasi dasturlari yoki ekologiyaga oid yo‘riqnoma, qo‘llanmalarni samarali amalga oshirishga xizmat qilgan;
inson borlig‘i va hayotini saqlash, sog‘lik, umr davomiyligini ta’minlash borasida bioetikada konservativ va innovatsion (ma’naviy-diniy ta’sir va ilmiy-texnologik ta’sir nuqtai nazardan) yondashuvlar uyg‘unligi to‘ldiruvchanligi sababli jamiyat sohalarida maqsad, gumanitar dunyoqarash va tabiiy-texnik qarashlar integratsiyasining ijtimoiy-madaniy negizlariga doir ilmiy yangiliklaridan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2022 yil 8 avgustdagi 4-13-23-2429-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan konservativ bioetikada inson hayotining muqaddasligiga munosabatini, diniy-falsafiy manbalarga tayangan xolda berilgan ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining turli targ‘ibot ishlarini samarali amalga oshirishga xizmat qilgan;
bioetikaning transplantatsiya, abort, sun’iy urug‘lantirish masalalariga nisbatan diniy ta’limotlar, aqidalar, ko‘rsatmalarning diniy-akseologik va axloqiy-huquqiy transformatsiyasi asosida aql va e’tiqod uyg‘unligiga erishish kommunikativ jihatdan ijtimoiy zaruriyat ekanligiga oid ilmiy yangiliklaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan 2021-2022 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida tatbiq etilgan. Jumladan, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining «Oila, ta’lim tashkilotlari va mahallalarda ma’naviy tarbiyaning uzviyligini ta’minlashga doir chora-tadbirlari» nomli III yo‘nalishining 14-bandi «Yoshlar tarbiyasida an’ana va qadriyatlarimizning o‘rni va ahamiyati» mavzusida Respublika miqyosida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etishda, shu bobning 16-bandi Oila mustahkamligi, er va xotinning ota-ona, bir-biri oldidagi burch va vazifalari, oilaviy zo‘ravonliklarning kelib chiqish sabablari, oila asoslarini mustahkamlashda diniy va milliy qadriyatlarning o‘rni masalasida «Oila – ma’naviyat qo‘rg‘oni» mavzusida o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarida dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2022 yil 23 avgustdagi 240-son dalolatnomasi). Natijada mazkur dissertatsiyaning nazariy xulosalari va amaliy tavsiyalari markazning targ‘ibot, ilmiy-tadqiqot rejalarini samarali bajarishga yordam berdi.