Namazov Gafur Shokulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Hudud ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ekonometrik modellashtirish va intellektual prognozlash (Surxondaryo viloyati misolida)», 08.00.06 – Ekonometrika va statistika (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt2170.
Ilmiy rahbar: Hatamov Ochildi Qurbonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Muxitdinov Xudayar Suyunovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Otajanov Umid Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini ekonometrik modellashtirish va istiqbollarini intellektual prognozlash yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Surxondaryo viloyati yalpi hududiy mahsulot (YaHM)ini o‘rtacha tayyor mahsulot ishlab chiqarishini “Mega” loyihalar yordamida innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish hisobiga 15% gacha oshirish imkonini beruvchi eksport-import hajmi, iqtisodiy-innovatsion faoliyatni, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, investisiyalarni jalb qilish samaradorligini oshirish bo‘yicha integratsion modellar tizimi taklif etilgan;
Surxondaryo viloyatining yalpi hududiy mahsulotiga (YaHM) ta’sir etuvchi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni Denov, Jarqo‘rg‘on, Sariosiyo, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on tumanlari o‘rtacha o‘sishdan yuqori, 14 foizi Sherobod, Angor tumanlari o‘rtacha o‘sish, 50 foizi Termiz, Oltinsoy, Boysun, Muzrabot, Qiziriq, Uzun tumanlari va Termiz shahri o‘rtacha o‘sishdan pastligiga ko‘ra sigmoid, giperbolik va neyrotarmoq modellari asosida ularning o‘sish nuqtalari takomillashtirilgan;
hudud makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari dinamikasining sun’iy (artificial neuron network) BFGS usulining Multilayer perceptron modelining 4 ta kirish, 7 ta yashirin, 1 ta chiqish neyron to‘ri asosida Surxondaryo viloyati YaHMni 1,4-1,6 barobarga oshirish imkoniyati asoslangan;
hudud ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarining 2022-2026 yilgacha bo‘lgan ko‘p variantli prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hudud ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ekonometrik modellashtirish va intellektual prognozlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Surxondaryo viloyati yalpi hududiy mahsulot (YaHM)ini o‘rtacha tayyor mahsulot ishlab chiqarishini “Mega” loyihalar yordamida innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish hisobiga 15% gacha oshirish imkonini beruvchi eksport-import hajmi, iqtisodiy-innovatsion faoliyatni, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, investisiyalarni jalb qilish samaradorligini oshirish bo‘yicha integratsion modellar tizimi bo‘yicha taklif Surxondaryo viloyati hokimining 2021 yil 31 dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston massivlarini qurish va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 247-8-0-Q/21-con qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Surxondaryo viloyati hokimligining 2022 yil 10 maydagi 02-02/1243-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshishi hudud ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holati, uning barqaror rivojlanish darajasi, hudud iqtisodiyotining o‘sishiga turtki beradigan loyihalarni aniqlash, viloyatda sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish kabi iqtisodiyot tarmoqlarini innovatsion rivojlantirish asosida ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda ularning resurslar bilan ta’minlanishi uchun qulay ijtimoiy-iqtisodiy va tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar ko‘lamini kengaytirish, tumanlar iqtisodiyoti tarmoqlarida mavjud tadbirkorlik salohiyati va investision imkoniyatlardan samarali foydalanish shart-sharoitlari kengaytirilgan;
Surxondaryo viloyatining yalpi hududiy mahsulotiga (YaHM) ta’sir etuvchi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni Denov, Jarqo‘rg‘on, Sariosiyo, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on tumanlari o‘rtacha o‘sishdan yuqori, 14 foizi Sherobod, Angor tumanlari o‘rtacha o‘sish, 50 foizi Termiz, Oltinsoy, Boysun, Muzrabot, Qiziriq, Uzun tumanlari va Termiz shahri o‘rtacha o‘sishdan past ekanligidan kelib chiqib sigmoid, giperbolik va neyrotarmoq modellari asosida o‘sish nuqtalarini takomillashtirish bo‘yicha taklif Surxondaryo viloyat hokimining 2021 yil 27 avgustdagi “Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda iqtisodiy tadqiqotlar sifati va rolini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 119-8-0-Q/21-con qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 9 avgustdagi 16-08/642-son va Surxondaryo viloyati hokimligining 2022 yil 10 maydagi 02-02/1243-son ma’lumotnomalari). Natijada, hudud ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini deskriptiv hamda turli tumanlarning resurs va investisiya salohiyati rivojlanish dinamikasini taqqoslama tahlil qilish, hududlarda ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish jarayonlarni baholash, hudud ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash va ularni amalga oshirish uchun yo‘naltirilgan investisiyalar samaradorligini baholay olish imkoniyati yaratilgan;
hudud makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari dinamikasining sun’iy (artificial neuron network) BFGS usulining Multilayer perceptron modelining 4 ta kirish, 7 ta yashirin, 1 ta chiqish neyron to‘ri asosida Surxondaryo viloyati YaHMni 1,4-1,6 barobarga oshirish bo‘yicha berilgan taklifi Surxondaryo viloyat hokimining 2022 yil 31 maydagi “2022-2026- yillarda Surxondaryo viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 341-8-0-Q/22-con qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 9 avgustdagi 16-08/642-son va Surxondaryo viloyati hokimligining 2022 yil 10 maydagi 02-02/1243-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida hududni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilash faoliyatining holati, iqtisodiy barqarorlikka erishish darajasini ekonometrik modellar yordamida baholash imkoniyati paydo bo‘lgan. Natijada prognoz parametrlari ishonchlilik darajasi 10-12 % ga oshgan;
hudud ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarining 2022-2026 yilgacha bo‘lgan ko‘p variantli prognoz parametrlari ishlab chiqish taklifi Surxondaryo viloyat hokimining 2022 yil 31 maydagi “2022-2026 yillarda Surxondaryo viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 341-8-0-Q/22-con qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 9 avgustdagi 16-08/642-son va Surxondaryo viloyati hokimligining 2022 yil 10 maydagi 02-02/1243-son ma’lumotnomalari). Natijada, Surxondaryo viloyatida yalpi hududiy mahsulot hajmining istiqboldagi ko‘rsatkichlar asosida 2022-2026 yillarda viloyat iqtisodiyoti tarmoqlari ishlab chiqarish hajmlarini o‘sish tendensiyalarini prognoz qilish imkoniyati paydo bo‘lgan. Prognoz natijalariga ko‘ra, viloyat yalpi hududiy mahsuloti hajmini 2026 yilgacha 1,6 barobarga oshirish imkoniyatlari mavjudligi aniqlangan.