Xaydarov  Nodirjon Kadirovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bosh miya magistral arteriyalari mul`tifokal aterosklerozida serebrovaskulyar etishmovchilikning klinik-patogenetik xususiyatlari», 14.00.13–Nevrologiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.Phd/Tib312.

Ilmiy rahbar: Gafurov Baxtiyor Gafurovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent vrachlar malakasini oshirish institut, DSc.27.06.2017.Tib.31.01.

Rasmiy opponentlar: Madjidova Yakutxon Nabievna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Djurabekova Aziza Taxirovna, fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Ul`yanovsk davlat universiteti» (Rossiya federatsiyasi).

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Konservativ hamda xirurgik davolash jarayonida bosh miya magistral arteriyalarining mul`tifokal aterosklerotik zararlanishida SVElikning klinik-patogenetik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

BMMA mavjud bemorlarda neyrovizualizatsiya orqali aniqlangan miyaning peshona, teppa, chakka sohalaridagi strukturaviy o‘zgarishlari oliy nerv faoliyati o‘zgarishi bilan uzviy bog‘liqligi aniqlangan;

BMMAning zararlanishini erta bosqichlarda aniqlash, ularning rivojlanishi va demensiyaga o‘tishini oldindan aniqlash imkonini beruvchi neyropsixologik va neyrovizualizatsion  kompleks tekshirishlar o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik korelyasion analiz yordamida isbotlangan;

SVEda kuzatiladigan kognitiv buzilishlarning klinik belgilari namoyon bo‘lmaganda ham teshiruv natijalari kasallik xavfi mavjudligidan darak beruvchi taqqoslama tashxislashdagi roli isbotlangan;

BMMA sababli rivojlangan SVEda bemorlarda kognitiv disfunksiyalarni karotid endartektomiya usuli yordamida korreksiya qilish va korteksin dori vositasini intranazal qo‘llash natijasida kognitiv etishmovchilikning bartaraf etilishi neyropsixologik testlar yordamida isbotlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Olingan ilmiy natijalar asosida BMMAda serebrovaskulyar etishmovchilikning profilaktikasi bo‘yicha olingan olingan ilmiy natijalar asosida:

O‘zbekiston Respublikasining davolash-profilaktika muassasalariga, xususan V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazi AJ hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi 2-klinikasi amaliyotiga joriy etilgan «Jarrohlik yo‘li bilan davolashda bosh miya magistral arteriyalari stenoziga chalingan bemorlardagi kognitiv buzilishlarda intranazal medikamentli neyroproteksiyani ishlab chiqish va uning samaradorligi» nomli uslubiy tavsiyalar (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 y. 4 noyabrdagi 8d-3/84-son ma’lumotnomasi) ishlab chiqilgan. Mazkur uslubiy tavsiyalar davolash natijalarini yaxshilash hamda davolashga ketadigan sarf-xarajatlarni 18% ga kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish