Ibragimov Abdubosit Abduraxmonovchning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda tizimli boshlanuvchi yuvenil artritning davo va reabilitatsiyasini optimallashtirish», 14.00.09 - Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Tib1085.
Ilmiy rahbar: Axmedova Dilorom Il`xamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Sharipov Alisher Mirxamidovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shamsiev Fazliddin Sayfutdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tizimli boshlanuvchi yuvenil artritli bolalarni davolash va reabilitatsiyasining personifisirlangan yondoshuvlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tizimli boshlanuvchi yuvenil artrit orfan kasalligining chastotasi to‘g‘risida aniq ma’lumot olish, erta diagnostika belgilarini aniqlash orqali kasallik diagnostikasi sifatini oshirish, klinik simptomlar dinamikasini kuzatish, noxush hodisalar chastotasi to‘g‘risida ma’lumotlarni sezilarli darajada kengaytirish, dozalar samaradorligi va ularni korreksiya qilish uchun ko‘rsatmalarni, xavfsizlik nazoratini kuchaytirish imkonini beradigan TBYuA bilan kasallangan bemorlarning registri ishlab chiqilgan;
yuvenil artritning turli variantlarining uchrash chastotasi aniqlangan, unda kasallikning poliartikulyar (40,13%) va oligoartikulyar (33,86%) variantlari ustunlik qilishi va TBYuA chastotasi 22,88% tashkil qilishi isbotlangan;
bolalarda yuvenil artritlar har qanday yoshda boshlanishi va turli aktivlik darajasiga ega bo‘lgan artrit, tizimli belgilar, kasallikning og‘ir kechishi va tez-tez qaytalanishi bilan tavsiflanishi isbotlangan;
bolalarda TBYuA kechishiga kasallikning II (47,8%) va III darajasi (52,1%) xosligi, TBYuA bolalarda kasallikning asosiy klinik belgilari artrit (93,4%) artralgiya bilan (100%), istma 39-40ºS (89.1%), tranzitor dog‘li-papulez toshma (78,2%), serozitlar (26,1%) va shuningdek umumiy limfoadenopatiya (97,8%), gepatosplenomegaliya (86,9%) ekanligi isbotlangan.
AMSV miqdorini oshishi bo‘g‘im sindromning shakllanish ehtimolini ko‘rsatishi va faol, ko‘pincha agressiv terapiyani erta tayinlash uchun asos bo‘lishi aniqlangan. AMSV darajasi YuA ning tizimli va bo‘g‘imli variantlarini differensial tashxislash xamda ushbu ko‘rsatkichni bo‘g‘im belgilaridagi kasallikning aktivligi monitoringi va davolash samaradorligini baholashda asos bo‘lishi isbotlangan.
TBYuA bilan og‘rigan bolalarni davolashda GIBP TSZ ni tayinlashning shaxsiy yondoshuvidan foydalanish kasallikning faolligini kamaytirishga, yordam berishi isbotlangan, bu klinik belgilar va laborator ko‘rsatkichlarning me’yorlashishi bilan ifodalanadi, glyukokortikod va immunosupressorlarning ortiqcha va uzoq muddatga tayinlanishini oldini oladi, shuningdek, qisqa muddatlarda kasallikning remissiya davriga o‘tishi isbotlangan;
TBYuAli bolalarni bo‘g‘imlaridagi harakatlarni faollashtiruvchi, bo‘g‘imlar va mushaklarda qon aylanishini kuchaytirishga yordam beradigan reabilitatsiya usuli ishlab chiqilgan; ushbu usul asoratlar va nogironlikni oldini oladi va kamaytiradi, shuningdek, bemorlar hayot sifatini yaxshilanishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalarda tizimli boshlanuvchi yuvenil artritning davo va reabilitatsiyasini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bolalarda tizimli boshlanuvchi yuvenil artritning tashxislash va davolash usularini takomilashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida «Bolalarda tizimli boshlanuvchi yuvenil artritning gen-injenerli biologik terapiyasi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 16 sentyabrdagi 8n-d/474a-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma bolalarda TBYuAni davolash samaradorligini oshirish, zo‘rayish epizodlari, noxush holatlar chastotasi va asoratlarini kamaytirish, GKS va immunosupressorlarni ortiqcha va uzoq muddat tayinlanishini oldini olish, shuningdek, ushbu orfan kasalliklari bo‘lgan bolalarda hayot sifatini oshirish imkonini bergan;
bolalarda TBYuAning klinik-immunologik xususiyatlari va ushbu kasalligi bo‘lgan bolalarni davolash va reabilitatsiya qilish usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Jizzax va Sirdaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining, klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 27 oktyabrdagi №08-33512-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalari bemorlarni davolash samaradorligin oshirish, asoratlarni oldini olish, hayot sifatini yaxshilash, ushbu orfan kasalligidan nogironlik va o‘lim holatlarini kamaytirish imkonini bergan.