Akramova Xursandoy Abdumalikovnaning
fan doktori (DSs) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kam vazn bilan tug‘ilgan bolalar hayotining dastlabki 3 yilida rivojlanish xususiyatlari, salomatligi holati va reabilitatsiyasi», 14.00.09 - Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Disertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3 DSc./Tib597.
Ilmiy maslahatchi: Axmedova Dilorom Il`xamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot intituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSs.04/30.30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Shomansurova Elmira Amanullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xasanova Saida Sabirovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Aripov Abdumalik Nigmatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kam vaznli tug‘ilgan bolalarning jismoniy va psixomotor rivojlanishi, salomatligi holati xususiyatlarini aniqlash xamda hayotining birinchi uch yilida ularni shaxsiy reabilitatsiya dasturlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birinchi marta kompleks o‘rganish asosida, muddatidan avval kam vaznli tug‘ilgan chaqaloqlar neonatal davrining o‘ziga xosligi, asab tizimining perinatal davrda shikastlanishi, miya to‘qimalari oqsilariga va reseptorlariga auto-AT larning yuqoriligi, xamda ba’zi organotrop auto-AT larning yuqori darajasi fonida umumiy immunoreaktivlikning ishonchli pasayishi isbotlangan;
gestatsiya muddatiga kam vaznli chaqaloqlarda NF-200, UMO, GFAP va serotonin reseptorlariga auto-AT ning ishonchli yuqori darajasi; gestatsiya muddati 32-34 hafta bo‘lgan chaqaloqlarda UMO ga auto-AT darajasi ishonchli yuqoriligi, NF-200 va GFAPga nisbatan esa gestatsiya muddati 35-36 hafta tug‘ilgan chaqaloqlarda ustuvor bo‘lgan, trombotsitlar membranasi antigenlariga, yo‘g‘on ichak hujayralari komponentlariga, jigar mitoxondriyalariga auto-ATlarining patologik darajasi ushbu to‘qimalarning zaifligini xamda somatik patologiya rivojlanishiga va jismoniy rivojlanishning kechikishiga olib kelishi isbotlangan;
eksperimentda miya to‘qimalari, qon va jigar subhujayra fraksiyalarida oksidlanish stressi kuchayishining yuqori tezliklari xamda antioksidant faollikni miya to‘qimalari foydasi hisobiga qayta taqsimlanishi isbotlangan;
kam vaznli tug‘ilgan bolalar jismoniy rivojlanishning kritik davrlari va ustuvor buzilishlari aniqlangan, xamda tana vazni, buy uzunligi, VBI ko‘rsatkichlarini JSST standartlariga etishishining muvofiqlik muddatlari isbotlangan;
muddatidan avval tug‘ilgan chaqaloqlar orasida o‘sishning kechikishi va psixomotor rivojlanishi uchun xavf guruxi aniqlangan, buni 35-36 xafta gestatsiya muddatida tug‘ilgan kam vaznli chaqaloqlar tashkil qilishi isbotlangan;
kasallik prognozida va bolalarda rivojlanishning buzilishida auto-ATlarning diagnostik ahamiyati aniqlangan: psixo-motor rivojlanish buzilishlarining prediktorlari (S100, GFAP, NF-200), jismoniy rivojlanish buzilishlarining prediktorlari: DNK, mitoxondriy antigenlariga auto-AT lar apoptoz va bo‘y o‘sishining kechikishi markerlari ekanligi isbotlangan;
muddatidan avval tug‘ilgan, xamda gestatsiya muddatiga nisbatan kam vaznli tug‘ilgan bolalarda organotrop auto-AT miqdori bilan somatik patologiya rivojlanishida o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan: yo‘g‘on ichak devoriga auto-AT miqdori va ichaklarning funksional buzilishlari shakllanishi o‘rtasidagi bog‘liqlik, o‘pka to‘qimalariga auto-AT lar va pnevmoniya bilan kasallanish o‘rtasidagi bog‘liqliq isbotlagan;
kam vaznli tug‘ilgan bolalar shaxsiy reabilitatsiya dasturi ishlab chiqilgan va uning samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kam vazn bilan tug‘ilgan bolalar hayotining dastlabki uch yilida rivojlanish xususiyatlari, salomatligi holati va reabilitatsiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kam vaznli tug‘ilgan chaqaloqlar o‘sish, rivojlanishini o‘rganish va kasalliklarni xavf omillarin aniqlash asosida ishlab chiqilgan «Kam vaznli chaqaloqlarda markaziy nerv tizimi va boshqa a’zolar patologiyasi xavf omillarini aniqlash bo‘yicha kompleks dastur» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 22 sentyabr`dagi №8n-r/484-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi bolalarda kasalliklar xavf omillarini erta aniqlash asosida tashxislash, davolash va reabilitatsiya usullarini tanlashga imkon bergan;
kam vaznli bilan tug‘ilgan bolalar o‘sish va rivojlanishini orqada qolishi va somatik kasalliklarni oldini olish maqsadida ishlab chiqilgan reabilitatsiya dasturi asosida «Sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘inida, kam vaznli tug‘ilgan bolalar kompleks reabilitatsiya dasturi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 22 sentyabr`dagi №8n-r/484- son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi kam vaznli bolalar shaxsiy reabilitatsiya usullarining samaradorligi, ularni o‘sish va rivojlanish ko‘rsatkichlari bo‘yicha JSST standartlariga etishish muddatlarini qisqarishi xamda somatik kasalliklar kamayishi imkonini bergan;
kam vazn bilan tug‘ilgan bolalarda kasallanish xavf omillarini aniqlash, o‘sish va rivojlanishi baholash, shaxsiy reabilitatsiya usullari buyicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent shahar Yunusobod tumani KTMP, Toshkent viloyati Qibray tumani tug‘ruq majmuasi va KTMP, Yuqori-Chirchiq tumani tug‘ruq majmuasi amaliyotiga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 4 noyabr`dagi 08-34712-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy etilishi kam vazn bilan tug‘ilgan bolalarda kasalliklar rivojlanishini oldini olishga, o‘sish va rivojlanish ko‘rsatkichlari yaxshilanishiga, ular salomatligini mustahkamlanishiga va ushbu kontigentga tegishli bolalarni hayot tarzi sifatini yaxshilanishi imkon yaratgan.