Tursunov Bekzod Akbar o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ko‘p komponentli sementlar asosida o‘ta engil betonlarning samarador tarkiblarini ishlab chiqish” , 05.09.05 - “Qurilish materiallari va buyumlari” (texnika fanlari)”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: DSc.26/30.12.2019.T.11.01
Ilmiy rahbar: Akramov Xusniddin Axrarovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent arxitektura-qurilish instituti”.
Toshkent arxitektura-qurilish instituti. DSc.26/30.12.2019.T.11.01
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Xasanov Baxriddin Baratovich, hamda texnika fanlari nomzodi, dotsent Berdiev Oblokul Bobokulovich.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mahalliy xom ashyo va ikkilamchi resurslardan foydalanib, issiqlikni izolyasiya qiladigan va olovbardosh o‘ta engil betonlarning samarali tarkiblari hamda ularni ishlab chiqarish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
mikrokremnezyom, maydalangan ohaktosh, portlandsement klinkeri va tabiiy gipstoshdan optimal nisbatda olingan ko‘p komponentli sementning tarkiblari ishlab chiqilgan hamda mikrokremnezyom qo‘shimchasi qo‘llanilgan ko‘p komponentli sement olishning kimyoviy-texnologik parametrlari aniqlangan;
ko‘pchitilgan vermikulitning shixta tarkibi umumiy ulushiga nisbatan donadorligi 0,8÷1,6 mm li fraksiyadan 85 %, 1,6÷2,2 mm li fraksiyadan esa 15% miqdorda kiritilgan optimal tarkiblar bo‘yicha olingan o‘ta engil betonning eng yuqori fizik-texnik va fizik-mexanik ko‘rsatkichlari aniqlangan;
ko‘pchitilgan vermikulit va bog‘lovchi sifatida ko‘p komponentli sement hamda suyuq shishadan foydalanib olingan optimal tarkibli o‘ta engil betonning siqilishdagi (1,5-4,6 MPa) va egilishdagi (1,2-2,0 MPa) mexanik mustahkamligi ta’minlangan;
vermikulit asosida olingan plitalarining «tarkib-struktura-xossa» tizimida o‘zaro bog‘liqlik qonuniyatlari o‘rnatilgan, mineral bog‘lovchi va engil to‘ldiruvchi kompozisiya tarkibidagi ulush o‘zgarishi va struktura hosil bo‘lishiga ta’sir etishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ko‘p komponentli sementlar asosida o‘ta engil betonlarning samarador tarkiblarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mikrokremnezem va maydalangan ohaktoshdan foydalanib ko‘p komponentli sementlar olish texnologiyasi “Olmaliq KMK” AJga qarashli “Jizzaxsement” sement ishlab chiqarish korxonasida joriy etilgan (“Olmaliq KMK” AJning 2022 yil 04 fevraldagi ma’lumotnomasi). Natijada, GOST 31108-2020 talablariga javob beruvchi SEM II/A-K42,5 ishlab chiqarishga erishilgan.
ko‘pchitilgan vermikulit asosida o‘ta engil funksional beton tarkibi “Triumf Gornyak” MChJda joriy etilgan («O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasining 2022 yil 19 oktyabrdagi 05/15-2601-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘rtacha zichligi - 650-1200 kg/m3, siqilishdagi mustahkamligi - 1,5-4,6 MPa va egilishdagi mustahkamligi - 1,2-2,0 MPa vermikulitli plita olishga erishilgan.
ko‘p komponentli sement va vermikulit asosidagi o‘ta engil betonlarini ishlab chiqarish texnologiyasi “Triumf Gornyak” MChJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasining 2022 yil 19 oktyabrdagi 05/15-2601-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘lchamlari 1200x600x20 mm bo‘lgan plitalar ishlab chiqarishga erishilgan.