Ismoilov Sherzodbek Shokirjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Izotrop fazoda sirtlar nazariyasi», 01.01.04 – Geometriya va topologiya (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/FM750.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.FM.01.01 raqamli Ilmiy kengash.
Ilmiy rahbar: Abdullaaziz Artikbaev, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: fizika-matematika fanlari doktori, professor Tujilin Aleksey Avgustinovich  (Moskovskiy gosudarstvenniy universitet imeni M.V. Lomonosova); fizika-matematika fanlari doktori, professor Zaitov Adilbek Ataxanovich (Toshkent arxitektura-qurilish instituti). 
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi izotrop fazoda sirtlar nazariyasini o‘rganish va qo‘shma sirtning geometrik xarakteristikalari bilan bog‘liq “to‘la” geometriya masalalarini tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘p o‘lchamli izotrop fazo chiziq va sirtlar geometrik xarakteristikalari maxsus normal va evklid normal analogi orqali aniqlangan va hisoblash formulalarini maxsus normaldan foydalangan holda topilgan;
izotrop sferani kesuvchi tekislikka nuqtani mos qo‘yish orqali qo‘shmalik aniqlanib, bu qo‘shmalik yordamida sfera ichida joylashgan sirtga, sferaga nisbatan qo‘shma sirt tenglamasi topilgan;
qo‘shma sirtning to‘la egriligining berilgan sirtning to‘la egriligiga ko‘paytmasi birga teng ekanligi, maxsus normal va Evklid normal analogi yordamida aniqlangan ko‘shma sirtning o‘rta egriligiklari o‘zaro teng ekanligi isbotlangan;
sirtning tashqi egriligi, shartli tashqi egriligi va to‘la egriligi bo‘yicha sirtning mavjudlik masalalari o‘zaro ekvivalent ekanligi haqidagi teorema isbotlangan va berilgan geometrik xarakteristikalariga ko‘ra sirtlarning oshkor tenglamalari topilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Izotrop fazoda sirtlar nazariyasi bo‘yicha olingan dissertatsiya natijalari quyidagi ilmiy tadqiqot loyihalarida qo‘llanilgan:
Izotrop fazosida sferaga nisbatan qo‘shma akslantirish, bu akslantirish yordamida xosil bo‘lgan sirt va uning geometrik xarakteris-tikalariga doir natijalar FZMV-20160914085438 “Yarimo‘tkazgichli qorish-malar va kuchli ligerlangan yarimo‘tkazgichlar energetik  spektrlarini tad-qiq qilish”  mavzusidagi fundamental loyihasining fizik jarayonlarda energiyani minimallashtirish masalasini echishda qo‘llanilgan (Namangan muhandislik texnologiya institutining 2022 yil 16 sentabrdagi № 1927-024-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi izotrop fazoning qo‘shma akslantirishidan foydalanilgan xolatda Lagranj funksiyasidan gamil`tonian funksiyaga o‘tib energiyani minimallashtirish masalasini hal qilish imkonini bergan; 
Izotrop fazoda xarakatini aniqlovchi nosimemetrik matrisalar tasirida saqlanuvchi sirtning geometrik xarakteristikalari bo‘yicha olingan natijalar OT-F4-04(05)-sonli shartnomaga asosan bajarilgan “Spektral usulni matrisaviy nochiziqli evolyusion tenglamalarni echishga tatbiqlari; Yurak-qon tomir tizimi biomexanikasi” mavzusidagi fundamental loyihasining matrisaviy nochiziqli evolyusion tenglamalarni echishda qo‘llanilgan (Urganch Davlat Unversitetining 2022 yil 5 sentabrdagi 04-196/10-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi noortoganal va nosimmetrik matrisalar bilan bog‘liq bo‘lgan nochiziqli tenglamalar, izotrop fazoning xarakati va bu fazoga tegishli sirtlarning xossalarini ifoda etuvchi to‘la egrilik, normal egrilik, xamda musbat aniqlanmagan metrikalarga bog‘liq ekanligi nochiziqli differensial tenglamalarini echishga, echim xossalarini geometrik usulda aniqlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish