Salomov Abubakir Axmadqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Mashinada terilgan paxtani yirik iflosliklardan samarali tozalash uchun uxk agregatini takomillashtirish”, 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T2525
Ilmiy rahbar: Usmankulov Alisher Kadirkulovich, texnika fanlari doktori, ppofessop.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jizzax politexnika instituti, PhD.03/30.06.2020.T.115.01.
Rasmiy opponentlar: R.Sh.Sulaymonov, texnika fanlari doktori, professor. A.A.Ismailov texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: mashinada terilgan iflosligi yuqori bo‘lgan paxta xomashyosining tozalash samaradorligini ta’minlash usulini ishlab chiqish va uni amalga oshirish uchun UXK agregatini takomillashtirishdan.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxta xom ashyosini yirik iflosliklardan tozalash bo‘limiga qo‘shimcha arrachali baraban va ta’minlovchi cho‘tkali barabanini o‘rnatish hisobiga yuqori ifloslikka ega mashinada terilgan paxta xomashyosini ikki marta tozalashni takomillashtirilgan konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
qoziqcha sirtidan otilib chiqqan paxta bo‘lagini boshlang‘ich tezligi va massasigi bog‘liqligini xarakterlovchi harakat tenglamalari olindi, ular yordamida arrachali barabanni o‘rnatish koordinatalari aniqlangan;
takomillashtirilgan paxtani ikki bosqichli yirik iflosliklardan tozalashda arrachali baraban tishlari bilan cho‘tkali ilashtirgich orasidagi tirqishini paxta tarkibidagi erkin tolani va chigitni mexanik shikastlanishini kamayishiga olib kelishi natijalarni qayta ishlash asosida optimallashtirilgan;
mashinada terilgan yuqori ifloslikdagi paxta xomashyosini ikki bosqichda tozalashning texnologik jarayoni ishlab chiqildi, birinchi va ikkinchi bosqichda tozalovchi arrachali barabanlarni ish rejimlari konstruktiv parametrlari ma’lum qayd etilgan vaqt davomida tozalangan paxta xom ashyosini tarozida tortish va uni tozalagichni natural o‘lchamlarini hisoblash yo‘li bilan aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Texnologik mashinaning yirik ifloslikdan tozalash bo‘limining takomillashtirilgan konstruksiyasi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
taklif etilgan oqimli texnologik mashinaning yirik ifloslikdan tozalash bo‘limining takomillashtirilgan konstruksiyasi bo‘yicha olingan natajalar Jizzax viloyati Do‘stlik tumanidagi “Sangzor tekstil” klasteri qoshidagi Do‘stlik paxta tozalash korxonasiga joriy etilgan (“Paxta-to‘qimachilik klasterlar” uyushmasining 2022 yil 02/22-579 sonli ma’lumotnomasi). Natijada UXK agregatining umumiy tozalash samaradorligi 90,5% ga oshirishga erishilgan va tozalangan paxtaning jinlashdan oldingi iflosligi (jinning lotogida) 0,95% ni tashkil etgan;
paxtani yirik iflosliklardan tozalash UXK agregatini takomillashtirishga O‘zbekiston Respublikasi Inteliktual mulk agentligining foydali modeliga paten olingan (“Paxtani tozalash qurilmasining yirik iflosliklardan tozalash bo‘limi” № FAP 02063-2022). Natijada takomillashtirilgan ikki bosqichli paxtani yirik iflosliklardan tozalash seksiyasida paxtani umumiy tozalash samaradorligi bir bosqichli (amaldagi) tozalashga nisbatan 10,2% ga, yirik iflosliklardan tozalash samaradorligi bo‘yicha 8,9% ga ko‘proq bo‘lishiga aniqlangan.