Amanturdiev Ilxom Xolmuminovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kartoshkani sug‘orish tartibi va o‘g‘itlash me’yorlarining hosildorlik, saqlanuvchanlik va tuganak sifatiga ta’siri», 06.01.08–O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Qx240.

Ilmiy rahbar: Ostonaqulov Toshtemir Eshimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand qishloq xo‘jalik instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand qishloq xo‘jalik instituti, PhD.27.06.2017.Qx.12.01.

Rasmiy opponentlar: Botirov Xidir Fayzievich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Jabborov Shavkat, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi.

Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: janubiy mintaqa uchun ertagi kartoshka o‘rta tezpishar navlarini turli sug‘orish tartibi va texnologiyalari hamda o‘g‘itlash me’yorlarida parvarishlash asosida mo‘l, sifatli va arzon hosil etishtirishda suv tejamkor texnologiyasi elementlarini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor Surxondaryo viloyati qadimdan sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida ertagi kartoshka o‘rta tezpishar navlarini turli sug‘orish soni, tartibi va texnologiyasi hamda o‘g‘itlar me’yorlarida tuproq fizik xossalari, o‘sishi, rivojlanishi, hosil shakllanishi, hosildorligi, tuganak saqlanuvchanligi va tashiluvchanligi, biokimyoviy tarkibiga hamda sifatiga ta’siri baholangan;

qulay sug‘orish soni, tartibi va texnologiyasi elementlarida hamda maqbul o‘g‘itlar me’yorlarida ertagi kartoshka o‘rta tezpishar navlaridan barqaror yuqori va sifatli saqlanuvchan hosil olishga erishilgan;

egatlarning nam bilan tekis ta’minlanishi evaziga paykalda qulay mikroiqlim yaratilishi, o‘simliklarda fiziologik, biokimyoviy jarayonlar faollashuvi hamda suv va o‘g‘itdan samarali foydalanish asoslangan;

sug‘orish texnikasi elementlari – egatlar uzunligi, suvning oqish tezligi va chuqurligi maqbullashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Ertagi kartoshkaning o‘rta tezpishar navlarining suv va o‘g‘itdan samarali foydalanishga imkon beruvchi tejamkor texnologiyasini yaratish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:

fermer va tomorqa xo‘jaliklari uchun «Ertagi kartoshkadan yuqori va sifatli hosil olishning qulay sug‘orish soni, tartibi va texnologiyasi hamda o‘g‘itlashga oid tavsiyalar» ishlab chiqilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 2 fevraldagi 02/22-82-son ma’lumotnomasi). Bunda fermer va dehqon xo‘jaliklariga ertagi kartoshka etishtirish texnologiyasini maqbullashtirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berilgan;

kartoshkaning o‘rta tezpishar «Sante», «Yaroqli-2010», «Aladin» va «Bahro-30» navlarini ertagi muddatda etishtirishda 9 marta 1-2-6 tartibda sug‘orish hamda gektariga 20 t go‘ng + N200P160K100 kg me’yorda o‘g‘it qo‘llash texnologiyasi joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 2 fevraldagi 02/22-82-son ma’lumotnomasi). Natijada kartoshkaning gektardan 31,0–36,2 tonnagacha tovar hosili etishtirish imkoniyati yaratilgan;

Surxondaryo viloyatining qadimdan sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida fermer xo‘jaliklarda mazkur texnologiya 125 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 2 fevraldagi 02/22-82-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida har gektardan 11,7–19,3 mln. so‘mgacha sof daromad olingan va 72,4–80,0 foizgacha rentabellikka erishilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish