Tadjibaev Sherzod Amirkulovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Temir yo‘llar er polotnosi qiyaliklarini mustahkamlash ishlarini bajarish texnologiyasini takomillashtirish”, 05.08.02 – “Temir yo‘llar va yo‘l ho‘jaligi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T2940.
Ilmiy rahbar: Lesov Kuvandik Saginovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.08.2022.T.73.04 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Shayaxmetov Saulet Berlikashevich, texnika fanlari doktori, professor (Qozog‘iston); Mamadaliev Aziz Yusupalievich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi. Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: temir yo‘l er polotnosi qiyaliklarini geosintetik materiallardan foydalangan holda mustahkamlashga doir ishlarni bajarish texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
er polotnosi qiyaliklarini energiya samarali va resurstejamkor geosintetik materiallar yordamida mustahkamlashning oqilona usullari va texnologiyalari tajriba-tadqiqotlar natijalari asosida yaratilgan;
davlatlararo standartlar talablarini e’tiborga olgan holda qiyaliklarni mustahkamlash innovatsion texnologiyalarning tajriba-tadqiqotlar dasturi va usuli ishlab chiqilgan;
deflyasiya va deformatsiyaga qarshi mustahkamlash ishlarni bajarish texnologiyasi er polotnosi ustuvorligini oshirishning istiqbolli usullari asosida takomillashtirilgan;
geosintetik materiallar bilan mustahkamlangan ko‘tarma qiyaligining ustuvorlik koeffisienti qiymatining o‘zgarishini aniqlovchi matematik modellar gruntni tutuvchi kuchlarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan;
qiyaliklarni mustahkamlash zamonaviy konstruktiv-texnologik echimlari barxan qumlardan barpo qilingan temiryo‘l er polotnosi ustuvorligini ta’minlashni e’tiborga olgan holda ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Temiryo‘l er polotnosi qiyaliklarini mustahkamlash ishlari texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Buxoro temir yo‘l masofasining (PCh-10) Buxoro-Misken temiryo‘l uchastkasida temiryo‘l er polotnosi qiyaliklarini mustahkamlashga doir innovatsion texnologiya va konstruktiv-texnologik echimlar joriy etilgan,istiqbolli energiya hamda resurs tejamkor geosintetik materiallar (geotekstil, hajmli geopanjara) dan foydalanish qoplamalarning nurashga qarshi xususiyatlarini yaxshilab, er polotnosi qiyaliklari ustuvorlik koeffisienti zaxirasining oshishi natijasidaustuvorligi ta’minlanishi aniqlangan va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Yo‘lxo‘jaligiboshqarmasida joriy qilingan (“O‘zbekiston temir yo‘llari”AJ 2022 yil 18 apreldagi 01-1251-22-son ma’lumotnomasi).Natijada,qumli gruntlardan barpo qilingan er polotnosi qiyaliklarini geosintetik materiallar bilan mustahkamlash orqali hosil bo‘ladigan tutib turuvchi kuchlarning Tgeo.p va Tgeo.t ortishi hisobiga Ttt tutib turuvchi kuchlar 18-25 % ga, ustuvorlik koeffisienti Kust14-23 % ga oshishi asosida,barcha hollarda ustuvorlik koeffisientining asosiy sharti K ≥ 1,2 ta’minlash imkonini bergan.
qumli gruntlarda er polotnosi qiyaliklari ustuvorligini ta’minlash uchun geosintetik materiallar bilan samaradorli mustahkamlash “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tasarrufidagi Yo‘l xo‘jaligi boshqarmasida joriy qilingan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ 2022 yil 18 apreldagi 01-1251-22-son ma’lumotnomasi). Natijada, er polotnosi qiyaliklarini geosintetik materiallar bilan mustahkamlash ishlarini bajarishda mehnat va material sarfini 14 -18 % ga tejash imkonini bergan.