Eminov Azizjon Ashrapovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Kvarsitlarni fazaviy o‘tishlari va ularning ishlab chiqilgan tarkiblardagi dinasli olovbardosh materiallarning struktura hosil bo‘lishiga va texnologik xossalariga ta’siri», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi», 02.00.15 – Silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar texnologiyasi  (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.DSc/T554.
Ilmiy maslahatchi: Namazov Shafaat Sattarovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti huzuridagi DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Yunusov Mirjalil Yusupovich, texnika fanlari doktori, professor; Reymov Axmed Mambetkarimovich, texnika fanlari doktori, professor; Iskanderov Axmed Maksedbaevich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kvarsitlarni fazaviy o‘tishlarini va ularning ishlab chiqilgan tarkiblardagi dinasli olovbardosh materiallarning struktura hosil bo‘lishiga va texnologik xossalariga ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dinasli olovbardosh qoliplanmagan tiqma massa va mahsulot –g‘ishtlarni import o‘rnini bosuvchi tarkiblarini ishlab chiqish uchun  Qo‘ytosh va Jardonoq konlari kvarsitlaridan gilsimon, hamda mineralizator va bog‘lovchilar bilan birgalikda foydalanish imkoniyatlari asoslangan;  
ishlab chiqilgan tajriba massasini pishishi vaqtida tabiiy kvarsni yangi kristall faza – tridimit va kristobalit hosil qilib qayta tug‘ilishidagi yuqori haroratli fizik-kimyoviy jarayon va fazaviy o‘tish qonuniyatlari isbotlangan;
dinasli olovbardosh massa fizik-kimyoviy, termomexanik va texnologik xossalariga ta’sir qiluvchi asosiy omillarning maksimal miqdorlari - kaolin va kvarsni kvars qumi bilan almashtirish 25 mass.% ni tashkil etganligi aniqlangan; 
kvarskaolinli kompozisiyaning fazaviy o‘zaro nisbat diagrammasi qurildi va dinasli olovbardosh qoliplanmagan massa va pishgan mahsulotlar olish uchun maqbul tarkiblar sohasi aniqlangan;
olovbardosh omuxta boshlang‘ich komponentlarining kimyo-mineralogik va fraksiya tarkiblari va minerallashtiruvchi qo‘shimchalarning, pishishning yuqori haroratli fizik-kimyoviy jarayonida, tridimit va kristobalit kristall faza strukturalarining hosil bo‘lishiga ta’siri  aniqlangan;
ishlab chiqilgan dinasli olovbardosh massa namunalarining tarkib, struktura, fraksiya va xossalari orasidagi funksional bog‘liqliklar aniqlangan; 
dinasli olovbardosh materiallar olish uchun ishlab chiqilgan tajriba massalarini pishishidagi fizik-kimyoviy jarayonlari va yuqori haroratli fazaviy o‘tishlari aniqlangan;
dinasli qoliplanmagan tiqma massa namunasini olishning maqbul sharoitlari, texnologik rejimlari va xomashyo omuxtasiga yukori haroratli termik ishlov berishlar oydinlashtirilgan va past haroratda pishadigan dinasli kuydirilgan g‘ishtning tarkiblari va texnologik parametrlari ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Kvarsit xomashyosi asosida dinasli olovbardosh qoliplanmagan massa va pishgan g‘ishtlar tarkiblarini va ishlab chiqarish texnologiyalarini yaratish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
olovbardosh mahsulotlar olish uchun shixta tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan patent olingan (№IAP 04972). Natijada, ishlab chiqilgan tarkiblar asosida olovbardosh materiallar olish imkonini bergan;
Qo‘ytosh kvarsiti, Jeroy kvars qumi va Angren kaolini asosida yaratilgan dinasli olovbardosh tiqma massa tarkibi va olish texnologiyasi «Bekabad-ogneupor» QKning «2023-2024 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Bekabad-ogneupor» QKning 2022 yil 29 avgustdagi 107/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, chetdan keltirilganga nisbatan ikki marta arzon dinasli qoliplanmagan massa olish mumkinligi ko‘rsatilgan va amaldagi standart talablarga javob beruvchi, import o‘rnini bosuvchi mahsulot olish imkonini bergan;
Jardonoq kvarsiti asosida, mos kelgan qo‘shimchalar bilan birga dinasli olovbardosh pishgan g‘ishtning tarkibi va olish texnologiyasi «O‘zmetkombinat» AJning «2023-2024 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zmetkombinat» AJning 2022 yil 28 sentyabrdagi 01-1/2246-son ma’lumotnomasi). Natijada, chetdan keltirilganga nisbatan arzon dinasli pishgan g‘isht olish mumkinligi ko‘rsatilgan va amaldagi standart talablarga javob beruvchi, import o‘rnini bosuvchi mahsulot olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish