Oljaev Dilshod Nurmurodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Past navli fosforitlarni nordon tuzlar bilan mexanik faollashtirish usulida komleks o‘g‘itlar olish texnologiyasi», 02.00.13 - Noopganik moddalap va ulap acocidagi matepiallap texnologiyaci (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3005.
Ilmiy rahbar: Nurmurodov To‘lkin Isamurodovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.11.2021.T.55.06.
Rasmiy opponentlar: Shamshiddinov Isroil Turg‘inovich, texnika fanlari doktori, professor; Usanbaev Najimuddin Xolmurzaevich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Markaziy Qizilqum past navli fosforitlarini nordon fosfat va sul`fat tuzlar bilan mexanokimyoviy faollashtirilgan kompleks mineral o‘g‘itlar olishni energiya tejamkor texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nordon fosfat va sul`fat tuzlari bilan fosfat xom ashyolarini mexanik va mexanokimyoviy faollashtirishda birlamchi va ikkilamchi fosfatlarda sodir bo‘ladigan jarayonlar aniqlangan;
R2O5 ning limon kislotasida eriydigan shaklining fosforitni nordon tuzlar bilan mexanokimyoviy faollashtirish ko‘rsatkichlariga kinetik bog‘liqligining kattaliklari aniqlanib, nordon tuzlai bilan MQ ning past navli fosforitlarini mexanik va mexanokimyoviy faollashtirishda sodir bo‘ladigan jarayonlarning mexanizmi ishlab chiqilgan;
ilk bor past navli fosforitlarni mexanokimyoviy faollashtirishdagi nordon fosfat va sul`fat tuzlarining faollashish qatori tuzilgan;
past navli fosforitlarni mexanik va mexanokimyoviy faollashtirish orqali NPK kompleks o‘g‘itlar olish jarayonining optimal sharoitlari aniqlangan;
MQ fosforitlarini nordon fosfat, sul`fat tuzlari bilan mexanokimyoviy faollashtirish orqali kompleks o‘g‘itlar ishlab chiqarishning optimal sharoitlari topilgan va prinsipial texnologik sxemasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Past navli fosforitlardan nordon tuzlari bilan mexanik faollashtirish orqali kompleks mineral o‘g‘itlar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
past navli fosforitlarni nordon tuzlar bilan mexanokimyoviy faollashtirish usulida kompleks mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish texnologiyasi «Elektrokimyozavod» QK AJda amaliyotga joriy etilgan («Elektrokimyozavod» QK AJning 2022 yil 17 martdagi 69-son ma’lumotnomasi). Natijada, qishloq xo‘jaligini muhim kompleks mineral o‘g‘itlar bilan ta’minlash imkonini bergan;
MQ fosforitlariga azotli tuzlar qo‘shib mexanik faollashtirish yo‘li bilan kompleks NP o‘g‘itlarini olish texnologiyasi «Elektrokimyozavod» QK AJda amaliyotga joriy etilgan («Elektrokimyozavod» QK AJning 2022 yil 17 martdagi 69-son ma’lumotnomasi). Natijada, tuproqqa komleks ta’sir etuvchi, tarkibida azot va fosfor saqlagan o‘g‘it olish imkonini bergan.