Qarshiev Daniyar Eshpulatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Eksportni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish», 08.00.07 - Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Iqt1214.
Ilmiy rahbar: Al`mardonov Muxamadi Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Qo‘zieva Nargiza Ramazonovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xaydarov Nizomiddin Xamroevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda eksportni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
eksportga ko‘rsatiladigan moliyaviy xizmatlarni takomillashtirish maqsadida eksport-import operatsiyalarini moliyalashtirishga ixtisoslashgan eksportni rag‘batlantirish agentligini tashkil etish zarurligi asoslangan;
eksport qiluvchilar «reeksport» bojxona rejimida qayta ishlash mahsulotlarini olib chiqganda eksport oldi kreditlari bo‘yicha kredit summasining 50 foizigacha bo‘lgan miqdoriga davlat tomonidan kafillik berish amaliyotini joriy etish taklifi berilgan;
mahalliy eksport qiluvchi korxonalar tashish xarajatlarini 50 foizigacha miqdorda kompensatsiya qilishga subsidiyalar taqdim etish orqali eksportni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni takomillashtirish taklifi asoslangan;
tayyor mahsulot eksporti ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan yuridik shaxslarga eksport mahsulotlarini ishlab chiqarishda foydalaniladigan xom ashyo, butlovchi buyumlar va materiallar importida qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashni bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kundan boshlab 120 kunga kechiktirish imkoniyatini berish taklifi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda eksportni moliyaviy qo‘lab qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishda eksportga ko‘rsatiladigan moliyaviy xizmatlarni takomillashtirish maqsadida eksport-import operatsiyalarini moliyalashtirishga ixtisoslashgan Eksportni rag‘batlantirish agentligini tashkil etish yuzasidan taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 dekabrdagi PQ-4069-son “Eksportga ko‘maklashish va uni rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“ gi Qarorini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligining 2022 yil 31 martdagi 39-03/04-1/1022-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida Moliya vazirligi tomonidan har yili Davlat byudjeti parametrlarini shakllantirishda 15 million AQSh dollaridan kam bo‘lmagan miqdordagi mablag‘ni O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligiga ajratishni ko‘zda tutuvchi hujjat qabul qilinib, 2021 yilda mamlakatimiz eksport hajmi 2020 yilga nisbatan 10 foizga oshgan;
eksport qiluvchilar «reeksport» bojxona rejimida qayta ishlash mahsulotlarini ekspotrga olib chiqganda eksport oldi kreditlari bo‘yicha kredit summasining 50 foizigacha bo‘lgan miqdoriga davlat tomonidan kafillik berish amaliyotini joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 24 maydagi PQ-4337-son “Eksport faoliyatini moliyalashtirish va sug‘urta himoyasi mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“ gi Qarorini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligining 2022 yil 31 martdagi 39-03/04-1/1022-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida 2020 yilda import mahsulotlariga nisbatan o‘rnatilgan o‘rta arifmetik bojxona stavkalari 14,5 foizdan 6,4 foizga tushirilib, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarilishini rag‘batlantirish, respublikada raqobat muhitini rivojlantirish, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar eksportini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bojxona-tarif siyosatini yanada samarali boshqarish imkoniyatini yaratgan;
mahalliy eksport qiluvchi korxonalar tashish xarajatlarini 50 foizigacha miqdorda kompensatsiya qilishga subsidiyalar taqdim etish orqali eksportni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 24 maydagi PQ-4337-son “Eksport faoliyatini moliyalashtirish va sug‘urta himoyasi mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligining 2022 yil 31 martdagi 39-03/04-1/1022-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida 2021 yilda eksport qiluvchi korxonalar soni 2019 yilga nisbatan 17 foizga oshgan;
tayyor mahsulot eksporti ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan yuridik shaxslarga eksport mahsulotlarini ishlab chiqarishda foydalaniladigan xom ashyo, butlovchi buyumlar va materiallar importida qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashni bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kundan boshlab 120 kunga kechiktirish imkoniyatini berish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 24 maydagi PQ-4337-son “Eksport faoliyatini moliyalashtirish va sug‘urta himoyasi mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“ gi Qarorini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligining 2022 yil 31martdagi 39-03/04-1/1022-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida 2021 yilda mamlakat eksport tarkibida tayyor mahsulotlar hajmi 2017 yilga nisbatan 12 foizga oshgan.