Saidov Shoxruxxon Muzaffarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Prokuratura organlari huquq ijodkorligi faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslari va ularni takomillashtirish masalalari”, 12.00.07 - Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura. (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Yu357.
Ilmiy rahbar: Ruziev Zafar Rayimovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Bosh prokuratura Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Bosh prokuratura Akademiyasi, DSc.31/31.12.2020.Yu.67.01.
Rasmiy opponentlar: Muhamedov O‘tkirbek Hazratqulovich, yuridik fanlar doktori, professor; Komilov Avazbek Bokijonovich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi prokuratura organlari huquq ijodkorligi faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Oliy Majlisdagi doimiy vakili institutini ta’sis etish zarurligi asoslab berilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar tarzidagi buyruqlar qabul qilishi va qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozimligi asoslab berilgan;
prokuratura organlari tomonidan qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyoti tahlili natijasida qonunchilik normalarini takomillashtirish zaruratining aniqlanganligi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishga asos bo‘lishi zarurligi asoslangan;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘rganish yakunlari prokuratura organlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishga asos bo‘lishi lozimligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Oliy Majlisdagi doimiy vakili institutini ta’sis etish haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026 yillarda Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni 2-ilovasi bilan tasdiqlangan “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat Dasturining 21-bandini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 15 iyuldagi 12/21-49-son dalolatnomasi). Ushbu takliflarning joriy etilishi prokuratura organlarining huquq ijodkorligi faoliyatini takomillashtirishga, shu jumladan, ushbu masalalarni qonunchilik hujjatlarida aniq belgilanishiga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar tarzidagi buyruqlar qabul qilishi va qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozimligi haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi «Prokuratura to‘g‘risida»gi Qonuni 22-moddasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2022 yil 2 iyuldagi 27/157-22-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning amalga oshirilishi Bosh prokuror tomonidan normativ tusda qabul qilinidagin buyruqning huquqiy maqomini qonunchilik hujjatlarida aniq belgilanishiga xizmat qilgan;
prokuratura organlari tomonidan qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyoti tahlili natijasida qonunchilik normalarini takomillashtirish zaruratining aniqlanganligi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishga asos bo‘lishi haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi «Prokuratura to‘g‘risida»gi Qonuni 22-moddasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2022 yil 2 iyuldagi 27/157-22-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning amalga oshirilishi prokuratura organlari tomonidan  normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishning asoslarini  belgilanishiga xizmat qilgan;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘rganish yakunlari prokuratura organlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishga asos bo‘lishi haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi «Prokuratura to‘g‘risida»gi Qonuni 22-moddasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2022 yil 2 iyuldagi 27/157-22-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning amalga oshirilishi prokuratura organlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishning asoslarini belgilanishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish