Xaydarov Farrux Nuritdinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Keksa va qari yoshdagi bemorlarda o‘tkir xolesistitni kompleks jarrohlik davolashsamaradorligini tashxislash va baholashga tabaqalashtirilgan yondashuv», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2543.
Ilmiy rahbar: Xamdamov Baxtiyor Zarifovich tibbiyot fanlari doktori (DSc).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04. 2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Ligay Ruslan Efimovich, tibbiyot fanlari doktori; Muslumov Gurbanxan Fatali ogli, tibbiyot fanlari doktori, professor (Ozarbayjon Respublikasi)
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: keksa va qari yoshdagi bemorlarda o‘tkir xolesistitni kompleks jarrohlik davolash hamda uning samaradorligini aniqlash va baholashga tabaqalashtirilgan yondashuv orqali davolash taktikasi natijalarini bashoratlashning dasturiy usullarini ishlab chiqishdan iborat bo‘lgan.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
keksa va qari yoshdagi bemorlarda o‘tkir xolesistitda yallig‘lanish jarayoni kechishining og‘irlik darajasini bashoratlash hamda kompleks xirurgik davolash samaradorligini baholashning yangi usuli ishlab chiqilgan;
keksa va qari yoshdagi o‘tkir xolesistitli bemorlar qon zardobidagi sitokini miqdori me’yor ko‘rsatkichlari, kasallik kechishi dinamikasiga, mos ravishda ishonarli darajada yuqori bo‘lishi aniqlangan. O‘zgarishlar dinamikasini tahlil qilish o‘tkir xolesistitli bemorlarni davolash davriga xos bo‘lgan o‘zgarishlar bosqichliligini aniqlangan;
o‘tkir xolesistitning destruktiv shakllari bo‘lgan bemorlar qonida yallig‘lanish prediktorlari (prokal`sitonin va laktoferrin) qiymatlari 174,1 va 14 martaga ishonarli darajada oshganligi kuzatilgan, yallig‘lanish o‘chog‘i bartaraf etilganidan so‘ng bemorlarda prokal`sitonin darajasi operatsiyagacha bo‘lgan davrga qaraganda ishonarli pasaygan bo‘lsa, laktoferrin miqdori qo‘shimcha yana 1,85 martaga ishonarli ravishda ko‘payganligi aniqlangan;
keksa va qari yoshdagi bemorlarda o‘tkir xolesistitni tashxislash algoritmi va kompleks jarrohlik davolash samaradorligini bashoratlash mezonlarini ishlab chiqish, ijobiy davolash natijalari ulushini 14,3% ga oshirish, yotoq kunlarni 2 martaga kamaytirish, intraoperatsion va operatsiyadan keyingi asoratlarni mos ravishda 4,1% va 10,1% ga, o‘limni esa 5.1% ga kamaytirishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Keksa va qari yoshdagi bemorlarda o‘tkir xolesistitni kompleks jarrohlik davolash samaradorligini aniqlash va baholashga tabaqalashtirilgan yondashuv bo‘yicha ilmiy natijalar asosida:
“Metodika rannego viyavleniya destruktivnix form ostrogo kal`kulyoznogo xolesistita u bol`nix pojilogo i starcheskogo vozrasta” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 11 apreldagi 8 n-r/327-son ma’lumotnomasi). Unda keksa va qari yoshdagi bemorlarda o‘tkir kalkulyoz xolesistitning destruktiv ko‘rinishlarini erta aniqlash uchun laborator usullarni ko‘rsatish imkonini bergan;
keksa va qari yoshdagi bemorlarda o‘tkir xolesistitni xirurgik davolash usuli samaradorligini baholash va bashoratlashni ishlab chiqish bo‘yicha tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy filiali, Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi hamda Buxoro Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi faoliyatiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 27 apreldagi 8n-r/206 son ma’lumotnomasi). Natijada keksa va qari yoshdagi bemorlarda o‘tkir kalkulyoz xolesistitning davolashda zamonaviy usullarni qo‘llash va erta aniqlash imkoni yaratilgan.