Fayziev Xurshid Burxanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bosh miya shikastlanishining turli davrlarida taloqning morfometrik parametrlarining qiyosiy xususiyatlari», 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tib2064.
Ilmiy rahbar: Teshaev Shuxrat Jumaevich tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04. 2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Kalashnikova Svetlana Aleksandrovna tibbiyot fanlari doktori; Rasulov Xamidullo Abdullaevich tibbiyot fanlari doktori
Yetakchi tashkilot: Perm` davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi)
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tajribada bosh miya shikastlanishining turli davrlarida taloqning morfometrik parametrlarining qiyosiy xususiyatlarini aniqlash va baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jarohat olgan kalamushlarda taloqning limfoid to‘qimalarining strukturaviy elementlari hajmining kichrayishi bilan namoyon bo‘ladigan oq kalamushlarning talog‘ining limfoid tuzilmalariga bosh miya shikastlanishining zararli ta’siri asoslangan;
taloq, limfa tugunchalari va ularning germinativ markazlarining periarterial limfa muftalari radiusining kichrayishi, 3 oylik kalamushlarda miya shikastlanganda, limfa tugunchalari shaklining odatdagidan anormal shakligacha o‘zgarishi isbotlangan;
mantiya zonaning kengayishi va jarohat olgan oq kalamushlarning taloq limfa tugunlarining marginal va periarterial zonalari xajmining pasayishi, limfa tugunchalarida va periarterial limfatik muftalari limfotsitlarning umumiy sonining kamayishi isbotlangan;
ilk bor dori vositalarni qo‘llash bosh miya shikastlanishining engil va o‘rta darajasidagina taloqqa salbiy ta’sirini kamaytirishi, tiklanish jarayonlarini tezlashtirishi, oq pulpa limfoid tuzilmalarining morfometrik parametrlarini yaxshilashi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bosh miya shikastlanishining turli davrlarida va dori-darmonlar bilan davolashdan keyin oq kalamushlarning talog‘ining morfologik va morfometrik parametrlarini baholash bo‘yicha olingan natijalari asosida:
taloqning morfometrik parametrlari meyyordagi va miya shikastlangandan keyin o‘zgarishi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Taloqning morfometrik parametrlari meyyordagi va miya shikastlangandan keyin o‘zgarishini aniqlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 9 dekabrdagi 8n-r/1203 son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma miya shikastlanishidan keyin taloqning limfoid tuzilmalaridagi morfologik o‘zgarishlarni aniqlashga va dori vositalaridan tug‘ri foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berishga imkon bergan;
bosh miya shikastlanishining turli davrlarida va tibbiy davolanishdan keyin oq kalamush talog‘ining morfologik va morfometrik parametrlarini baholashning mavjud natijalari tibbiyot amaliyotida, shu jumladan Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi, Kogon shahar tibbiyot birlashmasi va Romitan tuman tibbiyot birlashmasida qo‘llanilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 31 maydagi 08-15148-son ma’lumotnomasi). Bosh miya shikastlanishining turli davrlarida va tibbiy davolanishdan keyin morfologik ko‘rsatkichlar bo‘yicha ilmiy natijalarni amaliyotga joriy etish kasallikning oldini olish, bemorlarni erta tashxislash va davolashning patogenetik usullarini ishlab chiqishga imkon bergan.