Djuraev Jur’atbek Atxamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Turli yoshdagi guruhlarda qorinning qo‘shma shikastlanishlarida jarrohlik taktikasini takomillashtirish», 14.00.40 – Shoshilinch tibbiyot
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.23.PhD/Tib1318. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi huzuridagi DSc.04/30.12.2019.Tib.63.01 raqamli ilmiy kengash.
Ilmiy maslahatchi: Xadjibaev Abduxakim Muminovich tibbiyot fanlari doktori, professor
Rasmiy opponentlar: Rizaev Kamol Saidakbarovich, tibbiyot fanlari  doktori professor; Tashkent farmatsevtika Instituti Rektori. Xakimov Murod Shavkatovich tibbiyot fanlari doktori, professor;  Tashkent Tibbiyot  Akademiyasi « №1 Fakul`tet va gospital xirurgiya» bo‘lim mudiri. 
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi qo‘shma shikastlanishlarda turli yoshdagi guruhlar uchun zamonaviy diagnostika usullarini qo‘llash va yangi davolash- diagnostika algoritmini ishlab chiqish orqali qorin bo‘shlig‘i organlari jarohatlarini diagnostika qilish va davolash natijalarni yaxshilash hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: turli yosh guruhlarida qorin bo‘shlig‘i organlari qo‘shma shikastlanishlar chastotasi – tez-tez takrorlanishi, tuzilishi va   klinik kechishining xususiyatlari o‘rganilgan;
og‘ir kechish ehtimolini prognoz qilishning modifikatsiyalangan integral shkalasi yaratilgan va uning asosida turli yosh guruhidagi bemorlar uchun qorin qo‘shma shikastlanishlarini davolashning shaxsiy taktikasini tanlashning kompyuter dasturi ishlab chiqilgan;
turli yosh guruhlarida qorin bo‘shlig‘i organlarining qo‘shma shikastlanishlarini diagnostika qilish va davolash taktikasining yangi algoritmi yaratildi va klinik amaliyotga  joriy etildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
QBQSh - qorin bo‘shlig‘i qo‘shma shikastlanishlari bilan kasallangan bemorlarni diagnostika qilish va davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
«Turli yosh guruhidagi bemorlar uchun qo‘shma abdominal shikastlanishlarning og‘ir kechishini prognozlashtirishning integral shkalasi» ishlab chiqildi (Tibbiyot xodimlarning kasbiy malakasini rivojlantirish markazi tomonidan ratsionalizatorlik taklifi uchun 21.10.2021 yilda berilgan № 00127-sonli guvohnoma). Taklif etilgan shkalani qo‘llash turli yosh guruhlaridagi bemorlarda QBQSh - qorin bo‘shlig‘i qo‘shma shikastlanishlarining og‘ir kechishini statistik jihatdan ishonchli prognozlashtirish imkonini bergan;
turli yosh guruhlarida qo‘shma abdominal shikastlanishlarni davolash taktikasini tanlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari  asosida ishlab chiqilgan «Turli yosh guruhlarida qo‘shma abdominal shikastlanishlarni davolash taktikasini tanlashning kompyuter dasturi» uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 3 fevraldagi 8n-z/41-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsyainoma Turli yosh guruhlarida qo‘shma abdominal shikastlanishlarni davolashni optimal taktikasini tanlash imkonini yaratgan;
turli yosh guruhidagi bemorlar uchun ishlab chiqilgan qorin qo‘shma shikastlanishi og‘ir kechishini prognozlashtirishning integral shkalasi va davolashning shaxsiy taktikasini tanlashning kompyuter dasturi, shuningdek turli yoshdagi guruhlarda qorin bo‘shlig‘i organlari qo‘shma shikastlanishlarining yangi davolash-diagnostik algoritmi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi jarrohlik bo‘limi va uning Namangan va Andijon viloyat filiallari faoliyatiga joriy etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 3 fevraldagi 8n-z/41-son ma’lumotnomasi). Olingan ma’lumotlar qo‘shma abdominal shikastlanishlarda operatsiyadan keyingi asoratlar sonini 14,9% gacha, o‘lim holatini 5,2% gacha va bemorlarning kasalxonada qolish muddatini 12,4+1,2 kungacha sezilarli darajada kamaytirishga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish