Po‘latova Shaxnoza Xaydarovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): « », 14.00.40–Shoshilinch tibbiyot (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib875. 
Ilmiy rahbar: Kenjaev Majid Latipovich, tibbiyot fanlari doktori. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot tibbiyot instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, DSc. 04/30.12.2019.Tib.63.01. 
Rasmiy opponentlar: Alimov Daniyar Anvarovich tibbiyot fanlari doktori, professor; Bekmetova Feruza Matsapaevna, tibbiyot fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: Andijon tibbiyot universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II.Tadqiqotning maqsadi: o‘tkir yurak etishmovchiligi IV sinfi  kardiogen shok bilan asoratlangan miokard infarktda vazopressorlar bilan davolashni qiyosiy taqqoslash samaradorligini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
o‘tkir yurak etishmovchligining IV sinfi bilan asoratlangan miokard infraktining erta davrlarida kuzatiladigan anginoz og‘riqlar, hansirash, yurak sohasidagi noxush sezgilar bilan birgalik oligouriya kabi boshlang‘ich yurak sohasidagi noxush sezgilar bilan birgalik oligouriya kabi boshlang‘ich gemodinamik prediktorlarning letal yakunlarni alohida bashoratlovchi ahamiyati  asoslangan;
o‘tkir yurak etishmovchiligi bilan asoratlangan o‘tkir miokard infarktli bemorlarda kuzatilgan gemodinamik va klinik og‘riqlarni bartaraf etilmasligi natijasida yuzaga keladigan eng ahamiyatli prediktorlarini baholash natijasidagi og‘ir toifali bemorlarda majmuaviy davolash natijalarining samaradorligi  asoslangan;
dopaminning proaritmik xususiyati yurakning salbiy o‘zgarishlari  norepinefringa nisbatan yuqori bo‘lib, fatal aritmiyalarni yuzaga kelishi, ya’ni noxush asoratlar natijasida bemorda birdan yuzaga keladigan o‘limni keltirib chiqarish mezonlari isbotlangan;
ilk bor norepinefrin yurak qisqarishlar soniga ta’sir qilmasdan, miokardning kislorodga ehtiyojini oshirmasligi hisobiga, ishemik sohani kengaytirmasdan  kardiogen shok belgilarini erta bartaraf qilishi tartibi asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘tkir yurak etishmovchiligi bilan asoratlangan miokrad infarktining davosini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari  asosida:
 o‘tkir yurak etishmovchiligini davosida vazopressor terapiyasi «O‘tkir yurak etishmovchiligini davosida vazopressor terapiyasini mukammallashtirish usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 27 maydagi 8n–d/170–son ma’lumotnomasi). Natijada o‘tkir yurak etishmovchiligini davolashda vazopressor terapiyasini  kuchaytirishda norepinefrin kardiogen shok bilan asoratlangan o‘tkir miokad infarkt tashxislangan bemorlarning asosiy xavf omillarini kamaytirib, statsionar o‘rin kunini kamaytirish  imkonini bergan;
o‘tkir yurak etishmovchiligi bilan asoratlangan miokrad infarktining davosini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari  asosida ishlab chiqilgan «O‘tkir yurak etishmovchilligida tibbiy-ijtimoiy aspektlarini  taxlil qilish va o‘rganish usullarni takomillashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 27 maydagi 8n–d/170–son ma’lumotnomasi). Natijada o‘tkir yurak etishmovchiligini davolashda vazopressor terapiyasini bemorlarda antiaritmik davolash samaradorligini oshirish o‘rin kunlarning kamaytirish hamda dori-vositalarning xarajatning kamaytirish va hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan. 
o‘tkir yurak etishmovchiligi bilan asoratlangan miokrad infarktining davosini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi hamda Buxoro viloyati kardiologiya dispaenserining klinik amaliyotiga joriy qilingan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 28 apreldagi 08-11524–son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi o‘tkir yurak etishmovchiligi bilan asoratlangan miokrad infarktining davolashni takomillashtirishda norepinefrin qo‘llanganda chap qorinchaning oxirgi diastolik hajmi va otilish fraksiyasi dopamin guruhiga nisbatan me’yoriy ko‘rsatkichlarga yaqinlashish hamda norepinefrin dopaminga qaraganda aritmiyalar hosil bo‘lish darajasini 2 martagacha kamroq chaqirishi, arterial qon bosimini yurak qon tomir tizimiga ta’sir qilmasdan ko‘tarish, kislorodga bo‘lgan ehtiyoj kamayishi, ishemiya sohasini kengaytirmasligi, atrioventrikulyar- blokada bilan asoratlangan bemorlarda dopaminni qo‘llash norepinefrin guruhiga nisbatan ishonchli ustunligini ko‘rsatishi va bemorlar hayot sifatini oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish