Tadjiev Sayfitdin Muxitdinovichning

dissertatsiya himoyasisiz ixtiro patenti asosida

fan doktori (DSc) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni

 

I. Umumiy ma’lumotlar:

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Markaziy Qizilqum fosforitlaridan oddiy va murakkab o‘g‘itlar olishning ratsional texnologiyasini yaratish», 02.00.13–Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi  (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.DSc/T200

Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.

Ilmiy maslahatchi: Zakirov Baxtiyor Sabirjanovich, kimyo fanlari doktori.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti va Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.K/T.35.01.

II. Tadqiqotning maqsadi: yuqori karbonatli Markaziy Qizilqum fosforitlarini konsentralangan sul`fat kislota bilan intensiv usul yordamida qayta ishlab, oddiy superfosfat, nitrat kislota bilan ratsional usul yordamida qayta ishlab, murakkab va ammiakli selitra bilan qayta ishlab, stabillashtirilgan murakkab azot-fosforli o‘g‘itlar olishning resurstejamkor texnologiyalarini yaratishdan iborat.  

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

yuqori karbonatli fosforit xomashyosi 60-95% stexiometrik me’yordagi 90-95% konsentratsiyali sul`fat kislota bilan parchalash, tayyor mahsulotni donadorlash, neytrallash va quritish bosqichlari qisqa vaqtda – 10-20 daqiqada jadal aralashtirib turgan holda birgina qurilmada amalga oshirilib, oddiy superfosfat olish usuli yaratilgan (№ IAP  02709-2005 y.);

yuqori karbonatli fosforit xomashyosini ammoniy sul`fatli konsentrlangan sul`fat kislota (ammoniy sul`fat:sul`fat kislota (0,1-0,25):1) bilan parchalash, tayyor mahsulotni donadorlash, neytrallash va quritish bosqichlari jadal aralashtirib turgan holda bir vaqtda o‘tkazish orqali oddiy superfosfat olish usuli ishlab chiqilgan (№ IAP  02844-2005 y.);

yuqori karbonatli fosforit xomashyosini konsentrlangan  sul`fat kislota bilan parchalash jarayoni ikki  bosqichda – birinchi bosqichda  fosfat xomashyosi 90-95 foizli sul`fat kislota bilan qayta ishlash uchun zarur bo‘lgan stexiometrik me’yorining 25-75 foizi bilan jadal aralashtirish orqali va ikkinchi bosqichda esa xomashyo sul`fat kislotaning qolgan qismi bilan qotib qolmaydigan bo‘tqa sharoitida amalga oshirilib, uni rN 2,8-3,5 gacha neytrallash, donadorlash va quritish orqali oddiy superfosfat olish usuli yaratilgan ( № IAP  02845-2005 y.);

ammiakli selitra suyuqlanmasiga yuqori karbonatli fosforit unini qo‘shib donadorlash va donachalar yuzasini ammoniy sul`fat yoki ammoniy sul`fat-nitrat yoki ammoniy fosfatlarning to‘yingan eritmalari ishtirokida yuqori karbonatli fosforit uni bilan qoplash jarayoni, shuningdek, tayyor ammiakli selitra donachalari yuzasini ammoniy sul`fat yoki ammoniy sul`fat-nitrat yoki ammoniy fosfatlarning to‘yingan eritmalari ishtirokida yuqori karbonatli fosforit uni bilan qoplash jarayoni orqali stabillashtirilgan ammiakli selitra olish usuli ishlab chiqilgan (№ IAP  03844-2008 y.);

yuqori karbonatli fosforit unini nitrat kislota yordamida bir vaqtda karbonsizlantirish va parchalash jarayonlari murakkab o‘g‘it olishda hosil bo‘ladigan absorbsion suyuqlik ishitirokida olib borish va neytrallangan azot-fosforli bo‘tqalarni kerakli zichlikkacha bug‘latish orqali sifatli donador murakkab o‘g‘it olish usuli yaratilgan (№ IAP  04239-2010 y.).

IV. Ixtiroga patenti:  “Oddiy superfosfat olish usuli”, № IAP  02709-2005 y., O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2017 yil 18 avgustdagi 02-11/2207-son xulosasi; “Oddiy superfosfat olish usuli”, № IAP  02844-2005 y., O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2018 yil 7 fevraldagi 02-11/270-son xulosasi; “Oddiy superfosfat olish usuli”, № IAP  02845-2005 y., O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2018 yil 7 fevraldagi 02-11/271-son xulosasi; “Stabillashtirilgan ammiakli selitra olish usuli (variantlar)”, № IAP  03844-2008 y., O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2017 yil 18 avgustdagi 02-11/2208-son xulosasi; “Murakkab o‘g‘it olish usuli”, № IAP  04239-2010 y., O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2017 yil 18 avgustdagi 02-11/2206-son xulosasi.

V. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Yuqori karbonatli Markaziy Qizilqum fosforitlarini sul`fat va nitrat kislotalar, hamda ammoniy tuzlari bilan qayta ishlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

yuqori karbonatli fosforit xomashyosini konsentrlangan sul`fat kislota bilan parchalash, tayyor mahsulotni neytrallash, donadorlash va quritish jarayonlari qisqa – 20-30 daqiqada (klassik usul yordamida 4-6 sutkada amalga oshiriladi) amalga oshirish orqali oddiy superfosfat olish texnologiyasi “ELEKTROKIMYOZAVOD” QK-AJda joriy etilgan (“ELEKTROKIMYOZAVOD” QK-AJning 2017 yil 7 avgustdagi 426-son ma’lumotnomasi). Natijada superfosfatning tan narxi klassik usulda olingan mahsulotdan 25-30% ga kamaytirish imkoni yaratilgan;

yuqori karbonatli fosforit xomashyosi ammoniy sul`fatli konsentralangan sul`fat kislota  bilan parchalash, mahsulotni donadorlash, neytrallash va jadal aralashtirilgan holda quritish bosqichlarini bir vaqtda o‘tkazishni o‘z ichiga olgan usul “ELEKTROKIMYOZAVOD” QK-AJda joriy etilgan (“ELEKTROKIMYOZAVOD” QK-AJning 2018 yil 6 fevraldagi 74-son ma’lumotnomasi). Natijada donadorlangan oddiy superfosfat donalarining mustahkamligi 1,2-1,5 barobar yuqorigiga va ularning donadorlik tarkibi ikki martagacha yaxshilanish imkonini bergan;

yuqori karbonatli fosforit xomashyosi konsentralangan sul`fat kislota bilan parchalash jarayoni ikki bosqichda – birinchi bosqichda fosfat xomashyosi 90-95%li sul`fat kislotaning 25-75% stexiometrik me’yori bilan jadal aralashtirgan holda qayta ishlash, ikkinchi bosqichda esa fosfat xomashyosi sul`fat kislotaning qolgan qismi bilan oquvchan bo‘tqa sharoitida amalga oshirib rN 2,8-3,5 gacha neytrallangan mahsulot bo‘tqalari barabanlarda donadorlash va quritish  “ELEKTROKIMYOZAVOD” QK-AJda joriy etilgan (“ELEKTROKIMYOZAVOD” QK-AJning 2018 yil 6 fevraldagi 73-son ma’lumotnomasi). Natijada superfosfat ishlab chiqarish qurilmasida barcha turdagi fosforitlardan qishloq xo‘jalik talablariga mos keladigan yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish imkoni yaratilgan;

tayyor ammiakli selitra suyuqlanmasi yuqori karbonatli fosforit uni bilan aralashtirilib donadorlash va donachalar sirti ammoniy sul`fat eritmasi ishtirokida yuqori karbonatli fosforit uni bilan qoplash yoki tayyor ammiakli selitra donachalar sirti ammoniy sul`fat eritmasi ishtirokida yuqori karbonatli fosforit uni bilan qoplash (ikkinchi varianti) “Fargʻonaazot” AJda joriy etilgan (“Fargʻonaazot” AJning 2017 yil 9 noyabrdagi 37/6202-son ma’lumotnomasi). Natijada fizik-kimyoviy va tovar xossalari yaxshilangan stabillashtirilgan murakkab azot-fosforli o‘g‘itlar ishlab chiqarish imkonini bergan; 

fosforit unini absorbsion suyuqlik ishtirokida nitrat kislotaning to‘liqsiz me’yori bilan parchalash, bo‘tqani neytrallash,  uni bug‘lantirish, donadorlash va quritish orqali donador va suspenziyalashtirilgan o‘g‘itlar olish usuli “Samarqandkimyo” AJda joriy etilgan (“SAMARQANDKIMYO” AJning 2017 yil 22 avgustdagi 1-628/R-son ma’lumotnomasi). Natijada donadorlash va quritish barabanining ishlab chiqarish hajmi 1,5-2 barobarga oshirish  va sifatli mahsulot ishlab chiqarish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish