Tadjiev Shuhrat Tulqinovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Tog‘ yon bag‘ridagi konlarni ochiq-er soti usulda qazib olishda konturorti zahiralarini ochish tizimini asoslash», 04.00.10 – Geotexnologiya (ochiq, er osti va qurilish) (texnika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/T3065.
Ilmiy rahbar: Nazarov Zair Sodikovich, texnika fanlar nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, DSc.17/04.06.2021.T.06.02.
Rasmiy opponentlar: Aliqulov Shuhrat Sharofovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Xasanov Obid Abdullaevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISiS»ning Olmaliq shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kapital va ekspluatatsion xarajatlarni kamaytiradigan tog‘ yon bag‘ridagi konlarni ochiq-er osti usulda qazib olishda konturorti zahiralarini ratsional ochish tizimini asoslash va tanlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kar`er konturida va konturidan tashqarida ochiq-er osti usuli bilan qazib olinadigan tog‘ yon bag‘ridagi ruda konlar zahiralari tizimlashtirilgan;
ochish usuli va ruda oqimini shakllantirish uchun kar`er maydonidan foydalanishga asoslangan, kar`er chegara konturidan tashqaridagi zahiralarni ochish tizimlari variantlari ishlab chiqilgan;
ochiq-er osti usuli bilan qazib olishda tog‘ yon bag‘ridagi ruda konlarning konturorti zahiralarini ochishning texnologik sxemalarining variantlari ishlab chiqilgan;
grafoanalitik usuldan foydalangan holda, tog‘ yon bag‘ridagi ruda konlarni er osti usulida qazib olishga o‘tishda kar`erning ratsional chegaralarini aniqlashning matematik modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Tog‘ yon bag‘ridagi ruda konlarni ochiq-er osti usulida qazib olishda konturorti zahiralarini ochish tizimini asoslash bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
konni er osti usulida qazib olishga o‘tishda kar`erning ratsional chegaralarni aniqlash metodikasi «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ Qoraqutan konida amaliyotga joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning 2022 yil 12 sentyabrdagi 23.01-01-04/585-son ma’lumotnomasi). Natijada, ochiq kon ishlari optimal chegarasini aniqlash imkonini bergan;
konturorti zahiralarni ochishning ilmiy jihatdan baholangan va iqtisodiy samaradorlik bilan asoslangan optimal varianti «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ Qoraqutan konida amaliyotga joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning 2022 yil 12 sentyabrdagi 23.01-01-04/585-son ma’lumotnomasi). Natijada, asoslangan iqtisodiy samaradorlik va georesurs potensialidan foydalanish samaradorligini oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish