Yo‘ldashev Abduraxim Temirovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

1. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Terim apparatlari almashinadigan paxta terish mashinalarining pnevmotransport tizimining ilmiy-texnik echimlari, 05.07.01–“Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash” ixtisosligida (texnika fanlari bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.DSc/T420
Ilmiy maslahatchi: Matchanov Rafik Doschanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.10.01
Rasmiy opponentlar: Abdazimov Anvar Daniyarovich, texnika fanlari doktori, professor; Shaymardanov Baxtiyor Pardaevich, texnika fanlari doktori, professor; Alikulov Sattor Ramazanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: “BMKB-Agromash” AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
2. Tadqiqotning maqsadi:  terim apparatlari almashinadigan paxta terish mashinalari uchun unifikatsiyalashgan resurstejamkor pnevmotransport tizimini ilmiy texnik echimlarini yaratishdan iborat.
3. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
kombinatsiyalashgan paxta terish mashinasining gorizontal va vertikal shpindelli jihozlangan variantlari uchun unifikatsiyalashgan  pnevmotransport tizimi ishlab chiqilgan; 
terim apparatlari almashinadigan paxta terish mashinasining resurstejamkor pnevmotransport tizimidagi qabul kamerasi quvur o‘tkazgichlari va ventilyatorning parametrlari pnevmotransport tizimining qabul kamerasidan bunkergacha oraliqda havo bosimi yo‘qolishini hisobga oluvchi modellar asosida aniqlangan;
paxta terish mashinasi terim apparatini U-simon qabul kamerasi bilan jihozlash orqali uning pastki qismida erdan xas-cho‘p va barglarning so‘rib olinishini bartaraf etish hisobiga terim jarayonida paxtaning ifloslanganlik darajasi kamayishi asoslangan; 
markazdan qochma ventilyatorga so‘riluvchi havo-paxta aralashmasini yangicha kirishini ta’minlash asosida ventilyator rotorini aylanish tezligi hamda paxta bo‘laklarini ventilyator parraklariga tegib o‘tishini kamaytirish hisobiga paxta chigitlarini shikastlanishi kamayishi asoslangan.  
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Terim apparatlari almashinadigan paxta terish mashinalarining pnevmotransport tizimining ilmiy-texnik echimlari bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
paxtani mashina qabul kamerasidan bunkerga uzatish usuli va uni amalga oshiradigan qurilma hamda paxtani uzatish uchn markazdan qochma ventilyatorga Adliya Vazirligi huzuridagi Intellektual mulk davlat muassasasining ixtiroga va foydali modelga patentlari olingan («Paxtani terish mashinasi qabul kamerasidan bunkerga uzatish usuli va uni amalga oshirish qurilmasi», IAP 06981–2022 y., «Paxta terish mashinalarida paxtani tashish uchun markazdan qochma ventilyator», FAP 01807–2022 y.). Natijada unifikatsiyalashgan resurstejamkor pnevmotransport tizimida yangi U-simon qabul kamerasini, aerodinamik qarshiligi kichik bo‘lgan quvur-o‘tkazgichlarning joylashish sxemasini va ish unumi oshgan holda paxta chigiti shikastlanishining kamayishini ta’minlovchi markazdan qochma ventilyator konstruksiyasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan; 
unifikatsiyalashgan resurstejamkor pnevmotransport tizimiga ega paxta terish mashinasini o‘zlashtirish uchun hisoblash uslubiyati va loyiha-konstruktorlik xujjatlari “Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi konstruktorlik-texnologik markazi” MChJ, “Texnolog” AJ va “Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikalari zavodi” AJ ishlab chiqarish jarayoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 15 dekabrdagi 07/24-04/1941 ma’lumotnomasi).  Natijada ventilyator ish unumi yuqori, paxtaning ifloslanishi va chigitining shikastlanishi kam bo‘lgan paxta terish mashinalarini ishlab chiqarish imkoniyati yaratilgan;
unifikatsiyalashgan resurstejamkor pnevmotransport tizimiga ega paxta terish mashinasi Qishloq xo‘jaligi texnika va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazida sinovlardan o‘tgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 15 dekabrdagi 07/24-04/1941 ma’lumotnomasi). Natijada paxta terish mashinasida ventilyator ish unumi 32 foizga oshganligi, paxta chigitining shikastlanishi 1,7 barobarga va paxtaning ifloslanishi 30 foizga kamayishi aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish