Xaytalieva Nigora Sogibnazarovna 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Hozirgi o‘zbek lirikasining poetik xususiyatlari (90-yillar ayollar she’riyati misolida)», 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Fil1427.
Ilmiy rahbar: Jo‘raeva Gulnoza Axmatovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01. 
Rasmiy opponentlar: Quvvatova Dilrabo Xabibovna, filologiya fanlari doktori,                                                                   professor;  Radjabova Burobiya Tangirovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi 90-yillar o‘zbek shoiralari Halima Xudoyberdieva, Oydin Hojieva, Gulchehra Nurillaeva, Gulchehra Jo‘raeva, Qutlibeka Rahimboeva, Zulfiya Mo‘minova, Farida Afro‘z, Zebo Mirzaeva, Halima Ahmedova, Gulandom Tog‘aeva kabi ijodkorlar she’rlaridagi poetik xususiyatlarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Halima Xudoyberdieva, Oydin Hojieva, Gulchehra Nurillaeva, Qutlibeka Rahimboeva, Zulfiya Mo‘minova singari shoiralar asarlari tilining jonli, obrazli, xalq tiliga yaqinligi realistik idrok va ifoda madaniyatining chuqurlashganligi dalillangan;
zamondosh inson xarakteridagi yangilanishlarning hayotiy, ijtimoiy, falsafiy, tarixiy, ruhiy asoslarini o‘z ijod namunalarida aks ettirish 90-yillar o‘zbek shoiralariga xos umumiy xususiyat ekanligi dalillangan;
XX asrning 90-yillari o‘zbek shoiralari she’rlaridagi sifatlash, o‘xshatish, metafora kabi tasvir vositalarini qo‘llashdagi betakrorlik ochib berilgan;
shaxs va jamiyat psixologiyasidagi o‘zgarishlar badiiy tasvir vositalarining xarakteriga ham ta’sir ko‘rsatgani shoiralar asarlaridan keltirilgan misollar orqali asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hozirgi o‘zbek lirikasining poetik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
90-yillar o‘zbek adabiyotida Alisher Navoiy ijodining o‘rni, zamonaviy o‘zbek nazmida mumtoz she’riyat an’analarining davom etishi haqidagi ilmiy xulosalardan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan A-1-118 raqamli “Alisher Navoiy obrazining tasvir va talqinlariga oid o‘quv qo‘llanmasini tayyorlash va nashr etish”( 2015-2017 yy.) mavzusidagi amaliy loyihaning nazariy qismida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022 yil 12 sentyabrdagi 01/4-2540/4-son ma’lumotnomasi). Natijada 90-yillar  o‘zbek shoiralari she’rlarida Navoiy asarlari xususiyatlarining uyg‘unlashuvi poetik yangilanish omilini yuzaga keltirgani haqidagi qarashlar bilan boyitildi;
90-yillar ayollar lirikasida milliy o‘ziga xoslik, murakkab va chigal mohiyat hamda shaklga ega bo‘lgan holatu hodisalarni poetik tadqiq etishni maqsad qilganligiga doir ilmiy xulosalardan 1-147-raqamli “Theoretical issues of Azerbaijani-Uzbek-Turkmen linguistics” (2016–2020 yy.) mavzusidagi loyihada foydalanilgan (Ozarbayjon Milliy ilmlar akademiyasining 2022 yildagi 5 apreldagi 51-son ma’lumotnomasi). Natijada 90-yillari o‘zbek shoiralari she’rlarida o‘zbek xalqiga, o‘zbek ayoliga, o‘zbek onasiga  xos bo‘lgan milliylikning poetik ko‘rinishlari, ularning har qanday murakkab va chigal holatdagi ichki kechinmalari tasviriga oid muayyan xulosalar chiqarishga asos bo‘lgan;
she’riyatda inson ruhiyati manzaralarini butun murakkabligi bilan tasvirlashga bo‘lgan kuchli ehtiyoj poetik tilda yangi timsollar va obrazlar paydo bo‘lishiga doir ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Til – jamiyat tayanchi” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 9 apreldagi 01-16-79-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv mazmuni o‘zbek she’riyati taraqqiyotida shakliy izlanishlar va  poetik nutq shakllari borasidagi ilmiy ma’lumotlar bilan boyitilgan, dastur saviyasi oshishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish