Xushvaqova Nargiza Abdullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oilalarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish yo‘llari (Andijon viloyati misolida)», 22.00.02 - Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi (sotsiologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.1.PhD/S68.
Ilmiy rahbar: Sodiqova Shohida Marhaboevna, sotsiologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.21/30.10.2020.Ped/S.127.01.
Rasmiy opponentlar: Umarov Absalom Adilovich, sotsiologiya fanlari doktori, professor; Xuseynova Abira Amanovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oilalarga tizimli ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning an’anaviy va institutsional jihatlarini sotsiologik tahlil qilish orqali uni takomillashtirish yo‘llari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ijtimoiy xizmat muayyan sharoitlar va sabablar tufayli yuzaga kelgan hayotiy vaziyatni mustaqil ravishda engishga qodir bo‘lmagan, yordamga muhtoj kishilarga, oilalarga va ularning a’zolariga ijtimoiy farovonlik darajasini oshirish va ijtimoiy faoliyatini rivojlantirish orqali yordam berishdan iborat soha va kasbiy faoliyat turi ekanligi sotsiologik asoslangan;
«ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimi negizida «mahallada ijtimoiy xizmat» elektron moduli faoliyatini tashkil etish orqali mahallalarda davlat ijtimoiy xizmati hamda yordamini ko‘rsatishda davlat organlari va tashkilotlarining idoralararo elektron hamkorligini yo‘lga qo‘yilishi asoslantirilgan;
fuqarolarning muammolarini kompleks o‘rganish va ularga manzilli yordam berish ishlarida «temir daftar», «yoshlar daftari» va «ayollar daftari»ni «ijtimoiy himoya yagona reestri» bilan integrasiya qilish orqali mahallalardagi xotin-qizlar faollari tomonidan tashkil etilishini yo‘lga qo‘yilishi asoslantirilgan;
oilalar bilan manzilli, individual va tizimli ish olib borishni tashkil qilishda ijtimoiy xizmatlar (yosh oilalarga ko‘mak, pensiya va nafaqalar tayinlash, kasbga yo‘naltirish, bandligini ta’minlash) ko‘rsatish borasidagi ishlar ko‘lamini yanada kengaytirish va natijadorligini nazorat qilishni ta’minlovchi mahallalarda «oilabay» ishlashni tashkil qilish orqali erishilishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oilalarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ijtimoiy xizmat muayyan sharoitlar va sabablar tufayli yuzaga kelgan hayotiy vaziyatni mustaqil ravishda engishga qodir bo‘lmagan, yordamga muhtoj kishilarga, oilalarga va ularning a’zolariga ijtimoiy farovonlik darajasini oshirish va ijtimoiy faoliyatini rivojlantirish orqali yordam berishdan iborat soha va kasbiy faoliyat turi ekanligi sotsiologik asoslanganligiga oid taklifidan Oila va xotin-qizlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan tayyorlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 29 iyundagi PQ-300-son «Mahallalarda ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam berish tizimini yangi bosqichga ko‘tarish hamda xotin-qizlarni kasbga o‘rgatish ishlarini yanada jadallashtirish to‘g‘risida»gi qarorining a-bandini tayyorlashda foydalanilgan (Oila va xotin-qizlar ilmiy-tadqiqot institutining 2022 yil 28 yanvardagi 2-11-23-191-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatimizda oilalarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimini manzilli yo‘lga qo‘yish orqali natijadorligini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish imkonini bergan;
«ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimi negizida «mahallada ijtimoiy xizmat» elektron moduli faoliyatini tashkil etish orqali mahallalarda davlat ijtimoiy xizmati hamda yordamini ko‘rsatishda davlat organlari va tashkilotlarining idoralararo elektron hamkorligini yo‘lga qo‘yilishi asoslantirilganligiga oid taklifi Oila va xotin-qizlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan tayyorlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 29 iyundagi PQ-300-son «Mahallalarda ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam berish tizimini yangi bosqichga ko‘tarish hamda xotin-qizlarni kasbga o‘rgatish ishlarini yanada jadallashtirish to‘g‘risida»gi qarorining 3-bandini tayyorlashda foydalanilgan (Oila va xotin-qizlar ilmiy-tadqiqot institutining 2022 yil 28 yanvardagi 2-11-23-191-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahallalarda har bir ijtimoiy xizmatga muhtoj oilalar uchun individual reja ishlab chiqishga xizmat qilgan;
fuqarolarning muammolarini kompleks o‘rganish va ularga manzilli yordam berish ishlarida «temir daftar», «yoshlar daftari» va «ayollar daftari»ni «ijtimoiy himoya yagona reestri» bilan integrasiya qilish orqali mahallalardagi xotin-qizlar faollari tomonidan tashkil etilishini yo‘lga qo‘yilishi asoslantirilganligiga oid taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 29 iyundagi PQ-300-son «Mahallalarda ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam berish tizimini yangi bosqichga ko‘tarish hamda xotin-qizlarni kasbga o‘rgatish ishlarini yanada jadallashtirish to‘g‘risida»gi qarori bo‘yicha ishlab chiqilgan «Yo‘l haritasi»ning 5-bandini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligining 2022 yil 15 iyundagi 02-09/161-son ma’lumotnomasi). Natijada, «temir daftar», «yoshlar daftari» va «ayollar daftari»ni «ijtimoiy himoya yagona reestri» bilan integrasiya qilish orqali mahallalardagi xotin-qizlar faollari tomonidan tashkil etilishini yo‘lga qo‘yilishiga xizmat qilgan;
oilalar bilan manzilli, individual va tizimli ish olib borishni tashkil qilishda ijtimoiy xizmatlar (yosh oilalarga ko‘mak, pensiya va nafaqalar tayinlash, kasbga yo‘naltirish, bandligini ta’minlash) ko‘rsatish borasidagi ishlar ko‘lamini yanada kengaytirish va natijadorligini nazorat qilishni ta’minlovchi mahallalarda «oilabay» ishlashni tashkil qilish orqali erishilishi asoslanganligiga oid taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 29 iyundagi PQ-300-son «Mahallalarda ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam berish tizimini yangi bosqichga ko‘tarish hamda xotin-qizlarni kasbga o‘rgatish ishlarini yanada jadallashtirish to‘g‘risida»gi qarori bo‘yicha ishlab chiqilgan «Yo‘l haritasi»ning 5-bandini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligining 2022 yil 15 iyundagi 02-09/161-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahallalarda ijtimoiy xizmat ko‘rsatish natijadorligiga ershishda «oilabay» ishlashni yo‘lga qo‘yishda xizmat qilgan.