Atamuratov Murat Utepbergenovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida boshqaruv kadrlar kompetentligini yuksaltirish texnologiyalari», 23.00.02 – Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/Ss40.
Ilmiy maslahatchi: Ergashev Ibodulla, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekistan milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.20/13.05.2020.Ss.23.03.
Rasmiy opponentlar: Muminov Alisher Gaffarovich, siyosiy fanlar doktori, professor; Yuldashev Anvar Ergashevich, tarix fanlari doktori, professor; Axmedov Xusniddin Aliqulovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida boshqaruv kadrlar kompetentligini yuksaltirish texnologiyalarini takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
rahbar faoliyati natijalarini baholashda boshqaruv kompetensiyalarining shakllanganlik darajasi professional-tajriba, bilim va ko‘nikma, insonparvarlik-shaxsiy va ishbilarmonlik, innovatsiyalarga intilish-boshqaruv texnologiyalarini qo‘llay olish, o‘z-o‘zini tanqidiy baholash-vaqtdan oqilona foydalanish mexanizmlariga bog‘liqligi isbotlangan;
kadrlar siyosatini samarali tashkil etishda boshqaruv kadrlar kompetentligini baholash (kompetensiya darajalarini aniqlash va rivojlantirish) texnologiyalari sifatida self-development hamda self-improvement modellari meritokratik tamoyillarni tatbiq etish, inson resurslarini boshqarish, davlat xizmatining etikasi jarayonlarini takomillashtirishga xizmat qilishi ochib berilgan;
yosh rahbar kadrlar kompetentligini rivojlantirishga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash hamda natijadorlikka erishish uchun davr talabiga mos ravishda kadrlar siyosatining funksional va institutsional xususiyatlarini soha faoliyatini ma’muriy isloh etish, intensiv rivojlantirish, tashkiliy modernizatsiyalash, optimal shakllantirish orqali isloh etish zaruriyati takomillashtirilgan;
boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonlarining “ta’sir ko‘rsatish nuqtalari” sifatida axborot bilan ishlash, o‘zini o‘zi rivojlantirish, ijtimoiy faol fuqaro, innovatsiyaga moyillik kabi takomillashtiruvchi sifat omillari orqali tashkil etilishi samarali professional kompetensiyalarni belgilovchi muhim omillar ekanligi asoslantirilgan.
boshqaruv kadrlari kompetentligini yuksaltirishning zamonaviy texnologiyalarini joriy etish “aqlli boshqaruv” (smart management) hamda “innovatsion boshqaruv” komponentlari bo‘lgan boshqaruv qadriyatlari, huquqiy me’yorlar, uslubiy standartlarning gorizontal-vertikal, institutsional-funksional mexanizmlari siyosiy tizimga moslashtirib borilishi ilmiy isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida boshqaruv kadrlar kompetentligini yuksaltirish texnologiyalarini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
rahbar faoliyati natijalarini baholashda boshqaruv kompetensiyalarining shakllanganlik darajasi professional-tajriba, bilim va ko‘nikma, insonparvarlik-shaxsiy va ishbilarmonlik, innovatsiyalarga intilish-boshqaruv texnologiyalarini qo‘llay olish, o‘z-o‘zini tanqidiy baholash-vaqtdan oqilona foydalanish mexanizmlariga bog‘liqligiga oid taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Bosh ilmiy-metodik markaz faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Bosh ilmiy-metodik markazining 2021 yil 10 sentyabrdagi 01-91-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi OTM rahbar kadrlarining malakasini oshirishda kompetensiyaviy yondashuv asosida o‘quv modellari joriy etilgan;
kadrlar siyosatini samarali tashkil etishda boshqaruv kadrlar kompetentligini baholash (kompetensiya darajalarini aniqlash va rivojlantirish) texnologiyalari sifatida self-development hamda self-improvement modellari meritokratik tamoyillarni tatbiq etish, inson resurslarini boshqarish, davlat xizmatining etikasi jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi faoliyatida har bir rahbar kadrlarning KRI baholash mezonlarini ishlab chiqish hamda professiogrammasini (lavozim yo‘riqnomasi) tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2022 yil 9 avgustdagi 07-04/10-08/1765-son ma’lumotnomasi). Natijada, ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi rahbar kadrlar tayyorlash bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilotlarda, vazirlik, idora va mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida rahbar kadrlarning boshqaruv kompetensiyalarini uzluksiz rivojlantirib borish tizimini joriy etishda xizmat qilib kelmoqda;
yosh rahbar kadrlar kompetentligini rivojlantirishga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash hamda natijadorlikka erishish uchun davr talabiga mos ravishda kadrlar siyosatining funksional va institutsional xususiyatlarini soha faoliyatini ma’muriy isloh etish, intensiv rivojlantirish, tashkiliy modernizatsiyalash, optimal shakllantirish orqali isloh etishga doir takliflari O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyati (Yoshlar ishlari agentligi rahbar kadrlar faoliyati yo‘riqnoma va nizomlari)da qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2021 yil 16 sentyabrdagi 96/07-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur ilmiy yangilikning joriy etilishi yosh liderlar tanlovini o‘tkazishda tatbiq etilgan. Yosh rahbar kadrlarning boshqaruv salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan kompetensiyalar klasteri ishlab chiqilgan, ushbu klaster asosida yosh rahbar kadrlar boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirish chora-tadbirlari ishlab chiqilgan;
boshqaruv kadrlari kompetentligini yuksaltirishning zamonaviy texnologiyalarini joriy etish “aqlli boshqaruv” (smart management) hamda “innovatsion boshqaruv” komponentlari bo‘lgan boshqaruv qadriyatlari, huquqiy me’yorlar, uslubiy standartlarning gorizontal-vertikal, institutsional-funksional mexanizmlari siyosiy tizimga moslashtirib borilishi bo‘yicha takliflardan Toshkent shahar hokimligining “Rahbar kadrlarning aholi bilan muloqot maydoni”ni yaratish, aholining siyosiy madaniyati va hulq-atvorini oshirish hamda “Yosh liderlar”, “Mahalla jamiyat tayanchi” ijtimoiy-siyosiy loyihalarini tashkil etishda foydalanilgan (Toshkent shahar hokimi Mahkamasining 2021 yil 6 sentyabrdagi 16/01-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur ilmiy yangilik saylov jarayonining barcha ishtirokchilarida saylov jarayonining barcha komponentlaridan samarali foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishda, shuningdek, ularda faol fuqarolik pozisiyasini shakllantirishga doir nazariy va amaliy bilimlarni berishda tatbiq etilgan;
boshqaruv kadrlari kompetentligini yuksaltirishning zamonaviy texnologiyalarini joriy etish boshqaruv qadriyatlari, huquqiy me’yorlar, uslubiy standartlarning gorizontal-vertikal, institutsional-funksional siyosiy tizimga moslashtirib borilishi bo‘yicha takliflar Qoraqalpog‘iston Respublikasida yangi saylangan mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari malakasini oshirish uchun tashkil etilgan o‘quv-seminarlarida va ularning faoliyati samaradorligini aks ettiruvchi yo‘riqnomalarda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligining 2022 yil 8 avgustdagi 06-10/463-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur ilmiy yangilik Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasidagi maqsadlarni amalga oshirishda mahalla raislarining o‘rni va roli, asosiy vazifalari va funksiyalari, huquq va majburiyatlari, javobgarligi, mas’uliyati, shaxsiy sifatlari, kasbiy faoliyati, muomala madaniyatida yuzaga keladigan ziddiyatlar, an’anaviylik va zamonaviylik, tashabbuskorlik va kreativlik bo‘yicha nazariy bilimini, amaliy ko‘nikmasini oshirishda, shuningdek, mahalladagi 5 talik (hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli va profilaktika noziri) bilan yakdillikda hamda hokimlar, sektor rahbarlari, mahalliy Kengash va davlat organlari bilan hamkorligiga doir ko‘nikmalarini shakllantirishda foydalanildi.