Mehmonov Sultonali Umaralievichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va ichki audit metodologiyasini takomillashtirish», 08.00.08–Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari).
Ilmiy maslahatchi: Karimov Akrom Abbasovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.DSc/Iqt.123.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.27.06.2017.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Pardaev Mamayunus Qarshiboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Karimov Ne’matulla Fatxullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori; Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Soliq akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va ichki audit muammolarining echimiga qaratilgan nazariy-metodologik asoslari va amaliy jihatlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor byudjet tashkilotlarida hisob siyosatining tarkibiy tuzilmasini shakllantirish tartibi ishlab chiqilgan hamda ularning uslubiy jihatlari takomillashtirilgan;
normativ-xuquqiy hujjatlar talablariga mos byudjet tashkilotlari schyotlar rejasiga tasarrufida qoldiriladigan mablag‘lar hisobiga o‘zgartirishlar kiritilishi asoslangan hamda ishchi schyotlar rejasini restrukturizatsiyalash bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan;
davlat sektorida buxgalteriya hisobining xalqaro standartlariga moslashtirish asosida hisob ob’ektlarini tan olish, baholash va ular bo‘yicha axborotlar shaffofligini ta’minlash belgilab berilgan;
birinchi marta byudjet tashkilotlarida markazlashtirilgan buxgalteriya hisobi faoliyatining tarkibiy tuzilmasi hamda ularda hisob yuritishning tashkiliy-metodologik asoslari shakllantirilgan;
byudjet tashkilotlarida moliyaviy hisobot shakllari tuzilishi va ulardagi ko‘rsatkichlarni birlamchi hisob hujjatlar hamda registrlariga muvofiqligini nazorat qilish tizimi takomillashtirilgan;
ilk bor byudjet tashkilotlarida ichki audit xizmati faoliyatining tashkiliy-uslubiy asoslari shakllantirilgan hamda samarali amalga oshirish bo‘yicha metodologik yondashuvlar ilmiy jihatdan asoslangan;
byudjet tashkilotlarida ichki audit ishchi hujjatlari hamda hisobotini shakllantirish bo‘yicha ilmiy takliflar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va ichki audit metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
byudjet tashkilotlarida hisob siyosatini shakllantirish va unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda hisob siyosatining tarkibiy tuzilmasi bo‘yicha takliflari, byudjet tashkilotlarida hisob siyosatini shakllantirishning tashkiliy, texnik hamda uslubiy jihatlari bo‘yicha metodologik yondashuvlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining (2016 yil 12 dekabrdagi 91-son) buyrug‘i bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi byudjet hisobining standarti (1-sonli BHS) «Hisob siyosati»ni ishlab chiqish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2018 yil 31 yanvardagi AK/03-04-08/569-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish hisob siyosatini tanlash va o‘zgartirishlar kiritish mezonlarini, shuningdek byudjet tashkilotlari tomonidan moliyaviy hisobotni tuzish, hisob siyosatidagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi axborotlarni ochib berish tartibini belgilab berishga xizmat qilgan;
byudjet tashkilotlarida davlat sektorida buxgalteriya hisobi xalqaro standartlaridan foydalanish asosida hisob ob’ektlarini tan olish, baholash va ular yuzasidan axborotlar shaffofligini ta’minlash yo‘llari bo‘yicha takliflari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan hamkorlikda Birlashgan millatlar tashkilotining rivojlantirish dasturi doirasidagi «O‘zbekistonda byudjet tizimini isloh etish» loyihasi doirasida Byudjet hisobi standartlarini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekistonda Birlashgan millatlar tashkiloti rivojlantirish dasturi «O‘zbekistonda byudjet tizimini isloh etish» loyihasining 2018 yil 5 fevraldagi BSR/01/02/18/20-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish natijasida hisob ob’ektlarini tan olish, baholash va ular bo‘yicha axborotlarni ochib berish tartibini belgilab berishga xizmat qilgan;
markazlashtirilgan buxgalteriya faoliyatini tashkil etish metodologiyasi hamda buxgalteriya xizmatini tashkiliy tuzilmasi bo‘yicha takliflari, markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya hizmatlarida hisob siyosatini shakllantirishning tashkiliy, texnik hamda uslubiy jihatlari bo‘yicha yondashuvlar bo‘yicha takliflari O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining (2017 yil 31 oktyabrdagi 346-son) buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarining markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari to‘g‘risida Nizom» hamda ichki audit xizmati faoliyatini rejalashtirish, ichki auditni amalga oshirish bosqichlari va ichki audit hisobotlarini shakllantirish bo‘yicha takliflari, ichki audit xizmati faoliyatini tashkil etish va uning samaradorligini aniqlash bo‘yicha takliflari O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining (2017 yil 20 dekabrdagi 391-son) buyrug‘i bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining ichki audit va moliyaviy nazorat xizmati to‘g‘risida vaqtinchalik namunaviy Nizom»ni ishlab chiqish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 15 yanvardagi 02-01/2-1-207-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish markazlashtirilgan buxgalteriya hisobini, shuningdek, ichki audit va moliyaviy nazorat xizmati faoliyatini tashkil etish va ularda buxgalteriya hisobi va ichki audit uslubiyatini shakllantirishga xizmat qilgan;
tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlarining markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlarida buxgalteriya ob’ektlari hisobi va hisob siyosatini shakllantirish, byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil etishning metodologik jihatlari bo‘yicha takliflari O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirining (2017 yil 13 dekabrdagi 37-son) buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlarining markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari to‘g‘risida Nizom» hamda ichki audit xizmati faoliyatini tashkil etish metodologiyasi, ichki audit xizmati faoliyatining samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflari O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirining (2017 yil 11 dekabrdagi 32-son) buyrug‘i bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining Ichki audit va moliyaviy nazorat xizmati to‘g‘risida vaqtinchalik namunaviy Nizom»ni ishlab chiqish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2018 yil 17 yanvardagi 04-113- son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish tuman (shaxar) maktabgacha ta’lim bo‘limlarining markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari hamda ichki audit va moliyaviy nazorat xizmati faoliyatini tashkil etish va ularda buxgalteriya hisobi va ichki audit metodologiyasini shakllantirishga xizmat qilgan;
akademik liseylar uchun o‘quv laboratoriya uskunasi, sarflash materiallari, kompyuter texnikasi va boshqa tashkiliy-texnika, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari sotib olish hisobi, oliy ta’lim muassasalari tomonidan o‘quv-laboratoriya uskunasi, sarflash materiallari, kompyuter texnikasi va boshqa tashkiliy texnika, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari biriktirilgan akademliseyga berish hamda hisobdan chiqarish hisobi bo‘yicha takliflari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining (2017 yil 2 maydagi 270-son) buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasarrufidagi Oliy ta’lim muassasalarining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga biriktirilgan akademik liseylar uchun o‘quv-laboratoriya uskunasi, sarflash materiallari, kompyuter texnikasi va boshqa tashkiliy texnika, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari sotib olish, akademliseyga berish va hisobdan chiqarish bo‘yicha tartib»ni ishlab chiqish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 15 iyundagi 87-04-689-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish oliy ta’lim muassasasida o‘quv-laboratoriya uskunasi, sarflash materiallari, kompyuter texnikasi va boshqa tashkiliy texnika, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari hisobini yuritishga xizmat qilgan.