Fayzullaev Javlonbek Sultonovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Temir yo‘l transport tizimini iqtisodiy rivojlantirish metodologiyasini takomillashtirish”, 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti”  (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/Iqt367.
Ilmiy maslahatchi: Salimov Baxtyor Tadjievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti, DSs.15/31.12.2020.I.09.04.
Rasmiy opponentlar: Samatov G‘affor Allakulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Suyunov Dilmurod Xolmurodovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Muratova Shohista Nimatullaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida temir yo‘l transport tizimini iqtisodiy rivojlantirish metodologiyasini takomillashtirish bilan bog‘liq fundamental, nazariy-uslubiy hamda amaliy yo‘nalishdagi taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
temir yo‘l transportida yuk va yo‘lovchi tashish faoliyati samaradorligiga baho beruvchi indikator-ko‘rsatkichlarining 0 < Kriv ≤ 1 shkala bo‘yicha quyi va yuqori chegaraviy qiymatlari [«inqiroz oldi» (0-0,44), «rivojlanayotgan» (0,45-0,75) va «yuqori» (0,76-1)]da tarmoq iqtisodiy rivojlanishining maqbul darajalari aniqlangan;
temir yo‘l transport tarmog‘ini yanada rivojlantirishning oltita yo‘nalishdagi strategik maqsadlarini tizimning yagona texnologik jarayoni hamda tashkiliy-iqtisodiy konsepsiyasini joriy etilishi ta’sirida yuzaga keluvchi sifat va miqdor indikatorlarini (0,51-1) intervalga ajratgan holda belgilab olish maqsadga muvofiqligi asoslangan;
temir yo‘l transportining reyting darajasini «potensial» (0,51-0,55), «rentabelli» (0,55-0,65), «raqobatbardosh» (0,66-0,75), «investision» (0,76-0,9) va «innovatsion» (0,91-1,0) shkalalar bo‘yicha baholash orqali uning iqtisodiy rivojlanishini ta’minlovchi imkoniyat va zaxiralar asoslangan; 
logistika jarayonlarining imitatsion modeliga ekspeditorlar va yuk jo‘natuvchilar o‘rtasidagi hamkorlikning o‘zaro afzalliklarini muvofiqlashtirish orqali rivojlanish darajasining 20 foizga oshishi asoslangan;
 “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning daromad, mulkiy holat, moliyaviy barqarorlik va ishbilarmonlik faolligi koeffisientlaridagi o‘zgarishlarning 2026 yilga qadar prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Temir yo‘l transport tizimini iqtisodiy rivojlantirish metodologiyasini takomillashtirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
temir yo‘l transportida yuk va yo‘lovchi tashish faoliyati samaradorligiga baho beruvchi indikator-ko‘rsatkichlarining 0 < Kriv ≤ 1 shkala bo‘yicha quyi va yuqori chegaraviy qiymatlari [«inqiroz oldi» (0-0,44), «rivojlanayotgan» (0,45-0,75) va «yuqori» (0,76-1)]da tarmoq iqtisodiy rivojlanishining maqbul darajalarini aniqlash yuzasidan taklifi «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tomonidan “Temir yo‘l transporti tizimini rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning 2022 yil 5 apreldagi 04/2881-20-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning joriy etilishi temir yo‘l transporti tizimining rivojlanish jarayonidagi salbiy tendensiyalarni o‘z vaqtida aniqlashda va ularni bartaraf etish yuzasidan samarali chora-tadbirlarni ishlab chiqishda yordam bergan;
temir yo‘l transport tarmog‘ini yanada rivojlantirishning oltita yo‘nalishdagi strategik maqsadlarini tizimning yagona texnologik jarayoni hamda tashkiliy-iqtisodiy konsepsiyasini joriy etilishi ta’sirida yuzaga keluvchi sifat va miqdor indikatorlarini (0,51-1) intervalga ajratgan holda belgilab olish taklifi «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tomonidan “Temir yo‘l transporti tizimini rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning 2022 yil 5 apreldagi 04/2881-20-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi temir yo‘l tarmog‘i iqtisodiy faoliyatining istiqbolini ta’minlashda milliy transport-tranzit tizimini samarali rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatli konsepsiyasini ishlab chiqish va uni amalga oshirish darajasini aniqlashga xizmat qilgan;
temir yo‘l transportining reyting darajasini «potensial» (0,51-0,55), «rentabelli» (0,55-0,65), «raqobatbardosh» (0,66-0,75), «investision» (0,76-0,9) va «innovatsion» (0,91-1,0) shkalalar bo‘yicha baholash orqali uning iqtisodiy rivojlanishini ta’minlovchi imkoniyat va zaxiralarni aniqlash taklifi «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tomonidan “Temir yo‘l transporti tizimini rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning 2022 yil 5 apreldagi 04/2881-20-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning kompaniya faoliyatiga joriy etilishi sohaning iqtisodiy rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va uning samaradorligini baholash imkoniyatini bergan;
logistika jarayonlarining imitatsion modeliga ekspeditorlar va yuk jo‘natuvchilar o‘rtasidagi hamkorlikning o‘zaro afzalliklarini muvofiqlashtirish orqali rivojlanish darajasini oshirish taklifi «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tomonidan “Temir yo‘l transporti tizimini rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning 2022 yil 5 apreldagi 04/2881-20-son ma’lumotnomasi).  Ushbu metodologiyaning joriy etilishi natijasida temir yo‘l tarmog‘ida o‘rtacha yiliga mehnat unumdorligini 3,5 foizga va tizimning iqtisodiy rivojlanish darajasini 20 foizga oshirish imkoniyati yaratilgan;
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning daromad, mulkiy holat, moliyaviy barqarorlik va ishbilarmonlik faolligi koeffisientlaridagi o‘zgarishlarning 2026 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz qiymatlari «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tomonidan “Temir yo‘l transporti tizimini rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning 2022 yil 5 apreldagi 04/2881-20-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ faoliyatining uzoq muddatli istqbolga mo‘ljallangan asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlikni ta’minlash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish