Tursunova Dilrabo Davlatboy qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Kichik biznes korxonalarida asosiy vositalar buxgalteriya hisobini takomillashtirish masalalari”, 08.00.08– “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Iqt1447.
Ilmiy rahbar: Kudbiev Davlatbay, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Farg‘ona politexnika instituti, PhD.03/27.02.2020.I.106.03.
Rasmiy opponentlar: Pardaev Abdunabi Xalikovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Yormatov Ilmiddin Toshmatovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: kichik biznes korxonalarida asosiy vositalar buxgalteriya hisobini takomillashtirish bo‘yicha taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
asosiy vositalarning tan olinish jarayonida ulardan foydalanish maqsadlari va ulardan olinadigan daromad birlamchi ekanligi asoslangan hamda ularni buxgalteriya o‘tkazmalarida aks ettirish taklif etilgan;
buxgalteriya hisobida asosiy vositalar bo‘yicha ijara munosabatlarini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari talablariga muvofiqlashtirish hamda me’yoriy-huquqiy xujjatlarga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan;
asosiy vositalar qiymatini balansdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizomning uchinchi ilova shakliga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha takliflar berilgan; 
korxonalar sof foydasi, rentabellik ko‘rsatkichlari hamda investision jozibadorligini orttirish maqsadida yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi 2 foizdan 1,5 foizga pasaytirish taklif etilgan;
asosiy vositalarga sarflangan mablag‘larni qisqa muddatlarda qayta tiklash va yangilanish koeffisientlarini oshirish maqsadida korxonalar asosiy vositalariga hisoblanadigan amortizatsiya me’yorlarini 2,5 barobarga oshirish bo‘yicha taklif ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kichik biznes korxonalarida asosiy vositalar buxgalteriya hisobini takomillashtirish masalalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
buxgalteriya hisobida ijara operatsiyalarini aks ettirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni o‘zgartirish bo‘yicha (O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 11-maydagi 54-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan) taklifi inobatga olingan va O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2016-yil 28-sentabrdagi 75-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligining 2021 yil 28 dekabrdagi 06/04-02-32/2953-son ma’lumotnomasi). Natijada me’yoriy-huquqiy hujjatning tushunarlilik darajasi ortgan;
asosiy vositalar qiymatini balansdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizomning uchinchi ilova shaklini o‘zgartirish bo‘yicha berilgan takliflari inobatga olingan va O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 27-fevraldagi 21-son buyrug‘i bilan amalga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligining 2021 yil 28 dekabrdagi 06/04-02-32/2953-son ma’lumotnomasi). Natijada ilova shaklida qo‘llanilgan atamalarning qonun hujjatlari talablari asosida keltirilishiga erishilgan;
yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi 2 foizdan 1,5 foizga pasaytirish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi soliq kodeksida o‘z aksini topgan. (O‘zbekiston Respublikasi soliq qo‘mitasining 2021 yil 28 dekabrdagi 28/2-78614-son ma’lumotnomasi). Natijada korxonalarga yangi texnologiyalarni jalb etish uchun moliyaviy resurslarni jamg‘arish imkoniyati yaratilgan;
foyda solig‘i hisoblashda investisiyaviy chegirma miqdori yangi texnologik uskunalar uchun 20 foiz, binolar uchun 10 foiz etib belgilash bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi soliq kodeksida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi soliq qo‘mitasining 2021 yil 28 dekabrdagi 28/2-78614-son ma’lumotnomasi). Shu sababli korxonalar sof foydasi, rentabellik ko‘rsatkichlari hamda investision jozibadorligini orttirish imkoni yaratilgan;
korxonalar asosiy vositalariga hisoblanadigan amortizatsiya me’yorlarini 2.5 barobarga oshirish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi soliq kodeksida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi soliq qo‘mitasining 2021 yil 28 dekabrdagi 28/2-78614-son ma’lumotnomasi). Natijada asosiy vositalarga sarflangan mablag‘larni qisqa muddatlarda qayta tiklash va yangilanish koeffisientlarini oshirishga imkon yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish