Djumaev Farrux Toshmuratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mintaqada sanoat tarkibiy o‘zgarishlarini ekonometrik modellashtirish (Surxondaryo viloyati misolida)», 08.00.06 - Ekonometrika va statistika (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Iqt2392.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Ilyos Sultanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Muxiddinov Xudoyor Suyunovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ataev Jasur Erkinovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Surxondaryo viloyatining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda sanoatdagi tarkibiy o‘zgarishlar samaradorligini baholash uslubiyatini takomillashtirish va istiqbollarini ekonometrik prognozlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish hicoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqa sanoatida tarkibiy o‘zgarishlar samaradorligini oshirishda sanoati rivojlanishi past bo‘lgan Bandixon, Qiziriq, Qumqo‘rg‘on, Oltinsoy, Muzrabod hamda Uzun tumanlarida sanoat klasterlarini shakllantirishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
Surxondaryo viloyatida sanoat ishlab chiqarishi rivojlanishiga ta’sir qiluvchi tarkibiy o‘zgarishlarni 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan;
mintaqa sanoatini rivojlantirishda raqamli texnologiyalar, bank, sug‘urta, moliyaviy lizing, xizmat ko‘rsatish va servis sohalari bo‘yicha tarmoq-hudud yondoshuvini ishlab chiqish maqsadga muvofiqligi asoslangan;
Surxondaryo viloyati sanoatida tarkibiy o‘zgarishlar samaradorligini oshirishda "tarkibiy transformatsiyalar", "tarkibiy o‘zgarishlar", "tarkibiy siljishlar" integratsiyasining innovatsion texnologiyaga asoslangan tuzilmasi taklif qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqada sanoat tarkibiy o‘zgarishlarini ekonometrik modellashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mintaqa sanoatida tarkibiy o‘zgarishlar samaradorligini oshirishda sanoati rivojlanishi past bo‘lgan Bandixon, Qiziriq, Qumqo‘rg‘on, Oltinsoy, Muzrabod hamda Uzun tumanlarida sanoat klasterlarini shakllantirish bo‘yicha taklifi Surxondaryo viloyat hokimining 2022 yil 31 maydagi “2022-2026 yillarda Surxondaryo viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 341-8-0-Q/22-con qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Surxondaryo viloyati hokimligining 2022 yil 28 oktyabrdagi 07-07/2856-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi Surxondaryo viloyati sanoatida tarkibiy o‘zgarishlarning zamonaviy fan-texnika yutuqlari, yangi texnologiyalarni joriy etish, istiqbolli tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yo‘nalishlarini belgilash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
Surxondaryo viloyatida sanoat ishlab chiqarishi rivojlanishiga ta’sir qiluvchi tarkibiy o‘zgarishlarni 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan prognoz parametrlari bo‘yicha taklif Surxondaryo viloyat hokimining 2022 yil 31 maydagi “2022-2026 yillarda Surxondaryo viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 341-8-0-Q/22-con qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Surxondaryo viloyati hokimligining 2022 yil 28 oktyabrdagi 07-07/2856-son ma’lumotnomasi). Natijada, Surxondaryo viloyati sanoat tarmoqlarida tarkibiy o‘zgarishlarni 2022-2026 yillargacha prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan va xisob-kitoblarga ko‘ra, viloyatda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 2026 yilga borib 6895.6 mlrd.so‘mni, ya’ni 2021 yilga nisbatan 2026 yilga kelib 43.6%ga oshirish imkoniyatlari mavjudligi asoslangan;
Surxondaryo viloyati sanoatida tarkibiy o‘zgarishlar samaradorligini oshirishda "tarkibiy transformatsiyalar", "tarkibiy o‘zgarishlar", "tarkibiy siljishlar" integratsiyasining innovatsion texnologiyaga asoslangan tuzilmasi bo‘yicha taklif Surxondaryo viloyati hokimining 2021 yil 15 iyundagi “Hududlarning sanoat salohiyatini oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 30-8-0-Q/21-con qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Surxondaryo viloyati hokimligining 2022 yil 28 oktyabrdagi 07-07/2856-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi ichki va tashqi bozorda raqobat pozisiyasini mustahkamlash va mintaqaviy yalpi hududiy mahsulotni oshirishga qaratilgan sanoat tarmoqlaridagi tarkibiy o‘zgarishlarini samarali amalga oshirish imkoniyatini yaratgan;
mintaqa sanoatini rivojlantirishda raqamli texnologiyalar, bank, sug‘urta, moliyaviy lizing, xizmat ko‘rsatish va servis sohalari bo‘yicha tarmoq-hudud yondoshuvini ishlab chiqish bo‘yicha taklif Surxondaryo viloyati hokimining 2021 yil 15 iyundagi “Hududlarning sanoat salohiyatini oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 30-8-0-Q/21-con qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Surxondaryo viloyati hokimligining 2022 yil 28 oktyabrdagi 07-07/2856-son ma’lumotnomasi). Natijada, Surxondaryo viloyati sanoati darajasiga ta’sir qiluvchi omillar ishlab chiqilgan hamda sanoat rivojlanishiga, ijtimoiy-iqtisodiy holatiga ta’sir qiluvchi omillarni salbiy va ijobiy jihatlariga qarab tegishli qarorlar qabul qilinishi, omillar ta’sirini tekislash yoki oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishga imkoniyat yaratgan.