Tillyaxodjaev Azizxon Aloxonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «To‘qimachilik korxonalari raqobatbardoshligini oshirishning zamonaviy marketing strategiyalarini takomillashtirish», 08.00.11–Marketing (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2017.2.PhD/Iqt122.
Ilmiy rahbar: Fattaxov Adiham Azizovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.27.06.2017.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Bekmurodov Adxam Sharipovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Isaev Ravshan Abduraxmonovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: to‘qimachilik korxonalari raqobatbardoshligini oshirishning marketing strategiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
to‘qimachilik mahsulotlari bozorida mahalliy korxonalar raqobatbardoshligini mutlaq va nisbiy ustunliklar matrisalari asosida oshirishga qaratilgan raqobat strategiyalarini tanlash uslubiyati takomillashtirilgan;
to‘qimachilik korxonalari raqobatbardoshligini oshirishning resurslar taqchilligi sharoitida marketing strategiyalarini tanlash bo‘yicha tahlil o‘tkazish va baholash usuli taklif etilgan;
to‘qimachilik mahsulotlari bozoridagi raqobat muhiti omillarini hisobga oluvchi ustuvor prinsiplar asosida korxonalarda istiqbolli marketing strategiyasini tanlash va amalga oshirish jarayoni takomillashtirilgan;
bozor kon’yunkturasi sharoitida to‘qimachilik korxonalari marketing strategiyasi boshqaruvi samaradorligini baholash monitoringi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
To‘qimachilik korxonalari raqobatbardoshligini oshirishning marketing strategiyalarini joriy etish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
to‘qimachilik korxonalari raqobatbardoshligini oshirishning resurslar taqchilligi sharoitida marketing strategiyalarini tanlash bo‘yicha tahlil o‘tkazish va baholash usuli «O‘zbekengilsanoat» AJ korxonalari amaliyotiga joriy etilgan («O‘zbekengilsanoat» AJning 2017 yil 21 dekabrdagi DM-163-son ma’lumotnomasi). Natijada to‘qimachilik korxonalari mahsulotlari assortimentlarini 78% ga oshirish hisobiga bozorda differensiatsiyalashgan mahsulotlar bo‘yicha yetakchilikka erishilgan;
to‘qimachilik mahsulotlari bozoridagi raqobat muhiti omillarini hisobga oluvchi ustuvor prinsiplar asosida korxonalarda istiqbolli marketing strategiyasini tanlash va amalga oshirish jarayoni bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar «O‘zbekengilsanoat» AJ tarkibiga kiruvchi «Yodgorlik» MChJ faoliyatida qo‘llanilgan («Yodgorlik» MChJning 2017 yil 29 dekabrdagi 119-son ma’lumotnomasi). Natijada korxonaning mahsulot ishlab chiqarish hajmining 18% ga o‘sishiga hamda eksport xajmining 15% dan 25% gacha oshishiga erishilgan;
bozor kon’yunkturasi sharoitida to‘qimachilik korxonalari marketing strategiyasi boshqaruvi samaradorligini baholash monitoringi «O‘zbekengilsanoat» AJ amaliyotiga joriy etilgan («O‘zbekengilsanoat» AJning 2017 yil 21 dekabrdagi DM-163-son ma’lumotnomasi). Natijada to‘qimachilik korxonalarida marketing va savdo xarajatlari 24% ga, boshqa joriy xarajatlar 16% ga kamayishi hisobiga marketing strategiyasi boshqaruvi samaradorligi ortgan;
to‘qimachilik mahsulotlari bozorida mahalliy korxonalar raqobatbardoshligini mutlaq va nisbiy ustunliklar matrisalari asosida oshirishga qaratilgan raqobat strategiyalarini tanlash uslubiyati O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligining tomonidan Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasidagi «Engil sanoat korxonalarining marketing faoliyatida motivatsiya usullaridan foydalanish samaradorligini oshirish» loyihasida foydalanilgan («O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 20 sentyabrdagi FTA-02-02/635-son ma’lumotnomasi). Ilmiy taklif va tavsiyalardan foydalanish engil sanoat korxonalarini yanada rivojlantirish va raqobatbardoshligini oshirish imkonini bergan.