Mirzabdullaeva Dilxumor Erkinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Nizoli vaziyatlarda o‘smirlar hulqining psixologik xususiyatlari va ularni muvofiqlashtirish yo‘llari», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Psi205.
Ilmiy rahbar: Karimova Vasila Mamanosirovna, psixologiya fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat  pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Kamilova Nodira Gayratovna, psixologiya fanlari doktori, dotsent; Sirliev Baxtiyor Nazarovich, dotsent, psixologiya  fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi nizoli vaziyatlar va ularning salbiy oqibatlarini bartaraf etish yo‘llarini takomillashtirish maqsadida «o‘quvchi-o‘qituvchi», «o‘smir - ota-ona», «o‘qituvchi-o‘quvchi» tizimlarida o‘smirlarning o‘zaro munosabatlarini muvofiqlashtirish mexanizmlarini ochib berish va  tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«o‘quvchi-o‘qituvchi», «o‘smir-ota-ona», «ota-ona-o‘qituvchi» tizimidagi shaxslararo munosabatlarni sub’ektiv baholanishi tajovuzkorlik hamda psixik tajanglikni darajaviy rivojlantirishi ichki va tashqi «begonalishish»ga olib kelganligi tufayli nizoli vaziyatlarda o‘smir xulq-atvorini psixologik xususiyatlarini ochib beruvchi indiviidual omillardan biri ekanligi dalillangan; 
konfliktogen vaziyatlarni determinatsiyalovchi omillar ta’siriga ko‘ra, qizlarda «kompromiss – yarashtiruvchi - qattiq uslub», o‘g‘il bolalarda «kompromiss -  qattiq -yarashtiruvchi uslub»ning ijtimoiy ustanovkalarga bog‘liq ravishda ustuvor xarakterga ega ekanligiga asoslanib, o‘smirlarning nizoli xulq-atvor uslubida yosh va gender farqlar mavjudligi isbotlangan; 
«o‘quvchi-o‘qituvchi» munosabatlaridagi konfliktogen vaziyatlarning ta’limiy jarayonga bevosita ta’siriga ko‘ra, shaxsning «o‘z-o‘zini nizokorlik» darajasini introspektiv pozisiyada baholash orqali susaytirishiga asoslanib, pedagog xulq-atvorining konstruktivligi muhim komponent ekanligi dalillangan; 
«o‘quvchi-o‘qituvchi», «o‘smir-ota-ona», «o‘qituvchi-o‘quvchi», «ota-ona- o‘qituvchi» munosabatlaridagi nizoli vaziyatlarni bartaraf etishda tajavuzkorlik, ichki va tashqi begonalashuvni emotsional qadriyatlar tizimini barqarorlashtirish orqali korreksiyalashga asoslanib, o‘smir xulq-atvoriga hissiy-kognitiv ta’sirni psixologik muvofiqlashtirish muhimligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:  Nizoli vaziyatlarda o‘smirlar hulqining psixologik xususiyatlari va ularni muvofiqlashtirish yo‘llarini o‘rganishga doir olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari asosida: 
«o‘quvchi-o‘qituvchi», «o‘smir-ota-ona», «ota-ona-o‘qituvchi» tizimidagi shaxslararo munosabatlarni sub’ektiv baholanishi tajovuzkorlik hamda psixik tajanglikni darajaviy rivojlantirishi ichki va tashqi «begonalishish»ga olib kelganligi tufayli nizoli vaziyatlarda o‘smir xulq-atvorini psixologik xususiyatlarini ochib beruvchi indiviidual omillardan biri ekanligi dalillashga doir ilmiy xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi  PM-31-a-son buyrug‘iga asosan “Ontogenez psixologiyasi va differnesial psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 14 apreldagi PM-4-son ma’lumotnomasi).  Mazkur takliflarning joriy etilishi natijasida bo‘lajak pedagog-psixologlar, amaliyotchi psixolog mutaxassislarning kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirish sohasida sifat jihatdan o‘sishga erishilgan;
konfliktogen vaziyatlarni determinatsiyalovchi omillar ta’siriga ko‘ra, qizlarda «kompromiss – yarashtiruvchi - qattiq uslub», o‘g‘il bolalarda «kompromiss -  qattiq -yarashtiruvchi uslub»ning ijtimoiy ustanovkalarga bog‘liq ravishda ustuvor harakterga ega ekanligiga asoslanib, o‘smirlarning nizoli xulq-atvor uslubida yosh va gender farqlar mavjudligi isbotlashga oid ilmiy xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi  PM-31-a-son buyrug‘iga asosan “Oila psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 14 apreldagi PM-4-son ma’lumotnomasi). Mazkur empirik ko‘rsatkichlardan o‘quv jarayonida foydalanish natijasida bo‘lg‘usi pedagog-psixolog va amaliyotchi psixologlarga “Oila psixologiyasi”ni o‘qitishda uslubiy ta’minot takomillashtirilgan hamda nazariya va amaliyot uzviyligi kuchaytirilgan;
 «o‘quvchi-o‘qituvchi» munosabatlaridagi konfliktogen vaziyatlarning ta’limiy jarayonga bevosita ta’siriga ko‘ra, shaxsning «o‘z-o‘zini nizokorlik» darajasini introspektiv pozisiyada baholash orqali susaytirishiga asoslanib, pedagog xulq-atvorining konstruktivligi muhim komponent ekanligi dalillangan ma’lumotlarga tayanuvchi tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi  PM-31-a-son buyrug‘iga asosan “Shaxslararo munosabatlar psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 14 apreldagi PM- 4-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyalarning ilmiy-pedagogik jarayonga tatbiq etilishi natijasida “Ota-ona-o‘smir-tarbiyachi” tizimida yuzaga keladigan nizolarni ijtimoiy-psixologik jihatdan o‘rganish,  ob’ektiv tavsiflash imkoniyatlari oshirilgan;
«o‘quvchi-o‘qituvchi», «o‘smir-ota-ona», «o‘qituvchi-o‘quvchi», «ota-ona-o‘qituvchi» munosabatlaridagi nizoli vaziyatlarni bartaraf etishda tajavuzkorlik, ichki va tashqi begonalashuvni emotsional qadriyatlar tizimini barqarorlashtirish orqali korreksiyalashga asoslanib, o‘smir xulq-atvoriga hissiy-kognitiv ta’sirni psixologik muvofiqlashtirish muhimligi isbotlangan ilmiy xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi  PM-31-a-son buyrug‘iga asosan “Ijtimoiy psixologik trening” moduliga kiritilgan. (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 14 apreldagi PM-4-son ma’lumotnomasi). Mazkur dasturiy takliflarning amaliyotga joriy etilishi natijasida bo‘lg‘usi psixolog kadrlarning maktabda psixologik xizmat ko‘rsatish, o‘smirlarda nizoli vaziyatlarni oldini olish uchun zarur ilmiy-amaliy hamda uslubiy tayyorgarligi takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish